265
besh sathli kommutatsion modelning amaliy sathni qo‘llagan holdagi o‘zaro
bog‘langan jarayonlarning sxemasi keltirilgan.
24
20.1-rasm. Kommutatsion modelning amaliy sathida ilovalar orasidagi ulanish
sxemasi.
Amaliy sath, protokollarni o‘rganish uchun yaxshi “jo‘natish nuqtasi”
hisoblanadi. Biz ilovalar bilan tez-tez to‘qnashamiz, qoida bo‘yicha
ular bilan
ancha tanishmiz. Bu amaliy sath protokollari bizga nima uchun kerakligini yaxshi
tushunish imkonini beradi. O‘z navbatida amaliy sath protokollarini bilish quyi
transport sathiga tushish, undan keyin esa kommunikatsion modelning boshqa
sathlariga tushishga imkon beradi.
Avvalo tarmoq ilovalari va amaliy sath protokollari
tushunchalarining
farqini bilish lozim. Amaliy sath protokollari (juda katta bo‘lsa ham) tarmoq
ilovalarining bir qismi hisoblanadi.
24
James F. Kurose, Computer Networking ATop-Down Approach 6
th
Edition// 2013 by Pearson Education
266
Ikkita misol qarab chiqamiz: Web, foydalanuvchilarga so‘rov bo‘yicha web-
hujjatlarni oluvchi va (HTML) brauzerlar (Google Chrome, Microsoft Internet
Explorer va b.), web-serverlar (masalan, Apache, Microsoft yoki Netscape) kabi
standart format hujjatlarini, amaliy sath protokollarini birlashtiruvchi juda ko‘p
komponentlardan tashkil topgan. Web uchun amaliy
sath protokoli gipermatnni
(HyperText Transfer Protocol, HTTP) uzatish protokoli nomini olgan, shuningdek,
mijozlar va server (RFC 2646) o’rtasida xabarlarni almashinish tartibi formatini
tavsiflaydi. Shunday qilib, HTTP web-ilovalarning bir qismi hisoblanadi.
Ikkinchi misol sifatida elektron pochta ilovasini qarab chiqamiz:
Internetning elektron pochtasi ham juda ko‘p komponentlardan: foydalanuvchining
pochta qutilaridan iborat bo‘lgan pochta serverlaridan, elektron xatlarni qarash va
yaratish uchun mo‘ljallangan dasturlardan, serverlar orasida va foydalanuvchining
oxirgi tizimlari bilan o‘zaro xabarlarni almashinish tartibini reglament qiluvchi
amaliy sath protokollaridan, shuningdek elektron xatlardan iborat bo‘lgan
talqin
qiluvchi (interpretatsiya) maydondan tashkil topgan. Elektron pochta uchun amaliy
sathning asosiy protokoli, xabarlarni uzatishning oddiy (Simple Mail Transfer
Protocol, SMTP) protokoli hisoblanadi. Ko‘rganimizdek, SMTP (RFC 2821) -
elektron pochtaning bir qismigina (yetarli darajada katta bo‘lsa ham) ilovalar
tuzilishidir.
Amaliy ulanish protokollaridan ayrimlari (HTTP, SMTP va b.)
RFC da
rasmiy xujjatlashtirilgan hisoblanadi. Bu, agar yangi brauzer ishlab chiqaruvchilar
standartga amal qilsa, unda brauzer hujjatni shu standarti bo‘yicha qurilgan har
qanday web-serverdan olishi mumkinligini bildiradi. Shuningdek amaliy sathning
juda ko‘p standartlashtirilmagan
protokollari mavjud, bunda ular kommersion
maxsulotlarni qo‘llab–quvvatlash uchun qo‘llaniladi. Ko‘p hollarda bu Internet-
telefoniya uchun xarakterlidir.
Qoida bo‘yicha tarmoq ilovalari, “mijoz va server” ikki tomondan iborat.
Mijoz va server tomon turli oxirgi tizimlarda joylashgan va xabarlarni almashinish
yo‘li orqali o‘zaro bog‘langan. Shunday qilib
Web-brauzer HTTP ning mijoz
267
tomoni hisoblanadi, ayni shu vaqtda Web-serverning dasturiy ta’minoti kabi
protokolning server tomoni deb tasavvur qilinadi.
SMTP uchun mijoz va server tomon, mos holda uzatuvchi va qabul qiluvchi
pochta serveri vazifasini bajaradi. Eng ko‘p mijoz uchun xost tashabbuskor
almashinish qoidalari qo‘llaniladi.