107
ta'minlashi kerak. Samaradorlik ayniqsa marshrutlash
algoritmini amalga
oshiruvchi dastur kompyuterda yoki fizik resurslari cheklangan tug unlarda
ishlashi kerak bo'lgan holda juda muxim bo'ladi.Marshrutlash algoritmlari
yashovchanlikka ega bo'lishi kerak. Boshqacha qilib aytganda ular kutilmagan
sharoitlarda ya'ni
apparatlar buzilganda, yuqori yuklanish xolatlarida va
noto'g‘ri foydalanishlarda aniq vazifalarni bajarishlari kerak.
Marshrutlash algoritmlarida ko'p har xil ko'rsatkichlar ishlatiladi.
Murakkab marshrutlash algoritmlari yo'nalish tanlaganlarda ko'pgina
ko'rsatkichlarga asoslanishi mumkin va ularni kombinatsiyalab, natijada bitta
alohida (gibrid) ko'rsatkichini olishi mumkin. Pastda marshrutlash algoritmi
ishlatiladigan ko'rsatkichlar keltirilgan:
1.
Yo'nalish uzunligi.
2.
Ishonchlilik.
3.
To'xtalish.
4.
O'tkazish yo'lining kengligi.
5.
Yuklanish.
6.
Aloqa tan-narxi.
Ushbu ko'rsatkichlarni to'laroq ko'rib chiqamiz. Yo'nalish
uzunligi
marshrutlashning umumiy ko'rsatkichi xisoblanadi. Marshrutlashning ayrim
protokollari tarmoq adminstratorlariga tarmoqning har bir kanaliga o'z xolli
narx tayinlashga imkon beradi. Bu xolda, traktning uzunligi bo'lib, xisobga olingan
xar bir kanal bilan bog‘liq, xarajat mablag‘i hisoblanadi. Marshrutlashning
boshqa protokollari ―uzatishlar soni‖
ni aniqlaydilar, ya'ni birlashgan tarmoqlar
uskunalari (marshrutizatorga o'xshagan) orqali manbadan to tayinlanish nuqtasi
orasidagi yo'lda paket bajarishi kerak bo'lgan, o'tishlar sonini tavsiflovchi
ko'rsatkich
hisoblanadi.
108
Marshrutlash algoritmida ishonchlilik
deganda tarmoqning xar bir
kanalidagi ishonchlilik kiradi. Tarmoqning ayrim kanallari boshqalariga nisbatan
ko'proq rad etishi. Bir xil kanaldagi rad etish (otkaz)larni, boshqalariga nisbatan
tezroq bartaraf etish mumkin. Ishonchlilik baxosi belgilanganda,
ishonchlilikning
xar qanday omili hisobga olinishi mumkin. Tarmoq kanallarining
ishonchlilikni baxolash odatda tarmoqadminstratori belgilaydi.
Marshrut bu jo‘natuvchidan oluvchiga yo‘lda yotadigan tugunlar ketma-
ketligi hisoblanadi. Marshrulashtirish masalasi quyidai ikki vazifalarni o‘z ichiga
oladi:
1.
Marshrutni aniqlash;
2. Tanlangan marshrut haqida tarmoqni ogohlantirish.