• Og’riq va og’riqsizlantish haqida tushuncha
  • Mavzu: Og’riqsizlantirish. Umimiy og’riqsizlantirish. Narkoz. Maxalliy anesteziya. Reja




    Download 12,32 Kb.
    bet1/3
    Sana30.05.2024
    Hajmi12,32 Kb.
    #257565
      1   2   3
    Bog'liq
    Mavzu Og’riqsizlantirish. Umimiy og’riqsizlantirish. Narkoz. Ma-fayllar.org


    Mavzu: Og’riqsizlantirish. Umimiy og’riqsizlantirish. Narkoz. Maxalliy anesteziya. Reja

    Mavzu: Og’riqsizlantirish. Umimiy og’riqsizlantirish. Narkoz. Maxalliy anesteziya.
    Reja:
    1. Og’riq va og’riqsizlantish haqida tushuncha .


    2. Narkoz turlari va bosqichlari .


    3. Premedikatsiya va uning turlari.




    Og’riq va og’riqsizlantish haqida tushuncha
    Anesteziologik ta'minlash - jarrohlik amaliyoti (operatsiyasi) stressi va uning oqibatlaridan asrash hamda organlar faoliyatini boshqarishga qaratilgan tadbirlarni qo'llashdir. Jarrohlik stressi - jarrohlik amaliyoti oldidan psixoemotsional qo'zg'alish, og'riq, amaliyot sohasidan chiquvchi impulsatsiya va qon yo'qotish tufayli yuzaga keluvchi kritik holatdir. Bu omillar chuqur neyrogumoral siljishlar va xavfli metabolik o'zgarishlar, muhim hayotiy ahamiyatga ega bo'lgan a'zo va sistemalar jarohat-lanishining asosiy sababchisi bo'ladi. Anesteziologik ta'minlash jarrohlik amaliyotidan oldingi, amaliyot mobaynidagi va amaliyotdan keyingi bosqichlarga bo'linadi. Anesteziologik ta'minlashning amaliyotdan oldingi bosqichida quyidagi ikki muhim masala yechilishi kerak: 1. Organlarning izdan chiqqan funksiyalarini izga solib tiklash. 2. Anesteziyaning tekis kechishini ta'minlovchi dori-darmonlar berish, ya'ni premedekatsiya o'tkazish.Organlarning izdan chiqqan funksiyalarini tiklash uchun bir necha daqiqalardan tortib (shoshilinch jarrohlik aralashuvi zarur bo'lganda), kunlar va oylar (rejali jarrohlik aralashuvi hollarida) talab qilinadi. Jarrohlik aralashuviga tayyorlash uchun ajratilgan vaqt jarrohlik kasalligi va jarroh patologiyaning og'ir yengilligi, o'lkaziladigan amaliyotning xususiyatlaridan kelib chiqadi.Jarrohlik aralashuvi bosqichi mobaynidagi anesteziologik tadbirlar quyidagilardan iborat: - jarrohlik zarbasiga javoban bo'ladigan organizm reaksiyasini pasaytirish; - jarrohlik zarbasi oqibatlaridan kelib chiqadiga n funksional siljishlarni bartaraf qilish; -jarrohlik amaliyotini yengillashtiruvchi maxsus usullarni ishlatish. Amaliyotdan keyingi bosqichninganesteziologik ta d b ir la r i quyidagilardan iborat: - jarrohlik vaqtida kelib chiqqan funksional siljishlarning qoldiqko'rinishlarini bartaraf qilish; - amaliyotdan keyingi davrda stress omillarga bo'ladigan reaksiyalarnisusaytirish; - jarrohlik oqibatida vujudga kelgan yangi sharoitda organizmning funksiyalarini boshqarish va asoratlarga qarshi kurashish.Zamonaviy anesteziya b ir necha tarkibiy qismlardan iborat. Anesteziyaning umumiy komponentlari jarrohlik aralashuviga javoban bo'ladigan reaksiyani susaytirishga va funksional siljishlarni bartaraf qilishga qaratilgan.

    Download 12,32 Kb.
      1   2   3




    Download 12,32 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Og’riqsizlantirish. Umimiy og’riqsizlantirish. Narkoz. Maxalliy anesteziya. Reja

    Download 12,32 Kb.