FTTx texnologiyasi asosida ulanish




Download 11,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/209
Sana25.12.2023
Hajmi11,41 Mb.
#128215
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   209
Bog'liq
Internet tarmoqlari va xizmatlari (1)

 
6.1.4. FTTx texnologiyasi asosida ulanish 
 
FTTx ((Fiber To The “x”) ssenariysining yoyilishi FTTx arxitekturasining 3 
parametri kombinatsiyasiga bog‘liq: 
– "x" nuqta holati abonentda; 
– abonentlar orasida va operator aloqa uzeli binosida (xonadon pod’ezdi, 
ko‘chadagi shkaflarda va hokazo); 


68 
optik 
tarmoqlarda 
"x" 
nuqtagacha 
ma’lumotlarni 
yetkazish 
agregatsiya/taqsimlash texnologiyasi; 
– faol Ethernet yoki har xil turdagi PON dan birortasi;
– o‘tkazuvchanlik qobiliyatini oshirish va/yoki tolalar miqdorini kamaytirish 
uchun spektral zichlashtiruvchi texnologiyalar (asosan, CWDM). 
"x " nuqtadan keyin ulanish texnologiyasi qoida bo‘yicha, xDSL, Ethernet 
yoki mis kabel bo‘yicha DOCSIS; 
– simsiz ulanish (Wi-Fi).
FTTx texnologiyasi guruhi o‘ziga bir necha turdagi texnologiyalarni 
biriktiradi (6.6-rasmga qarang): 
• FTTA (Fiber To The Apartment) — yashaydigan uyning xonadonigacha 
optik kabel tolasini o‘tkazish; 
• FTTB (Fiber To The Building) — binogacha optik kabel tolasini o‘tkazish; 
• FTTC (Fiber To The Curb) — kabelli shkaf o‘rnatilgan joygacha optik kabel 
tolasini o‘tkazish; 
• FTTH (Fiber To The Home) — yashaydigan uygacha optik kabel tolasini 
o‘tkazish; 
• FTTO (Fiber To The Office) — ofisgacha optik kabel tolasini o‘tkazish; 
6.7-rasmda FTTH texnologiyasi bo‘yicha Internetga ulanishni tashkil etish 
tamoyili ko‘rsatilgan. OLT (Optical Line Terminal) – optik liniya terminali 
(yakuni) stansiyada joylashgan, protokollarni qayta ishlashni, transportlashtirishni 
va axborotli xizmatlar oqimini taqsimlashni amalga oshiradi. 
ONU (Optical Network Unit) – optik tarmoq bloki, ulanish tarmog‘i 
tomonida joylashgan va abonentlarga tarmoqqa ulanishni taqdim etish uchun 
xizmat qiladi. OLT va ONU optik uzatish tizimi orqali ulanadi, OLT ONU ni 
boshqaradi, bir nechta ONU ga ulanishi mumkin. 
Har bir uyda, maxsus ajratilgan optik tolali kabel bilan splitterga ulangan 
ONT o‘rnatilgan. Slitter bir nechta (<100) uylardan chiqqan tolalarni, TK 
provayderi tomonidagi OLT bilan bitta umumiy optik kabel orqali ulaydi. 


69 
6.6-rasm. FTTx tarmoqlarini qurish varianti. 
6.7-rasm. FTTH bo‘yicha internetga ulanish. 
OLT, optik/elektrik o‘zgartirishni taqdim etadi va internetga internet-
provayder marshrutizatori orqali ulanadi. ONTga ulangan abonentlar uy 
marshrutizatorlariga ulanadi va uy marshrutizatori orqali Internetga ulanish 


70 
imkoniga ega bo‘ladi. PON arxitekturasida OLT dan splitter orqali jo‘natilgan 
barcha paketlar splitter orqali qaytariladi.
14

Download 11,41 Mb.
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   209




Download 11,41 Mb.
Pdf ko'rish