253
Mobil IP ning standartidagi kabi, GSM texnologiyasida bilvosita
marshrutizatsiya orqali yondashuv qo’llanadi (6.5.2-bo’limga qarang), bunda
korrespondentni chaqirish avvaliga mobil abonentning uy tarmog’iga, keyin esa u
yerdan – tashrif buyurgan tarmoqqa yuboriladi.
GSM texnologiyasining
terminologik apparatida mobil foydalanuvchining uy tarmog’ini
umumiy
foydalanish uy mobil tarmog’i deb atash qabul qilingan (boshqacha aytganda,
PLMN uy tarmog’i). «PLMN» qisqartmasini talaffuz qilish ancha qiyin bo’lgani
uchun, va biz turli qisqartmalar va akronimlarning aralashmasiga yo’l qo’ymaslik
vazifamizni unutmagan holda, biz ushbu matnda PLMN uy tarmog’ini oddiygina
uy tarmog’i deb ataymiz. Uy tarmog’i – bu abonentning xizmat ko’rsatish
shartnomasi tuzilgan uyali aloqa operatoridir (ya’ni, abonentga har oyda uyali
aloqa xizmatlari uchun haq to’lash yuzasidan hisob taqdim etadigan operatordir).
Tashrif buyurgan PLMN tarmog’i, biz uni oddiygina
tashrif buyurgan tarmog’i
deb ataymiz – bu abonent hozirgi vaqt mobaynida mavjud bo’lgan tarmoqdir.
Mobil IR texnologiyasi holatidagi kabi, uy tarmog’i
va tashrif buyurgan
tarmoqning javobgarlik sohalari ancha darajada farqlanadi.
Uy tarmog’i
o’z abonentlarining registri deb ataladigan axborot bazasiga
ega (Home location register,
HLR), uning
tarkibida uyali telefonning
doimiy raqami va abonentlarning har biri haqidagi axborotni o’z ichiga
oladi. Registrda abonentlarning joylashuvi haqidagi axborotning mavjudligi
ham juda muhimdir. Shunday qilib, agar abonentlarning birortasi boshqa
operatorning tarmog’ida roumingda bo’lsa, registrning
tarkibida tashrif
buyurgan tarmoqning manzilini olish uchun axborotning yetarli miqdori
bo’ladi (biz bu jarayonni ham keyinchalik ta’riflaymiz), ushbu manzilga
mobil abonentga kiruvchi chaqiruvni marshrutlashtirish amalga oshirilishi
lozim bo’ladi. Biz keyinchalik ko’ramizki,
mobil abonentga chaqiruv
bo’lganda korrespondent
mobil aloqaning shlyuzli kommutatsiya markazi
(Gateway Mobile services Switching Center,
GSMC) deb ataladigan
maxsus kommutator bilan bog’lanadi. Qisqartmalarni adashtirmaslik
254
maqsadida, biz yana GSMC ni soddaroq ta’rif bilan ataymiz:
uy MAKM
markazi.
Tashrif
buyurgan tarmoqda roumingli abonentlarning registri (visitor
location register,
VLR) deb ataladigan axborot bazasi mavjud bo’ladi. Bu
registrda hozirgi vaqt mobaynida VLR tomonidan xizmat ko’rsatiladigan
tarmoqning uchastkalaridan birida mavjud bo’lgan har bir abonent haqidagi
yozuvni o’z ichiga oladi. Shunday qilib, rouming
abonentlar registrining
yozuvlari bunday abonentlar tarmoqqa ulanishi va undan o’chirib chiqib
ketishi sari paydo bo’ladi va yo’qoladi. Odatda rouming abonentlarining
registri tashrif buyurgan tarmoq orqali kiruvchi va chiquvchi chaqiruvni
o’rnatishni boshqaradigan mobil aloqaning kommutatsiya markazi (MAKM)
bilan birga qo’llanadi.
Aslida, uyali aloqa operatorining tarmog’i ayni paytda xizmat ko’rsatish
haqida shartnoma tuzilgan abonentlar uchun uy tarmog’i,
va boshqa uyali aloqa
operatorlarining abonentlari uchun tashrif buyurgan tarmoq deb hisoblanadi.