248
beradi. Qanday qilib deytagrammalarni ushbu mobil uzeliga manzillashtirish va
qayta jo’natishni amalga oshirish kerak? Faqat uy agenti (lekin tarmoqqa ulangan
yo’naltiruvchilar emas) mobil uzelining joylashuvini bilganligi sababli,
tarmoq
darajasi infratuzilmasiga keyingi jo’natish bilan deytagrammani mobil uzelining
doimiy manzili bo’yicha manzillashtirishning turib qolishi yetarli bo’lmaydi. Yana
nimadir qilish lozim. Ushbu muammoni hal qilish uchun biz to’g’ridan-to’g’ri va
to’g’ridan-to’g’ri bo’lmagan marshrutlash deb ataydigan ikkita yondashuvni
alohida ko’rsatish mumkin.
Keling avval deytagrammani mobil uzelga jo’natishni istayotgan
korrespondent haqida gaplashamiz. To’g’ri bo’lmagan marshrutlashni qo’llaganda
korrespondent bor-yo’g’i deytagrammani mobil
uzelining doimiy manziliga
jo’natadi, bunda u mobil uzel uy tarmog’idami yoki begona tarmoqqa tashrif
buyuradimi, buni bilmaydi. Mobillik korrespondent uchun mutlaqo ko’rinmas
(shaffof) bo’lib qolaveradi. Bu holatda deytagrammalar, odatda,
oldin mobil
uzelining uy tarmog’iga yo’naltiriladi (6.23-rasmdagi 1-qadamga qarang).
Keling endi diqqatimizni uy agentiga qaratamiz. Mobil uzellarning uzatish
uchun manzillarini kuzatish imkonini beruvchi begona tarmoq agenti bilan o’zaro
harakat uchun mas’uliyatdan tashqari, uy agentining
yana bir muhim funksiyasi
mavjud. Uning ikkinchi ishi shundaki, uy agenti "ziyrak" bo’lishi va joriy vaqt
mobaynida boshqa tarmoqlarda joylashgan uy tarmog’i
elementlari - mobil
uzellarga yo’naltirilgan deytagrammalarni ushlab qolishi lozim.
Uy agenti bu deytagrammalarni qabul qilib oladi, keyin esa ularni begona
tarmoq agentiga ikkita bosqichda jo’natadi. Oldin
deytagramma begona tarmoq
agentiga mobil uzelni uzatish uchun manzili (SOA) yordamida yuboriladi (6.23-
rasmdagi 2-qadam), keyin esa begona tarmoq agenti tomonidan mobil uzelga qayta
yo’naltiriladi (6.23-rasmdagi 3-qadam).
Bunday qayta marshrutlashni yanada batafsilroq ko’rib chiqish foydadan
xoli bo’lmaydi. Uy agenti mobil uzel tomonidan olingan uzatish uchun manzil
yordamida deytagrammani jo’natishi kerak bo’ladi,
shunday qilib, tarmoq
249
darajasidagi uskuna deytagrammani begona tarmoqqa qayta yo’naltiradi. Boshqa
tomondan, yo’naltirilayotgan deytagramma o’zgarmasdan
qolishi maqsadga
muvofiq, sababi uning uy agenti tomonidan qayta yo’naltirilganligini oluvchi-
dastur bilishi shart emas. Ikkala maqsadga ham,
korrespondent tomonidan
jo’natilayotgan boshlang’ich deytagramma uy agenti tomonidan to’liq