245
Yuqorida aytilganidan ma’lumki, tarmoq ilovalari uchun mobillik oydin
bo’lishi uchun, mobil uzel joyini bir tarmoqdan boshqasiga o’zgartirganida o’z
manzilini saqlab qolish ma’quldir. Mobil uzel begona tarmoqqa joylashganida,
uzelning doimiy manziliga yuborilayotgan barcha ma’lumotlar oqimi unga
marshutlanishi lozim. Bu qanday amalga oshiriladi? Birinchi variant – bunda
begona tarmoq qolgan
barcha boshqa tarmoqlarga, unga mazkur uzel ulanganligi
xaqida xabar berishi lozim. Buni ichki domen va domenlararo marshrutli axborotni
oddiy yo’l bilan almashtirish orqali amalga oshirish mumkin, bu marshrutlashning
mavjud infratuzilmasida katta o’zgarishlarni talab qilmaydi. Begona tarmoq
qo’shni tarmoqlarni unda mobil uzelning doimiy manziliga yuqori spesifik
marshrut mavjudligi xaqida shunchaki xabar beradi (bu mohiyati bo’yicha, boshqa
tarmoqlarni mobil uzelining doimiy manziliga deytagrammalarni marshrutlash
uchun korrekt yo’l mavjudligi xaqida xabar berishdir). Bundan keyin qo’shni
tarmoqlar bu marshrut axborotini qayta manzillash
va marshrut axborotini
yangilash odatiy protseduralarining qismi sifatida tarqatadi. Mobil uzel bitta
begona tarmoqni tark etsa va boshqasiga ulansa, bu yangi begona tarmoq mobil
uzelga yangi yuqori spesifik marshrutni tarqatadi, eski begona tarmoq esa mazkur
uzelga tegishli marshrut axborotini chiqarib tashlaydi.
Bunday yondashuv birdaniga ikkita muammoni yechish imkonini beradi,
bunda tarmoq darajasidagi infratuzilmaga sezilarli o’zgartirishlar kiritish bo’yicha
qanday bo’lmasin zaruriyat yo’q. Boshqa tarmoqlar mobil uzelning joylashgan
joyini
biladi va, qayta yo’naltirish jadvallari deytagrammalarni begona tarmoqqa
yuborishi hisobiga deytagrammalarning mobil uzelga yo’naltirilishi sezilarli
darajada osonlashadi. Lekin bunday yondashuvning sezilarli darajadagi kamchiligi
bo’lib, cheklangan masshtablashtirish hisoblanadi. Agarda mobillikni boshqarish
tarmoq mashrutizatorlari zimmasida bo’lganida edi, ularga millionlab mobil uzellar
to’g’risidagi yozuvlarni o’z ichiga olgan qayta yo’naltirish jadvallariga ishlov
berishga va uzellar ko’chganida ushbu yozuvlarni yangilashga to’g’ri kelardi.
246
Mazkur yondashuvning boshqa bir nechta kamchiliklari
kitobdagi ushbu bobga
mo’ljallangan misollar orasidagi masalalarda o’rganiladi.
Muqobil (amaliyotda qo’llaniladigan yondashuv) tarmoq yadrosidan
mobillik ishlovini periferiyaga chiqarishda bo’lib, bu Internet arxitekturasini
o’rganishimizdagi uzviy mavzudir. Buni mobil uzelning uy tarmog’i orqali amalga
oshirish to’laligicha tabiiy bo’lardi. Ota-onalar o’zining yigirma yoshli bolasining
manzilini kuzatgani kabi, mobil uzelning uy tarmog’idagi uy agenti, mobil uzel
qanday begona tarmoqqa ulanayotganligini kuzatish bilan shug’ullanishi mumkin.
Mobil uzelning manzilini yangilash uchun mobil uzel (yoki
mobil uzelning
manfaatlarini ko’zlovchi begona tarmoq agenti) va uy agentining o’ziga xos o’zaro
harakat protokoli kerak bo’ladi.
Kelinglar hozir begona tarmoq agentini yanada batafsilroq muhokama
qilamiz. 6.22-rasmda tasvirlangan konseptual jihatdan eng sodda yondashuv
begona tarmoqning chegarachi yo’naltiruvchilarida tarmoq agentlarini
joylashtirishdir. Begona tarmoq agentining vazifalaridan bittasi bo’lib, mobil uzel
uchun "
uzatish uchun manzil" (Care-of-address, COA) ni yaratishdir. Shunday
qilib, bitta mobil uzel birdaniga ikkita manzil bilan bog’lanadi:
doimiy manzil
(bizning misolimizdagi mobil yosh yigitning
ota-onasi uyining manziliga
o’xshash) va ba’zan "
begona tarmoqdagi manzil" (bizning mobil yosh yigit
vaqtincha yashayotgan uy manziliga o’xshash) deb ataluvchi uzatish uchun manzil.
6.22-rasmdagi misolda mobil uzelning doimiy manzili 128.119.40.186.
79.126.12/24 tarmog’iga tashrif vaqtida mobil uzelga 79.126.13.2 uzatish
uchun manzil biriktiriladi. Begona tarmoq agentining ikkinchi vazifasi ushbu
mobil uzel uning (begona tarmoq agentining) tarmog’ida joylashganligi va unga
uzatish uchun manzil biriktirilganligi to’g’risida uy agentini xabardor qilishdir. Tez
orada ko’ramizki, uzatish uchun manzil begona tarmoq agenti orqali mobil uzelga
deytagrammalarni qayta yo’naltirish uchun qo’llaniladi.
Mobil uzel va begona tarmoq agentining funksionalligini ajratganimizga
qaramasdan, begona tarmoq agentining mas’uliyatini o’z
zimmasiga olish, mobil
247
uzel uchun hech qanday qiyinchilik tug’dirmaydi. Masalan, begona tarmoqda
ro’yxatdan o’tishda mobil uzel uzatish uchun manzilni mustaqil ravishda olishi
mumkin (masalan, DHCP kabi protokol yordamida) va mustaqil ravishda olingan
uzatish uchun manzil to’g’risida uy agentini xabardor qilishi mumkin.