117
1. Virtual kanalini o‘rnatish – maxsus paketni manba tugunidan jo‘natish -
ulanishni o‘rnatish so‘rovi (qo‘yiladigan shu
virtual kanal yuboradigan
adresi va oqim metkasi uchun).
2. Tarmoq bo‘yicha o‘tish paytida so‘rov xar bitta kommutatorda yangi yozuv
shakllantiradi, bu yozuv berilgan metkaga ega bo‘lgan paketni kommutator
qanday xizmat qo‘rsatish kerakligini ko‘rsatadi.
3. Shakllantirilgan virtual kanal shu metka bilan identifikatsiyalanadi.
4. Virtual kanal o‘rnatganidan keyin tarmoq kerakli ma’lumot
oqimlarni bu
kanal bo‘yicha yuborishi mumkin.
Kirish interfeysiga paket qabul qilinganidan
keyin kommutator paket
boshidan metkani o‘qiydi va o‘zini kommutatsiya jadvalini ko‘rib chiqadi, bu
jadval bo‘yicha paketni qaysi chiqish portiga yuborishni aniqlaydi.
Nazorat savollari
1. Paketli kommutatsiya deb nimaga aytiladi?
2. Paketli kommutatsiya paytida qaysi qurilmalar ishlatiladi
3. Marshrutizatorlarning funksiyasi
4. Paketlarni qayta ishlash paytida marshrutizator
ichida qaysi jarayonlar
amalga oshiriladi.
5. Deytagramma bu nima?
6. Deytagrammali uzatish qanday amalga oshiriladi?
7. Logik ulanish nima hisoblanadi?
8. Logik ulanishni o‘rnatish bilan uzatish.
9. Virtual kanal bu nima?
10. Virtual kanalni o‘rnatish bilan uzatish