71
4-BO’LIM. INTERNET TARMOG’I TEXNOLOGIYALARI. LOKAL
TARMOQLARNI QURISH VOSITALARI VA TEXNOLOGIYALARI.
7-bob. Lokal tarmog‘i va uning komponentlari. Umumiy tushunchalar
7.1. Lokal tarmoqlar – umumiy tushunchalar
Lokal kompyuter tarmog‘i (LocalAreaNetwork,LAN) –
bu bir bino yoki
boshqa bir chegaralangan xududda joylashgan kommunikatsion tizim bo‘lib,
ularga ulangan kompyuterlardan qisqa vaqtda foydalanishni taqdim etuvchi bir
yoki bir necha yuqori tezlikli raqamli aloqa kanallarini qo‘llab quvvatlaydi.
LAN quyidagi tafsivistikalarga ega:
umumiy masofasi 1-2km;
ma’lumotlarni uzatish tezligi 1 Mbit/s dan bir necha Gbit/s gacha;
yangi kompyuterlarni ulashning soddaligi va eskilarini tarmoq ishini
buzmasdan o‘chirish;
barcha ishchi stansiyalarni kollektiv ulanish ukunalari (server, printer) ga
ulanishining tengligi;
IEEE standartizatlashtirish tashkiloti tomonidan LAN standartining loyihasi
ishlab chiqilgan bo‘lib, 802 standarti deb nom olgan. 802
standartining LAN
modeli asosiy tavsiyalardan tashkil topgan, ularga aniq LAN larni qurisga
asoslanish tavsiya etiladi. OSI modeli va IEEE 802 –
LAN modellarining bir-
biridan asosiy farqi 7.1-rasmda keltirilgan.
Lokal tarmoqda har bir kompyuter, maxsus plataga ega bo‘lishi kerak
(tarmoq adapteri). Kompyuterlar o‘zaro (tarmoq adapteri)
kabel yoki radiokanal
yordamida ulanadi, ular ma’lumotlar uzatishning fizik muhiti deyiladi.
72
Fizik muhit – tarmoqning eng quyi satxi. LAN da ma’lumotlar uzatishning
fizik muhiti sifatida koaksial kabel,
mis juftlik, TOAL, infrqizil va radiokanallar
ishlatilishi mumkin. Uzatish muhitining tafsivistikalari tarmoq uzunligiga ta’sir
etadi, lokal tarmoqda ma’lumotlar uzatish tezliklari 7.1-jadvalda keltirilgan.
Tarmoq adapteri – maxsus plata bo‘lib, u “ona” plata slotlaridan biriga
tizimli blok ichiga o‘rnatiladi. Asosiy vazifasi - tarmoqda axborotlarni uzatish va
qabul qilish.
7.1-rasm. OSI modeli va IEEE 802 – LAN modelining asosiy farqlari.
7.1-jadval. Lokal tarmoqda tarmoq uzunligi va ma’lumotlarni uzatish tezligining
uzatish muhitiga bog‘liqligi