139
Agar IP-adres qurilma tarmoqqa ulanishi bilan avtomatik tarzda belgilansa
va chegaralangan vaqt mobaynida, odatda, ulanish seansi tugallanguncha ishlatilsa,
bunday IP-adres dinamik deb nomlanadi (12.5-rasm).
12.5-rasm. Ichki interfeys bilan ta’minlangan ofis tarmog‘ining Internetga
chiqish
namunasi.
12.6. MAC-adres
MAC-adres (
Media Access Control – muhitga kirishni boshqarish) – barcha
aktiv qurilmalarga yoki ularning Ethernet kompyuter tarmoqlaridagi ba’zi
interfeyslariga beriladigan unikal identifikator.
Ethernet standartini loyihalashda barcha tarmoq kartalari ishlab chiqarish
mobaynida o‘rnatilgan unikal 6 baytli nomer (MAC-adres) ga ega bo‘lishi
kerakligi ko‘zda tutilgan. Ushbu nomer freymni uzatuvchi/qabul qiluvchini
identifikatsiya qilish uchun foydalaniladi va tarmoqqa yangi kompyuter (yoki
tarmoqda ishlaydigan boshqa qurilma) ulanganida
tarmoq administratorining
MAC-adresni sozlash zaruriyatini bartaraf qilishni nazarda tutadi.
140
MAC-adreslarning unikalligi har bir ishlab chiqaruvchining
IEEE
Registration Authority
koordinatsiya qo‘mitasidan 16 million (2
24
)
adreslardan
diapazon olishi bilan ta’minlanadi va belgilangan adreslarning tugashi bilan yangi
diapazon beriladi. Shuning uchun MAC-adresning katta baytlari bo‘yicha ishlab
chiqaruvchini aniqlash mumkin. Ishlab chiqaruvchini MAC-adres bo‘yicha
aniqlash imkonini beruvchi jadvallar mavjud; xususan, ular
arpalert
kabi
dasturlarga kiritilgan.