100
“konferensiya” bog‘lanishi, bunday tarmoqlarda ham mumkin, lekin biz ularni
ko‘rib chiqmaymiz) o‘rnatiladi.
9.2-rasm.To‘rtta kommutatorlar va to‘rtta aloqa liniyalaridan tashkil topgan oddiy
kanallar kommutatsiyalanadigan tarmoq.
Shunday qilib,
A xost
V xostga paketlarni uzatish imkoniyatiga ega bo‘lishi
uchun
A va
V xostlarni bog‘laydigan ikkita aloqa liniyalaridan har birida bitta
chastotalar polosasini zahiralashtirish zarur bo‘ladi. Modomiki, har ir aloqa liniyasi
bir vaqtda n ta aloqa kanallarini qo‘llay
olar ekan, aloqa kanali polosasining
kengligi aloqa liniyasi o‘tkazish polosasining
1/p qismini tashkil etadi.
9.4.1. Kanallar kommutatsiyalanadigan tarmoqlarda multiplekslash
Aloqa liniyasidagi har bir aloqa kanali
chastota yoki
vaqt bo‘yicha ajratish
yordamida tashkil etiladi. Birinchi holda har bir aloqa kanaliga butun aloqa seansi
vaqtida mobaynida o‘zgarmaydigan ma’lum chastotalar polosasi ajratiladi.
Masalan, telefon tarmoqlari uchun namunaviy o‘tkazish polosasi kengligi 4 kGs
hisoblanadi.FM-rejimda ishlaydigan radiostansiya ham chastotaviy ajratishni
ishlatadi.
Hozirgi vaqtda telefoniyada KChA kanallarni chastota bo‘yicha ajratishni
KVA kanallarni vaqt bo‘yicha ajratishga almashtirilishi an’anasi
kuzatilmoqda,
101
ko‘plab texnologik rivojlangan tarmoqlar hozirda KVA prinsipini ishlatmoqda.
KVAning mazmuni shundan iboratki, vaqt kadrlar deyiladigan teng oraliqlarga
bo‘linadi, har bir kadr qayd etilgan slotlar soniga bo‘linadi. Aloqa kanalini ajratish
abonentlar juftligiga har bir kadrdagi bitta vaqt slotini biriktirilishidan ibora. Bu
slotning ichida abonentlar orasida aloqa liniyasi bo‘yicha paketlarni tanho uzatish
bo‘lib o‘tadi.
9.3-rasmda chastota va vaqt bo‘yicha ajratish hollari uchun to‘rtta kanalni
qo‘llaydigan aloqa liniyasining ishlashi sxemasi tasvirlangan. Chastota bo‘yicha
ajratishda aloqa liniyasining o‘tkazish polosasi 4 ta 4 kGsdan teng dipazonlarga
bo‘linadi. Vaqt bo‘yicha ajratishda vaqt kadrlarga bo‘linadi, ulardan har biri 4
tadan slotga ega bo‘ladi, har bir aloqa kanaliga bu sotlardan biri birikirilgan. Vaqt
bo‘yicha ajratish uchun uzatish tezligi kadrlarning kelishi
chastotasi va har bir
slotning ichidagi bitlar soni ko‘paytmasiga teng bo‘ladi. Masalan, agar kadrlarning
kelishi chastotasi sekundiga 8000 kadrlarni tashkil etsa, slot esa 8 bitni o‘z ichiga
olsa, u holda aloqa kanali bo‘yicha uzatish tezligi 64kbit/sni tashkil etadi.
Paketlar kommutatsiyalanadigan texnologiyaning tarafdorlari doimo ajratilgan
aloqa kanallarini
turib qolish davrlarida bsho‘shitish mumkin emasligidan iborat
bo‘lgan kanallar kommutatsiyalanadigan tarmoqlarning jiddiy kamchiligiga e’tibor
qaratishdi. Masalan, agar telefon so‘zlashuvi vaqtida so‘zlashuvchilar jim bo‘lsa
(ma’lumotlarni uzatmasa), u holda ular uchun ajratilgan kanalni “tortib olish” va
boshqa bog‘lanishlar uchun ishlatish mumkin emas. Radiologni tasavvur qiling,
unga rentgen su’ratlariga olisdan qarash zarur bo‘ladi.
Agar bu qarash kanallarni
kommutatsiyalash yordamida amalga oshirilsa, u holda raiolog dastlab
bog‘lanishni o‘rnatadi, su’ratni oladi, uni ko‘rib chiqadi, keyin esa yangi su’ratni
so‘raydi. U su’ratlarni o‘rganish bilan shug‘ullangan barcha vaqt davrlari aloqa
kanali bo‘yicha ma’lumotlarni uzatish nuqtai nazaridan turib qolishlar hisoblanadi.
Kanallarni kommutatsiyalash yetarlicha asoslangan tanqidni keltirib chiqaradigan
boshqa sabab 9.4-rasmda chastota va vaqt bo‘yicha ajratish hollari uchun to‘rtta
kanalni qo‘llaydigan aloqa liniyasining ishlashi kommutatsiyalarni
boshqarish va
102
aloqa kanallariga chastotalar polosalarini ajratish uchun murakkab signallar
qurilmalarining zarurati hisoblanadi. Kanallar kommutatsiyalanadigan tarmoqlar
haqida so‘zlashini tugatishda oldin bu texnologiyaning ma’nosini yaqqol
ko‘rsatadigan sonli misolni ko‘rib chiqamiz. Bizga
640000bit o‘lchamli faylni
A
xostdan
V xostga kanallarni kommutatsiyalash usuli orqali uzatish zarur bo‘lsin.
Uzatish qancha vaqtni oladi? Tarmoqdagi barcha liniyalar soni bir xil, vaqt
bo‘yicha ajratish prinsipini ishlatadi, bunda kadrning slotlari soni 24 ga teng, liniya
bo‘yicha uzatish tezligi 1,536Mbit/sni tashkil etadi deb olamiz.
Shuningdek A
xostning tarmoq bilan bog‘lanishni o‘rnatishiga vaqt sarflarini 0,5 sekundga teng
olamiz. Demak, aloqa liniyasining tezligi barcha aloqa kanallari orasida teng
“taqsimlanishi” bois, aloqa kanali bo‘yicha uzatish tezligi (1,536Mbit/s) / 24 =
64kbit/sni tashkil etadi. Endi biz aloqa kanali bo‘yicha faylni uzatilishi vaqtini
hisoblashimiz mumkin: 640000bit / (64kbit/s) = 10s. A xostning tarmoq bilan
bog‘lanishni o‘rnatishiga vaqt sarflarini hisobga olish bilan faylni uzatilishi to‘liq
vaqtini olamiz: 10s + 0,5 s = 10,5 s. Birinchi yaqinlashida uzatish vaqti aloqa
liniyalarining soniga bog‘liq bo‘lmaydi. Uni ham bitta liniya, ham 100 ta liniyalar
hollarida 10 sekundga teng hisoblash mumkin.
103
9.3-rasm. KChA aloqa kanali o‘z chastotalar
polosasini uzluksiz ishlatadi,
KVAda esa unga ajratilgan vaqt slotlarida butun AL o‘tkazish polosasini ishlatadi.