272
Windows OS ta’minlashiga kiruvchi
telnet dasturiy ishini misol sifatida
qisqacha tavsiflaymiz. Bu dastur Telnet protokoli bo‘yicha tarmoqning boshqa
uzellari bilan o‘zaro bog‘lanish uchun mo‘ljallangan.
Dasturni ishga tushunish
uchun
Пуск (ishga tushurish) menyusiga kirish va “
Выполнить” (bajarish)
punktini tanlash lozim. Undan keyin kiritish qatoriga “
telnet” buyruq nomi
kiritiladi va Enter bosiladi. Telnet dasturi bajariladigan Windows konsol oynasi
paydo bo‘ladi. “Rejimni ulash simvoli”: [Ctrl+], ishlash seansini uzish va telnet ni
taklif qilishga qaytish” ni bildiradi ([Ctrl+] klavish kombinatsiyasini qo‘llasa ham
bo‘ladi). 20.5-rasmda Telnet ning asosiy buyruqlari keltirilgan.
20.6. FTP va TFTP protokollari
20.6.1. FTP protokoli va unda fayllarni uzatish xizmatlarining tashkil etilishi
FTP-seans, lokal va uzoqdagi xostlarda o‘rnatilgan fayllarni almashinishni
ifodalaydi. Uzoqdagi xostga ulana olishi uchun foydalanuvchi o‘zining nomini va
parolini kiritishi kerak. Ulangandan keyin foydalanuvchi uzoqdagi xostdan lokalga
fayllarni uzatgani kabi uning teskarisini ham amalga oshirishi mumkin.
20.6-rasmda ko‘rsatilganidek
foydalanuvchi, FTP foydalanuvchi agenti
yordamida FTP bilan o‘zaro bog‘lanadi. Oxirida server bilan TCP-ulanishni
o‘rnatish uchun, dastlab foydalanuvchi FTP mijozga uzoqdagi xost nomini
ko‘rsatadi, undan keyin FTP-buyrug‘i yordamida serverga jo‘natiladigan o‘zining
nomini va parolini kiritadi. Server foydalanuvchisi
aniqlangandan keyin kerakli
bo‘lgan yo‘nalishda fayllarni uzatish jarayoni boshlanadi.
273
20.6-rasm.FTPda lokal va uzoqdagi fayl tizimlari orasida fayllarni uzatish.
HTTP va FTP fayllarni uzatish protokoli hisoblanadi va juda ko‘p
umumiylikka ega, masalan, transport sathi protokoli sifatida ularning ikkalasi ham
TCP ni qo‘llaydi. Shuningdek, HTTP va FTP orasida prinsipial farqlar ham
mavjud: FTP protokoli ikkita parallel TCP-ulanishni: boshqaruvchi ulanish va
ma’lumotlarni ulashni qo‘llaydi. Boshqaruvchi
ulanish ikkita xost orasida
boshqaruvchi axborotlarni jo‘natish (foydalanuvchi nomi va paroli, uzoqdagi
kundalik katalogni almashinish buyrug’i, fayllarni uzatish va so‘rash) uchun
xizmat qiladi.
Ma’lumotlarni ulash faylning o‘zini uzatish uchun mo‘ljallangan. Madomiki,
boshqaruvchi ulanish ma’lumotlarni
ulashdan ajratilgan ekan, unda boshqaruvchi
axborotlarni uzatish
polosadan tashqarida (out-of-band) deyiladi.
FTP dan farqli HTTP protokoli yagona TCP ulanishi orqali fayllarni va
buyruqlar (so‘rovlar va javoblar uchun sarlavha qatori) ni uzatishni amalga
oshiradi. Shuning uchun ham HTTP o‘zining boshqaruvchi
axborotini polosa
ichida
(in-band) uzatadi deb atashadi. Polosa ichida boshqaruvchi axborotlarni
uzatishga ega bo‘lgan protokolga boshqa bir misol elektron pochta uchun
xarakterli bo‘lgan SMTP hisoblanadi. 20.7-rasmda FTP protokolining ikki
ulanishiga namuna keltirilgan.
274
20.7-rasm. Boshqaruvchi ulanishlar va ma’lumotlarni ulash.
FTP-seans mijoz va uzoqdagi xost (server) orasida, 21-raqamli
port orqali
boshqaruvchi TCP-ulanishni o‘rnatish bilan boshlanadi. Shuning uchun ulanishda
foydalanuvchi nomini va parolni uzatish, shuningdek kundalik katalogni va
fayllarni almashinish buyrug’i amalga oshiriladi. Server fayllarni uzatish va qabul
qilish buyrug’ini olgandan keyin u mijoz bilan ma’lumotlarni
TCP-ulanishini
o‘rnatadi, so’ngra fayl almashinishni amalga oshiradi va ulanishni yopadi. Har bir
ulanish faqat bitta faylni uzatish imkonini beradi.
Kiritilgan terminologiyalarni nazarda tutgan holda ma’lumotlarni ulashni
doimiy bo‘lmagan ulanishlarga kiritish mumkin. FTP-seansi vaqtida server
foydalanuvchi haqidagi axborotga ega bo‘lishi kerak. Qoida bo‘yicha boshqaruvchi
ulanishlar foydalanuvchining maxsus hisoblash yozuvlari bilan bog‘liq.
Bundan
tashqari, server foydalanuvchi ishlayotgan kundalik katalogni kuzatishi kerak.
Axborotlarni saqlash uchun resurslarni sarflash zarurati, serverni bir vaqtda
qo‘llab-quvvatlovchi FTP-seanslar sonini anchagina kamayishiga olib keladi.
HTTP bilan solishtirganda FTP protokolining kamchiligi ham ana shunda. Shuni
ham aytish joizki, HTTP ulanish holatini eslab qolmaydi.