GSM tarmog’ida “handover” jarayoni




Download 11,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet111/209
Sana25.12.2023
Hajmi11,41 Mb.
#128215
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   209
Bog'liq
Internet tarmoqlari va xizmatlari (1)

 
19.3.2. GSM tarmog’ida “handover” jarayoni 
 
Estafetali uzatish jarayoni mobil stansiya bitta stansiyadan o’chirib chiqib 
ketib, boshqasiga ulanganda yuz beradi. 19.6-rasmda ko’rsatilgani kabi, abonentni 
chaqiruv avvaliga (uzatishdan avval) bitta bazaviy stansiya orqali (biz uni «eski» 
stansiya deb ataymiz) marshrutlashtiriladi, uzatishdan keyin esa marshrutlashtirish 
boshqa stansiya orqali (biz uni «yangi» stansiya deb ataymiz) amalga oshiriladi. 
E’tibor bering, bitta bazaviy stansiya abonentini boshqa stansiyaga uzatish jarayoni 
nafaqat axborotni qabul qilish va uzatish jarayonini yangi bazaviy stansiyaga 
o’tkazishdan, balki unga joriy ulanishlarni marshrutlashtirish ham o’tkazilishidan 
iborat bo’ladi. Keling, avval eski va yangi bazaviy stansiyalarga bitta MAKM 
markazi xizmat ko’rsatadi, va qayta marshrutlash uning o’zida amalga oshiriladi, 
deb faraz qilamiz.
Uzatish jarayoni yuzaga kelishi uchun bir nechta sabab mavud bo’ladi, shu 
jumladan: (1) agar joriy bazaviy stansiya va mobil moslama orasidagi signalning 
darajasi shunchalik pasayganki, o’rnatilgan chaqiruv uzilish xavfi ostida qoldi, va 
(2) agar uyali aloqaning uyasiga ko’p sonli chaqiruvlarga ishlov berish natijasida 
o’ta ko’p yuklanish tushgan bo’lsa. O’ta ko’p yuklanishning ta’siri abonentlik 
mobil stansiyalarini kamroq yuklanish bo’lgan qo’shni uyalarga uzatish yordamida 
kamaytirilishi mumkin.


258 
19.6-rasm. Bitta MAKM xizmat ko’rsatadigan, ikkita bazaviy 
stansiyalar orasida estafetali uzatish algoritmi 
Bazaviy stansiya bilan muvofiqlashgan bo’lib, mobil moslama vaqti-vaqti 
bilan joriy bazaviy stansiyadan signal-mayakning kuchini, hamda qo’shni bazaviy 
stansiyalardan eshitilib turgan signal-mayaklarning kuchini o’lchab turadi. 
O’lchovlarning natijalari joriy bazaviy stansiyaga soniyada bir marta yoki ikki 
marta uzatilib turadi. GSM tarmoqlarida uzatish jarayoni eski bazaviy stansiya 
tomonidan, olingan o’lchov natijalariga qarab, yaqin oradagi uyali aloqa 
uyalarining yuklanishiga qarab, va boshqa omillarga bog’liq holda boshlab 
beriladi. GSM standarti bazaviy stansiyalar tomonidan abonentni uzatish amalga 
oshirilishi kerakmi, degan holatni aniqlash uchun ishlatiladigan biror-bir muayan 
algoritmlarni aniqlab bermaydi.
19.7-rasmda, agar bazaviy stansiya har holda mobil abonentni o’tkazishni 
amalga oshirishga qaror qilsa, bu holatdagi algoritmning qadamlari ko’rsatilgan: 
1. Eski bazaviy stansiya (BS) tashrif buyurgan tarmoqning kommutatsiya 
markaziga uzatish amaliyoti boshlanganligi haqida xabar beradi, hamda abonent 
o’tkaziladigan bazaviy stansiya (yoki, imkoi bo’lsa, BS larning to’plami) haqidagi 
axborotni yuboradi.


259 
2. Tashrif buyurgan tarmoqning MAKM markazi yangi BS ga yo’l 
o’rnatilishini boshlab beradi, bunda qayta yuborilgan chaqiruvni tutib turish uchun 
zarur bo’lgan resurslarni ajratadi va yangi BS ni uzatish amaliyoti boshlanishi 
haqida xabardor etadi.
3. Yangi bazaviy stansiya mobil moslama bilan qo’llash uchun radiokanalni 
ajratadi va uni faollashtiradi.
4. Yangi bazaviy stansiya MAKM va eski BS ga, MAKM-yangi BS yo’li 
muvaffaqiyatli o’rnatilganligi va mobil tarmoqning uzeli bo’lg’usi uzatish haqida 
xabardor etilishi lozimligi haqida xabar beradi. Yangi BS mobil tarmoqning 
uzeliga yangi BS ga ulanish uchun zarur bo’lgan barcha axborotni taqdim etadi.
5. Mobil tarmoqning uzeli qayta ulanish lozimligi haqidagi axborotni oladi. 
Shu paytgacha mobil tarmoqning uzeli tarmoq tomonidan abonentni o’tkazishni 
amalga oshirish uchun amalga oshirilgan ishlar haqida (jumladan yangi BS ga 
kanalning ajratilishi va tashrif buyurgan tarmoqning MAKM markazidan yangi BS 
ga yo’lning ajratilishi haqida) to’liq va umuman xabarsiz bo’lganligiga e’tibor 
bering. 
6. Mobil tarmoqning uzeli va yangi BS ushbu yangi BS bilan aloqa kanalini 
to’liq faollashtirish uchun bir yoki bir nechta xabarni almashadi.
7. Mobil tarmoqning uzeli yangi BS ga uzatish amallari muvaffaqiyatli 
yakunlangani haqidagi axborot bo’lgan xabarni yuboradi, u keyinchalik tashrif 
buyurgan tarmoqning MAKM markaziga qayta yuboriladi. Keyin tashrif buyurgan 
tarmoqning MAKM markazi o’rnatilgan chaqiruvni mobil tarmoqning uzeliga 
yangi BS orqali qayta yo’naltiradi.
8. Eski BS ga qaratilgan yo’lda ajratilgan resurslar bo’shatiladi.


260 
19.7-rasm.Yagona MAKM xizmat ko’rsatadigan, bazaviy 
stansiyalar orasida estafetali uzatish protseduralarining qadamlari 
 
Uzatish jarayonini ta’riflashimizni quyidagi muhokama bilan yakunlaymiz, 
bunda mobil tarmoqning uzeli eski bazaviy stansiyaning MAKM markazidan farqli 
MAKM markazi bilan bog’langan bazaviy stansiyaga ulanganda, hamda, shunday 
kommutatsiyalararo uzatish bir martadan ortiqroq amalga oshirilganda nimalar yuz 
berishini ko’rib chiqamiz. 6.32-rasmda ko’rsatilgani kabi, GSM standartida 
uzelning MAKM markazi tushunchasi belgilanadi. Uzelning MAKM markazi deb 
mobil tarmoqning uzeli chaqiruvni birlamchi o’rnatishda tashrif buyuradigan 
kommutatsiya markazi deyiladi, shunday qilib, uzelning MAKM markazi chaqiruv 
yakunlanishi paytigacha o’zgarmas bo’lib qoladi. Butun chaqiruv mobaynida va 
amalga oshirilgan kommutatsiyalararo o’tkazishlarning sonidan qat’iy nazar, 
chaqiruvni marshrutlashtirish uy MAKM markazidan uzelning MAKM markaziga, 
keyin esa abonent hozirgi paytda ulangan tashrif buyurgan tarmoqning MKAM 
markazida amalga oshiriladi. Mobil abonent bitta MAKM ning qoplash zonasidan 
boshqa MAKM markazining qoplash zonasiga o’tganda, o’rnatilgan chaqiruv 
uzelning MAKM markazidan yangi bazaviy stansiyaga xizmat ko’rsatadigan 
yangshi markazga qayta yo’naltiriladi. Shunday qilib, korrespondent va mobil 


261 
tarmoq uzeli orasidagi yo’lda joylashgan kommutatsiya markazlarining maksimal 
mumkin bo’lgan soni uchta markazga teng (uy, tarmoq uzeli va tashrif buyurgan 
tarmoqning MAKM markazlari). 19.8-rasmda mobil abonent tashrif buyurgan 
MAKM markazlari orasidagi chaqiruvning marshrutlashtirishi tasvirlangan.
19.8-rasm. Uzelli MKMorqali qayta yo’naltirish 
Tarmoq uzel MAKM dan joriy MAKM gacha bitta sakrashga xizmat 
ko’rsatishga muqobil yondashuv ham bor, u abonent tashrif buyurgan barcha 
MAKM larni bir zanjirga bog’lashdan iborat, bunda eski MAKM markazi har gal 
abonent joriy MAKM ning javobgarligi zonasidan chiqib ketganda o’rnatilgan 
chaqiruvni yangi MAKM ga o’tkazadi. Aslida bunday zanjirli bog’lash IS-41 uyali 
aloqa tarmoqlarida yuz berishi mumkin, bunda shuningdek uzelli va joriy MAKM 
lar orasida joylashgan barcha MAKM larni olib tashlash imkonini beradigan, 
qo’shimcha soddalashtirish qadami nazarda tutiladi. 
GSM tarmoqlaridagi mobillikni boshqarish xaqidagi bizning gapimizni, bu 
funksiyani GSM va Mobil-IP standartlardagi tarmoqlarda taqqoslab yakunlaymiz. 


262 
19.1-jadvalda keltirilgan taqqoslash, uyali tarmoqlar va IP tarmoqlar orasidagi bir 
qator fundamental farqlar mavjudligiga qaramasdan, ularda mobillikni 
boshqarishda katta sondagi o’xshash funksional elementlar va umumiy 
yondashuvlar mavjudligi ko’rsatilgan. 
19.1-jadval
Mobil IP va GSM dagi mobillik o’rtasida o’xshashliklar 
GSM standartidagi 
tarmoq elementlari 
GSM elementlariga sharh 
Mobil IP standartidagi 
tarmoq elementlari 
Uy tizimi 
Mobil foydalanuvchiningdoimiy 
abonent raqami mavjud bo’lgan 
tarmoq 
Uy tarmog’i 
Mobil tarmoqning 
shlyuzli 
kommutatsiya 
markazi, yoki 
soddacha uy 
MAKM. O’z 
abonentla-rini 
qayldash (HLR) 
Uy MAKM: mobil 
foydalanuvchining marshrutlangan 
manzilini olish imkonini 
beradigan, kontakt nuqtasi. 
HLR: uy tizimidagi abonent doimiy 
raqami, shaxsiy axborot, 
abonentning joriy joylashgan joyi 
va obuna xaqidagi axborot 
bo’yicha ma’lumotlar bazasi 
Uy agenti 
Qatnashuvchi tizim 
Abonent uy tarmog’idan farqli 
xolda, abonent xozirgi vaqtda 
ulangan tarmoq 
Qatnashuvchi tarmoq 
Mobil tarmoqning 
qatnashish 
Qatnashuvchi MAKM: MAKM 
bilan assosatsiyalangan sotalarda 


263 
kommutatsiya 
markazi. Roumingli 
abonentlarni 
qayldash (VLR) 
joylashgan mobil uzellarda kirish 
va chiqish chaqiruvlarni 
o’rnatishga javob beradi. 
VLR: har bir abonentni 
roumingdagi obunasi xaqidagi 
axborot mavjudligini qatnashuvchi 
tizimdagi ma’lumotlar bazasiga 
vaqtincha yozilishi 
Roumingdagi mobil 
stansiya raqami 
(MSRN), yoki 
soddacha rouming-
dagi raqam 
Mobil uzelga ham, 
korrespondentga ham 
ko’rinmaydigan, chaqiruvni 
o’rnatish uchun zarur bo’lgan, uy 
va qatnashuvchi MAKM orasidagi 
tarmoq segmentining 
marshrutlanadigan mazili
Uzatish uchun manzil 

Download 11,41 Mb.
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   209




Download 11,41 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



GSM tarmog’ida “handover” jarayoni

Download 11,41 Mb.
Pdf ko'rish