250
Endi
kelinglar,
qanday
qilib
mobil
uzelning
korrespondentga
deytagrammalarni jo’natishini muhokama qilamiz. Aslida hammasi oddiy,
sababi
mobil uzel korrespondentga deytagrammalarni to’g’ridan-to’g’ri marshrutlashi
mumkin (o’zining shaxsiy doimiy manzilini jo’natuvchining manzili sifatida va
korrespondentning manzilini oluvchining manzili sifatida). Mobil uzel
korrespondent manzilini bilganligi uchun, uy agenti
orqali deytagrammalarni
orqaga marshrutlashning zaruriyati yo’q. Bu ham 19.4-rasmda aks ettirilgan.
19.4-rasm. Inkapsulyatsiya va dekapsulatsiya
Kelinglar, mobillikni saqlash uchun zarur bo’lgan tarmoq darajasining
funksionalligini sanab o’tgan holda to’g’ri bo’lmagan marshrutlash haqidagi
suhbatimizga yakun yasaymiz.
Mobil uzel – begona tarmoq agenti aloqa protokoli. Mobil uzel begona
tarmoqqa ulanganida uning agenti tomonidan ro’yxatdan o’tkaziladi. Xuddi
shuningdek, mobil uzel begona tarmoqdan
chiqib ketganida uning
ro’yxatdan o’tkazilishi bekor qilinadi.
Begona tarmoq agenti – uy agenti ro’yxatdan uzatish protokoli. Begona
tarmoq agenti mobil uzelning uzatish uchun manzilini uy agentida
ro’yxatdan o’tkazishni amalga oshiradi. Mobil uzel tarmoqdan chiqib
251
ketayotganida begona tarmoq agenti uy agentida ro’yxatdan o’tkazishni
ochiqchasiga bekor qilishi shart emas, sababi
mobil uzelni yangi tarmoqda
ro’yxatdan o’tkazishda yangi uzatish uchun manzilni ro’yxatdan
o’tkazishning o’zi bu vazifani bajaradi.
Uy agenti tomonidan deytagrammani inkapsulyatsiya qilish protokoli.
Korrespondentning boshlang’ich deytagrammasi bilan birga mobil uzelning
uzatish uchun manziliga jo’natilayotgan deytgrammasini inkapsulyatsiya
qilish va qayta marshrutlash.
Begona agent tomonidan deytagrammani dekapsulyatsiya qilish protokoli.
Korrespondentning
boshlang’ich
deytagrammasini
inkapsulyatsiya
qilinganidan chiqarib olish va chiqarib olingan deytagrammani mobil uzelga
qayta marshrutlash.
Oldingi muhokama, mobil uzel o’rnatilgan ulanishlarni bir tarmoqdan
boshqa tarmoqqa ko’chirilganida saqlab qolish uchun zarur bo’lgan barcha
elementlar –
begona tarmoq agentlari, uy agenti va to’g’ri bo’lmagan qayta
marshrutlash kabilar to’g’risida tasavvurga ega bo’lish imkonini beradi. Yuqorida
aytilgan elementlarning birgalikda qo’llanilishiga misol tariqasida faraz qilamizki,
mobil uzel A begona tarmoqqa ulangan, uzel tomonidan olingan uzatish uchun
manzilning uy agentida ro’yxatdan o’tkazilishi amalga oshirilgan,
va kelib
tushayotgan deytagrammalar uy tarmog’i agenti orqali to’g’ri bo’lmagan
marshrutlashga duchor bo’lmoqda. Endi mobil uzel B begona tarmoqqa ko’chib
o’tadi va unda ushbu tarmoq agenti tomonidan ro’yxatdan o’tadi, bunda begona
tarmoq agenti uy tarmog’i agentiga uzel tomonidan olingan uzatish uchun manzilni
(SOA) xabar qiladi. Shu vaqtdan boshlab, uy agenti olinayotgan deytagrammalarni
B begona tarmoqqa qayta yo’naltiradi. Korrespondent nuqtai nazaridan mobillik
shaffof, yoki ko’rinmas bo’ladi, sababi deytagrammalar boshqa tarmoqqa
ko’chirilishidan oldin ham, keyin ham aynan
bitta uy agenti tomonidan
marshrutlashga duchor bo’ladi. Uy agenti nuqtai nazaridan deytagrammalar oqimi
to’xtovsiz bo’ladi: boshida kiruvchi deytagrammalar A begona tarmoqqa qayta
252
yo’naltirilayotgan edi, uzatish uchnu manzil o’zgarganidan keyin – B begona
tarmoqqa qayta yo’naltirila boshladi. Lekin mobil uzel nuqtai nazaridan bir
tarmoqdan boshqa tarmoqqa ko’chganda deytagrammalar oqimi to’xtovsiz bo’lib
qoladimi? Sababi mobil uzelning A tarmoqdan uzilishi (shu paytdan boshlab u A
tarmoq bo’yicha deytgrammalarni ololmaydi) va B tarmoqqa ulanishi (mobil uzel
tomonidan uy agentida yangi SOA ning ro’yxatdan o’tish vaqti) o’rtasidagi vaqt
bo’lagi katta emas, deytagrammalarning katta bo’lmagan qismi yo’qotiladi xolos. 3
bobdan eslang, sidirg’a (boshidan oxirigacha) ulanishlarning muammolaridan biri
bo’lib, tarmoqning ortiqcha yuklanishi sababli deytagrammalar katta miqdorining
yo’qotilishi hisoblanadi. Shunday qilib, mobil uzelning bir tarmoqdan boshqasiga
ko’chganida bir nechta deytagrammalarning tasodifan yo’qotilishi hech ham fojiali
oqibatlarga olib kelmaydi. Agarda yo’qotishlarsiz ulanish zarur bo’lsa,
ma’lumotlar yo’qotilishining sababi tarmoqning
ortiqcha yuklanishimi yoki
foydalanuvchining mobilliligimi bundan qat’iy nazar, ma’lumotlar yaxlitligi yuqori
daraja mexanizmlari yordamida tiklanadi.