137
12.4. Tunnellash va uning turlari
IPv4 dan IPv6 ga o‘tishni qo‘llab-quvvatlash vositalaridan biri –
tunnellardan foydalanishdir. Tunnelning vazifasi uzatilgan IPv6 paketni IPv4
paketga inkapsulyatsiya qilishdan iborat. Bundan keyin IPv4 paket mavjud IPv4
tarmoq
orqali uzatilishi mumkin, qabul qilayotgan qurilma esa IPv4
sarlavhasini
o‘chiradi va undan boshlang‘ich IPv6 paket chiqarib oladi.
RFC 2893 quyidagi tunnellar turlarini aniqlaydi:
-
Konfiguratsiyalangan (MCT – Manually Configured Tunnels).
Konfiguratsiyalangan
tunnel
tunnelning
oxirgi
nuqtalarini
qo‘lda
konfiguratsiyalashni talab qiladi. Konfiguratsiyalangan tunnellarni qo‘lda IPv6
protokoli asosida Windows da yaratish uchun quyidagi buyruqdan foydalaniladi:
netsh interface ipv6 add v6v4tunnel
-
Avtomatik. Avtomatik tunnel – qo‘lda konfiguratsiyalashni talab qiluvchi
tunnel. Windows uchun IPv6 protokol quyidagi
avtomatik tunnellash
texnologiyalarini qo‘llab-quvvatlaydi:
•
ISATAP (Intra-Site Automatic Tunnel Addressing Protocol) – tunnellarni
sayt ichida avtomatik adreslash protokoli bo‘lib, IPv4
intranet orqali bir adresli
uzatish uchun foydalaniladi;
•
6to4 – “6 dan 4 ga” o‘tish dinamik tunneli. IPv4 intranet orqali bir adresli
uzatish uchun foydalaniladi. Oxirgi nuqtalar o‘rtasida IPv4
protokolning NAT
translyatsiyasi ishlayotgan bo‘lsa ushbu tunnellar
ishlamaydi;
•
Teredo. IPv4 Internet orqali bir adresli uzatishda oxirgi nuqtalar o‘rtasida
IPv4 protokolning NAT translyatsiyasi foydalanilganida ishlatiladi.