255
korrespondentdan umumiy foydalanish kommutatsiyalanadigan telefon tarmog’i
orqali, mobil abonentning uy tarmog’ida uy MAKM markaziga amalga oshiriladi.
Lekin bu chaqiruvni o’rnatishning birinchi bosqichidir.
2. Uy MAKM markazi chaqiruvni oladi va kerakli mobil abonentning
joylashuvini aniqlash uchun o’z tarmog’ining abonentlari registri bilan bog’lanadi.
Eng sodda holatda, registr
roumingdagi mobil stansiyaning raqamini qaytaradi
(Mobile Station Roaming Number,
MSRN), biz uni oddiygina roumingdagi raqam
deb ataymiz. Ushbu raqam abonentning uy tarmog’i bilan bog’langan doimiy
raqamdan farqlanishiga e’tibor bering. Roumingdagi raqam doimiy bo’lmaydi: u
abonentga tashrif buyurgan tarmoqqa ulanish paytida belgilanadi. Roumingdagi
raqamning roli mobil IP ning texnologiyasidagi axborot uzatish uchun manzilning
roliga o’xshash bo’ladi, u ham SOA kabi korrespondent uchun ham, mobil abonent
uchun ham ko’rinmas bo’ladi. Agar o’z abonentlarining
registrida roumingdagi
raqam mavjud bo’lmasa, tizim roumingdagi abonentlarning registr manzilini
tashrif buyurgan tarmoqqa qaytaradi. Bu holda (
19.5-rasmda
aks ettirilmagan) uy
MAKM markaziga mobil tarmoq uzelining roumingdagi raqamini olish uchun
roumingli abonentlarning registriga (VLR) so’rov yuborish talab etiladi. Lekin o’z
abonentlarning registri (HLR) qanday qilib roumingdagi raqamni yoki VLR
manzilini oladi? Abonent boshqa tashrif buyurgan tarmoqqa ko’chganda,
ushbu
qiymatlarning taqdiri nima bo’ladi? Tez orada biz bu muhim savollarga javob
beramiz.
256
19.5-rasm.
Mobil abonentni chaqirish: to’g’ridan-to’g’ri bo’lmagan
(bilvosita) marshrutlash
3. Roumingdagi raqamni olib, uy MAKM markazi tashrif buyurgan
tarmoqning MAKM markazi orqali chaqiruvning
ikkinchi bosqichini amalga
oshiradi. Chaqiruv korrespondentdan uy MAKM markaziga va u yerdan tashrif
buyurgan tarmoqning MAKM markaziga, va u yerdan – kerakli mobil
foydalanuvchiga xizmat ko’rsatuvchi bazaviy
stansiyaga marshrutlashtirilib,
o’rnatiladi.
2-qadamda o’z abonentlarining registri qanday qilib mobil abonentning
joylashuvi haqida axborot olishi to’g’risidagi savol javobsiz qolgan edi. Mobil
abonent har gal telefon yoqilganda yoki yangi rouming abonentlari
registri
tomonidan xizmat ko’rsatiladigan tashrif buyurgan tarmoqning uchastkasiga tushib
qolganda ro’yxatdan o’tkazilishi lozim bo’ladi.
Ushbu amal mobil moslama va
roumingdagi abonentlarning registri orasidagi signal xabarlarini almashuv
yordamida amalga oshiriladi. O’z navbatida, tashrif buyurgan tarmoqning registri
uy tarmog’ining o’z abonentlari registriga joylashuvni yangilash so’rovi bo’lgan
xabarni yuboradi. Bu xabar uy tarmog’i registriga yoki abonentdagi roumingda, u
257
bilan aloqa o’rnatilishi mumkin bo’lgan raqamini uzatadi, yoki VLR manzilini
uzatadi (unga ham keyinchalik abonentning raqamini olish uchun so’rov
yuborilishi mumkin). Bunday almashuvning bir qismi rouming abonentlar registri
(VLR) tomonidan o’z abonentlari registridan (HLR) abonentga tarmoq tomonidan
qanday xizmatlar taqdim etilishini aniqlash maqsadida abonent haqidagi axborotni
olish hisoblanadi (agar abonentga xizmat ko’rsatish aslida amalga oshirilishi
mumkin bo’lsa).