99
deyiladi. Kommutatsiyalashda bog‘lanishning barcha vqtiga o‘zgarmas uzatish
chastotasi o‘rnatiladi. Bu telefon tarmoqlarida standart
chastotalar polosasining
ishlatilishi tufayli mumkin bo‘ladi.
Zamonaviy Internet, aksincha, paketlar kommutatsiyalanadigan
turdagi
tarmoq hisoblanadi. Uzatilishida paket ko‘plab kanallar orqali o‘tadi, lekin bunda
chastotalar polosasini hech qanday zahiralashtirish bo‘lib o‘tmaydi. Qandaydir
kanal o‘ta yuklanganida paket navbatda uni bo‘shashini kutishga majbur bo‘ladi.
Shunday qilib, tezkorlik nuqtai nazaridan Internet paketlarni
maksimal intilish
bilan yetkazishga urinsada, yetkazilishi vaqti kafolatlanmagan. Har bir
telekommunikatsion tarmoqni birday kanallar kommutatsiyalanadigan tarmoqlarga
yoki paketlar kommutatsiyalangan tarmoqlarga kiritish mumkin bo‘lmaydi.
Masalan, asinxron uzatish rejimini ishlatadigan tarmoqlar (Asynchronous Transfer
Mode, ATM)
shunday tashkil etilganki, ulardagi resurslarni zahiralashtirish
xabarlar navbatlarini tashkil etish bilan birga ishlatiladi. Shunga qaramay,
kompyuter
tarmoqlarini
kanallar
kommutatsiyalanadigan
va
paketlar
kommutatsiyalangan tarmoqlarga bo‘lish telekommunikatsion
tarmoqlarni
o‘rganish uchun qulay “jo‘natish nuqtasi” hisoblanadi.