104
Paketli kommutatsiya bilan oddiy tarmoq strukturani ko‘rib chiqamiz
(10.2. rasm.). A,V xostlari Ye xostiga birgalikda paketlarni jo‘natadi, A va V
xostlarning birinchi marshrutizator bilan aloqasi 10Mbit/s tezligi bilan Ethernet
aloqa liniyasi bilan amalga oshiriladi. Marshrutizator
aloqa liniyaga paketlarni
1,5Mbit/s tezligi bilan yuboradi. Agar aloqa liniya yuklangan bo‘lsa paketlar
uni bo‘shatishni navbatda kutib turadilar.
10.2.rasm. Paketli kommutatsiya bilan oddiy tarmoqning strukturasi.
Agar A va V birdan paketlarni yuborsa, nima bo‘lishini ko‘rib chiqamiz.
Xostlar o‘rtasida sinxronizatsiya yo‘q, paketlarni uzatish
tartibini oldindan aytib
bo‘lmaydi, bu usul statik multipleksorlash deb aytiladi. Xostlar o‘rtasida paketlar
uzatish vaqti quyidagiga teng:
Tp=Q*L/R (9.1.)
bu yerda L – paket uzunligi bit, R – chiqish aloqa liniyaning tezligi bit/s, Q –
xostlar o‘rtasida aloqa liniyalarning soni.
105
Paketlar tarmoqqa manba bergan tezligi bo‘yicha aloqa liniya oldindan
zahiralanmagan paytida kiradi. Paketli tarmoq kommutatsiyali tarmoqdan asosiy
farqi u xar doim paketlarni oxirgi tugundan qabul qilishga tayyor.
Paketli kommutatsiya real
vaqt ilovalarni telefoniya, videochaqiruv,
konferens aloqa sifatli xizmat ko‘rsatishni ta’minlab bermaydi, lekin aloqa liniya
o‘tkazuvchanligini samarali bo‘linishni ta’minlab beradi.
Paketli kommutatsiyaning afzalliklari:
- pulsatsiyali trafikni uzatishda tarmoqning o‘tkazish
qobiliyatini
oshirish
-
imkoniyatini beradi;
- foydalanuvchilararo trafik holatini inobatga olgan holda, tarmoq
- sharoitiga nisbatan fizik kanallarning o‘tkazish qobiliyatini
taqsimlash
- imkoniyatini beradi.
Paketli kommutatsiyaning kamchiliklari:
- kommutatorlarning buferlaridagi xalaqit tarmoq holatiga bog‘liq
bo‘lganligi sababli
- foydalanuvchilararo uzatish tezligining noaniqligi;
- ma‘lumot paketlarining o‘zgaruvchanligi;
- buferlarda navbatlar ortib ketganligi sababli ma‘lumot (paketlar)
yo‘qolishi.
Bu kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida turli usullar qo‘llaniladi (Quality
of Service QoS kabi). Bunday usullar qo‘llanilishi sababli paketlar
kommutatsiyasi hozirgi kunda yuqori tezlikli tarmoqlarni tashkil etishda eng
samarali deb tan olingan. Paketli kommutatsiya
tarmoqlari ikki xil ishlash
106
tartibiga ega: virtual kanallar tartibi (ulanish orqali aloqa) va deytagrammali tartib
(ulanishsiz aloqa).