Kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti




Download 11,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/209
Sana25.12.2023
Hajmi11,41 Mb.
#128215
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   209
Bog'liq
Internet tarmoqlari va xizmatlari (1)

11.1.2. Taqdim etish darajasi 
 
Taqdim etish sathi (ma’lumotlarni taqdim qilish sathi) uzatilayotgan 
ma’lumotlarni taqdim qilishning sintaksisi, formatlari va strukturalarini aniqlaydi 
(ammo, semantika, ma’lumotlarning ma’nosiga ta’sir qilmaydi). Bir tizimning 
amaliy sathidan uzatilayotgan axborot boshqa tizimning amaliy sathida o‘qilishi 
uchun, taqdim etish sathi axborotni taqdim qilishning umumlashtirilgan formatidan 
foydalanish hisobiga axborotni taqdim qilishning ma’lum formatlari o‘rtasida 
translyatsiyani amalga oshiradi. 
Shu tarzda, ushbu sath uzatilayotgan va qabul qilinayotgan ma’lumotlarni 
interpretatsiya qilish uchun amaliy sathda tanlanadigan xizmat operatsiyalarini 
ta’minlaydi: axborot almashinuvini boshqarish, ma’lumotlarni aks ettirish va 
strukturalangan ma’lumotlarni boshqarish. Ushbu xizmat ma’lumotlari turli xil 
terminal va hisoblash vositalarini birlashtirish imkonini beradi. XDR – ushbu sath 
protokoli namunasidir. 
 
11.1.3. Seans darajasi 
 
Seans sathi abonentlarning amaliy jarayonlari o‘rtasida o‘zaro aloqa seansini 
o‘rnatish, qo‘llab-quvvatlash va tugallashni amalga oshiradi. Seans sathi taqdimot 
sathi ob’ektlari o‘rtasidagi dialogni sinxronizatsiyalaydi, fayllarni uzatishda oraliq 
nazorat va qayta tiklash uchun sinxronizatsiya nuqtalarini aniqlaydi. Ushbu sath 
ma’lumotlarni amaliy dastur tomonidan o‘rnatilgan rejimda uzatish yoki 
almashinuv rejimini tanlash imkonini beradi. 
Asosiysi, dialogni boshqaruv funksiyasidan tashqari, seans sathi xizmatlar 
sinfini tanlash va istisno (seans, taqdimot va amaliy sathlarning muammolari) 
hodisalar haqida xabardor qilish uchun vositalarni taqdim qiladi. 
 
 


123 
11.1.4. Transport darajasi 
 
Transport sathi yuqori sathlarga ma’lumotlarni transportlash imkonini 
beradi, ya’ni: 

Birlashtirilgan tarmoq orqali ma’lumotlarni ishonchli transportlashni 
ta’minlash; 

Virtual kanallarni o‘rnatish, qo‘llab-quvvatlash va faoliyatini tartibli 
tugallash mexanizmlarini ta’minlash; 

Transportlash nosozliklarini aniqlash va bartaraf qilishni ta’minlash; 

Oxirgi tizim haddan tashqari katta hajmdagi ma’lumotlar bilan yuklanib 
ketmasligini nazorat qilish. 
Boshqa so‘z bilan aytganda, transport sathi jarayonlar va tarmoq o‘rtasida 
interfeysni ta’minlaydi, jarayonlar o‘rtasida mantiqiy kanallarni o‘rnatadi va ushbu 
kanallar orqali informatsion bloklarni uzatishni ta’minlaydi. 

Download 11,41 Mb.
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   209




Download 11,41 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti

Download 11,41 Mb.
Pdf ko'rish