268
20.2-rasm. Interfeyslar va transport sathi protokolining ilovalar jarayoni.
20.3. Jarayonlarni manzillash
Ikkita turli xostlarda bajariluvchi jarayonlar orasidagi xabarlarni
muvaffaqiyatli almashish uchun ular bir-biri
bilan identifikatsiyalangan
(tenglashgan) bo‘lishi lozim.
Identifikatsiya jarayonlar haqidagi quyidagi axborotlarni mavjud bo‘lishini
talab etadi:
-
jarayonga tegishli bo‘lgan nom yoki xost manzili;
- xost ichidagi jarayon identifikatori.
Avvalo xost manzilini qarab chiqamiz. Internet ilovalarda xostlar IP-
manzillar yordamida identifikatsiyalanadi. IP-manzil
tarmoqning har bir xosti
uchun noyob bo‘lgan (aniqroq qilib aytganda tarmoqqa xostni ulashni amalga
oshiruvchi har bir interfeys uchun bu son noyob) 32
razryadli ikkilik sonda
ifodalanadi. Xost ichida jarayonlar identifikatsiyasi,
har bir xost jarayoni uchun
noyob port raqami yordamida amalga oshadi.
Amaliy sathning ommaviy bo‘lgan Internet ilovalari port raqamlarining
standartlashgan qiymatlariga ega.
Shunday qilib, HTTP protokoli qo‘llaniladigan jarayon, 80
raqamli portni,
SMTP protokolini qo‘llovchi jarayon esa 25 raqamli portni oladi. Portning yaxshi
269
tanish bo‘lgan raqamlarini RFC 1700 (hozirgi kunda ancha eskirgan
hisoblanuvchi) hujjatlaridan va http://www.iana.org (RFC 3232)
saytidan topish
mumkin. Ishlab chiqaruvchilar yangi tarmoq ilovalarini yaratganda ular portning
xususiy raqamini ilova qilishi kerak.