14.2. Internet protokol
Internetning tarmoq darajasi ko‘pincha IP darajasi deb ham ataladi (IP
protokolning nomi bilan). Biroq, IP protokolining o‘zi Internet tarmoq darajasining
bor yo‘g‘i bir qismini (lekin juda muhim qismini) ifoda etadi. 14.2-rasmda
ko‘rsatilgandek, Internetning tarmoq darajasi uchta asosiy komponentdan iborat.
Birinchi komponent tarmoq darajasidagi protokolini ifodalaydi. Internetda
tarmoq darajasi Internet protokol deb, ko‘pincha esa IP protokol (Internet Protocol)
deb ataladi. Bugungi kunda IP protokolining ikki versiyasi keng foydalanilishini
yuqoridagi bobda ko’rib o’tdik.
Tarmoq darajasining ikkinchi asosiy tashkil etuvchisi yo‘lni belgilovchi
komponent hisoblanadi. U deytagramma jo‘natuvchidan qabul qiluvchiga
beradigan marshrutni (yo‘nalishni) tanlaydi.
Tarmoq darajasining uchinchi komponenti deytagrammalardagi xatoliklar
to‘g‘risida xabar bera olishi va tamoq darajasidagi ma’lum bir axborot talablariga
(so‘rovlariga) javob bera olishi kerak. Internetda bu vazifani ICMP (Internet
Control Message Protocol – Internetdagi boshqaruv axborot protokoli) hal qiladi.
154
14.2-rasm. Internetning tarmoq darajasi tarkibi.
14.3. Deytagramma formati
14.3-rasmda IPv4 protokoli deytagrammasining formati ko‘rsatilgan.
Quyida IPv4- deytagrammasining muhim maydonlari sanab o‘tilgan.
Versiya. Bu maydondagi to‘rt bit IP protokolining versiyasi raqamini
belgilaydi. Bu raqam bo‘yicha marshrutizator IP-deytagrammasining qolgan
maydonlarini qanday talqin qilishni belgilab berishi mumkin. IP protokolining turli
versiyalarida IP-deytagrammalarining har xil farmatlari qo‘llaniladi. Rasmda IP
(IPv4) protokolining joriy versiyasi deytagrammasining formati ko‘rsatilgan.
Sarlavhaning
uzunligi.
IPv4-deytagramma
parametrlarning
(IPv4-
deytagramma sarlavhalariga kiritiladigan) majburiy bo‘lmagan maydonlarning turli
xil miqdorini o‘z ichiga qamrab olishi mumkin bo‘lgani uchun bu to‘rt bit sarlavha
qayerda tamom bo‘lishini va ma’lumotlar qayerda boshlanishini aniqlash uchun
zarur. Ko‘pchilik IP-deytagrammalarida parametrlar maydoni mavjud bo‘lmaydi,
shuning uchun odatda IP-deytagrammalarining sarlavhasi 20 xonali bo‘ladi.
155
14.3-rasm. IPv4-deytagramma formati.
Xizmat turi. Xizmat turi maydoni (Type of Service, ToS) IP-
deytagrammalarini turlarga ajratish imkoniyati bo‘lishi uchun (masalan, past
tutilish, yoki yuqori o‘tkazish qobiliyati, yoki yuqori ishonchlilik talab etiladigan
deytagrammalarini ajratish uchun) IPv4-deytagramma sarlavhasiga kiritilgan edi.
Masalan,
haqiqiy
vaqt
deytagrammalarini
(masalan,
IP-telefonida
foydalaniladigan) boshqa tarmoqdan (masalan, FTP) farqlash foydali bo‘lib
qolishi mumkin. Taqdim etilayotgan xizmatlar darajasini marshrutizator ma’muri
(administratori) belgilab beradi.
Deytagrammaning uzunligi. Bu IPv4-deytagrammaning (sarlavha plyus
ma’lumotlar) to‘liq uzunligi. Bu maydonning o‘lchovi 16 bitga teng bo‘lgani
uchun IPv4-deytagrammaning nazariy o‘lchovi 65 535 baytni tashkil etishi
mumkin. Biroq deytagrammalarning o‘lchami kamdan-kam hollarda 1500 baytdan
ortadi va odatda 576 bayt bilan cheklanadi.
Bayroq identifikatori fragmentining siljishi. Bu uchta maydon IP-
fragmentatsiya deb ataluvchiga aloqasi bor. Bu masalani biz biroz kengroq
156
mufassal ko‘rib chiqamiz. IP protokolining yangi versiyasi (IPv6)
marshrutizatorlarda fragmentatsiyalashni ta’qiqlashni ta’kidlash qiziqarsizdir.
Yashash vaqti. Yashash vaqti maydoni (Time To Live, TTL)
deytagrammalarining tarmoqda doimiy sirkulyatsiya qilmasligiga kafolat berishga
imkon beradi. Bu maydonning qiymati har bir marshrutizatorda bir birlikka
kamayadi. TTL maydoning qiymati nolga teng bo‘lganda marshrutizator
deytagrammani chiqarib tashlaydi.
Protokol. Bu maydon IP deytagramma oxirgi adresatga borib yetgandagina
foydalaniladi. Maydoning qiymatini transport darajasidagi protokol belgilab berib,
unga IP-deytagrammadagi ma’lumotlarni uzatishi lozim. Masalan, 6 qiymat
ma’lumotlar porsiyasi TCP protokoliga berilishi kerakligini, 17 qiymat esa – UDP
protokoliga uzatilishi kerakligini anglatadi. Barcha mumkin bo‘ladigan raqamlar
ro‘yxati RFC 1700, RFC 3232 da mavjud bo‘ladi. IP-deytagrammalaridagi
protokolning raqami transport darajasidagi segmentdagi port raqamining nomiga
to‘liq o‘xshashligiga e’tiboringizni qarating. Protokol raqami tarmoq va transport
darajalarini birga bog‘lovchi “yelim” vazifasini bajarsa, port raqami transport
darajasini amaliy daraja bilan bog‘laydi.
Sarlavhaning
nazorat
yig‘indisi. Sarlavhaning nazorat yig‘indisi
marshrutizatorga olingan IP-deytagrammalardagi xatoliklarni aniqlashda yordam
beradi. Sarlavhaning nazorat summasi qo‘shimcha kodda sarlavhaning barcha ikki
baytli so‘zlarini qo‘shish yo‘li bilan hisoblanadi. Marshrutizator sarlavhaning
nazorat yig‘indisi olingan har bir deytagramma uchun hisoblaydi va shu tarzda
sarlavhadagi xatolarni tekshiradi. Odatda, marshrutizatorlar xatolarni aniqlagan
deytagrammalarni chiqarib tashlaydi. Shunga e’tibor qilingki, nazorat yig‘indisini
qaytadan hisoblash va har bir marshrutizatorda sarlavha maydonida yana saqlab
qolish kerak, chunki ishlash vaqti maydoni bir birlikka kamayadi, shuningdek
parametrlarning maydonlari ham o‘zgarishi mumkin. IP-deytagrammalarining
sarlavhasi nazorat yig‘indisini hisoblash uchun tezkor algoritimlarning tavsifi RFC
1071 da mavjud.
157
Jo‘natuvchining va qabul qiluvchining IP-adreslari (manzillari). Bu
maydonlar jo‘natuvchining 32 xonali IP-adresini va oxirgi qabul qiluvchining IP-
deytagrammasini o‘z ichiga oladi.
Parametrlar. Parametrlar maydoni IP-sarlavhalarini kengaytirishga imkon
beradi. Sarlavha parametrlari IP-deytagrammalarining juda kamdan-kam
foydalaniladigan majburiy bo‘lmagan maydonlardan tashkil topgan bo‘ladi.
Shuning uchun ularning har bir deytagramma sarlavhasiga kiritilmaslikka va
shuning uchun ortiqcha xarajatlarni kamaytirishga qaror qilingan edi. Biroq,
sarlavha
maydoni
mavjud
bo‘lishining
o‘zi
unga
ishlab
berishni
murakkablashtiradi, chunki deytagrammalarning sarlavhalari turli xil uzunlikka
ega bo‘lishi va sarlavha qayerda tamom bo‘lib, ma’lumotlar maydoni qayerda
boshlanishini aniqlash uchun sarlavha uzunligining qo‘shimcha maydoni zarur.
Ma’lumotlar (foydali yuklamalar). Nihoyat biz deytagramma mavjud
bo‘lgan oxirgi, eng muhim maydonga ham yetib keldik. Ko‘pchilik hollarda IP-
deytagrammaning ma’lumotlar maydoni adresatga yetkazish kerak bo‘lgan
transport darajasi (TCP yoki UDP) ning segmentini o‘z ichiga oladi. Biroq
ma’lumotlar maydoni boshqa turdagi ma’lumotlarni ham, masalan, ICMP
protokoli xabarlarini ham o‘z ichiga qamrab olishi mumkin.
E’tibor qiling, IP-deytagramma 20 xonali sarlavhani (qo‘shimcha
maydonlarsiz) o‘z ichiga olgan bo‘lsin. Agar deytagramma TCP segmentini o‘z
ichiga olgan bo‘lsa, u holda har bir deytagrammada (fragmentatsiyalanmagan)
tadbiqiy darajadagi xabardan tashqari 40 bayt sarlavha bo‘ladi (20 bayt IP-sarlavha
va 20 bayt TCP-sarlavha).
|