184
0110011001100000
0101010101010101
1000111100001100
birinchi va ikkinchi qatorning summasi 16 bitli axborot bo’ladi:
0110011001100000
0101010101010101
1011101110110101
3-qator axborotni yuqoridagi yig’indiga qo’shish, quyidagini beradi:
1011101110110101
1000111100001100
0100101011000010
Barcha ‘0’ lar ‘1’ ga va barcha ‘1’ lar ‘0’ o’zgartirish orqali birinchi
qo’shimcha olinadi. Shuning uchun 0100101011000010
summasining birinchi
qo’shimchasi 1011010100111101 ga teng bo’ladiki, u nazorat yig’indisi bo’ladi.
Qabul qiluvchi tomonga, barcha to’rtta 16 bit axborot qo’shiladi,
va bu nazorat
yig’indisini ham o’z ichiga oladi. Agar paketda biror xatolik sodir bo’lmasa, qabul
qiluvchida axborot 1111111111111111 ga teng bo’ladi.Agar bitlarning birortasi
‘0’ ga teng bo’lsa, unda bilamizki paketda qaysidir bitda xatolik sodir etilgan.
Nima uchun UDP birinchi navbatda nazorat yig’indisini amalga oshiradi.
Qo’shimcha qilib, kanal pog’onasi protokollari (masalan Ethernet protokoli) ham
xatoliklarni tekshiradi.
Shuningdek, uzatgich va qabul qilgich o’rtasida barcha
kanallarda xatoliklarni tekshirish kafolatli bo’lavermaydi.
Bazan segmentlar
185
kanallar bo’ylab to’g’ri uzatilganda ham, segment
marshrutizator xotirasida
saqlansa ehtimol segment bitlarida xatoliklar yuzaga kelishi mumkin.
Ishonchlilikni kanaldan kanalga va xotiralarda saqlangan ma’lumotlarda
kafolatlash qiyin. Agar UDP qabul qiluvchi va uzatuvchi o’rtasida ma’lumot
uzatish xizmati xatoliklarni to’g’irlashni ta’minlasa, transport pog’onasida
xatoliklar to’g’irlanadi.
IP ikkinchi pog’onadagi deyarli barcha protokol asosida qo’llanilishi
mumkinligi sababli, transport pog’onasida xatoliklarni tekshirishni ta’minlash,
xatolikni oldini olish nuqtai nazaridan ko’proq foydali. Garchi UDP xatoliklarni
tekshirishni ta’minlasada, u xech qanday aniqlangan xatolikni qayta tiklamaydi.
Ba’zi o’rnatilgan UDP lar shikastlangan segmentni shunchaki o’chirib
yuboradi,
boshqalari esa ilova uchun xavfli shikastlangan segmentni ham uzataveradi.