Kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti




Download 11,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/209
Sana25.12.2023
Hajmi11,41 Mb.
#128215
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   209
Bog'liq
Internet tarmoqlari va xizmatlari (1)

7.4. IEEE 802.5 – LAN Token Ring 
IEEE 802.5 – LAN TokenRing standartidagi tarmoq IBM tomonidan 
yaratilgan. Tarmoqni qurish uchun koaksial kabel, mis juftlik, TOAL ishlatiladi. 
Ma’lumotlarni uzatish tezligi – 4 Mbit/s, 16 Mbit/s. Tarmoq tuzilishi sifatida 
marker uzatishli bir yo‘nalishli fizik xalqa taqdim etiladi, xalqaning maksimal 
uzunligi deyarli chegaralanmagan, qo‘shni stansiyalar orasidagi maksimal masofa 
2 km ni tashkil etadi.
Ta’kidlab o‘tish joizki, fizik xalqa alohida tugunining yoki kabel 
segmentining shikastlanishi, signallarning ketma-ketlik yo‘lini va butun tarmoqni 
buzadi. 
Ma’lumotlarni uzatish uchun kanal satxida «marker» va «ma’lumot kadr» 
turdagi kadrlar ishlatiladi. Markerli xalqa prioritetlar asosida quriladi. Tarmoqqa 
ulanishni ta’minlash uchun marker ishlatiladi.Marker xar bir stansiyadan o‘tib, 
xalqa bo‘ylab uzluksiz sirkulyatsiyalaydi (7.7-rasm) va tarkibida indikator mavjud, 
indikator xalqa bo‘sh yoki bandligini ko‘rsatadi. Agar stansiya ma’lumotlarni 
uzatishni istasa va marker bo‘sh bo‘lsa, u xalqani egallab, ma’lumotlarni qo‘shib, 
markerni ma’lumot kadr boshiga o‘zgartiradi va kadrni xalqa bo‘ylab keyingi 
stansiyaga jo‘natadi. Har bir stansiya qabul qilingan markerni tahlil etadi. Agar 
marker band bo‘lsa, qabul qiluvchi stansiya uni regeneratsiyalaydi va keyingi 
stansiyaga uzatadi. Agar qabul qilingan ma’lumotlar ushbu stansiyaga mansub 
bo‘lsa, u xolda ular nusxalanadi va amaliy satxlarga jo‘natiladi. Kadr uni uzatishni 
amalga oshirgan boshlang‘ich stansiyaga qaytgandan so‘ng, marker 


80 
initsializatsiyalanadi (boshlang‘ich ko‘rinishda qayta tiklanadi) va yana xalqaga 
uzatiladi. 
7.7-rasm. TokenRing da ma’lumotlarni uzatish. 
Ushbu standart 50 km gacha uzunlikdagi xalqali tarmoqni qurish imkonini 
beradi, biroq bu tarmoqlar ma’lumotlarni uzatishning past tezlikligi va 
ishonchliligining pastligi bilan tafsivlanadi. TokenRing ning rivojlanish istiqbollari 
bo‘lib, WAN uchun 100 Mbit/s uzatish tezlikli ikki yo‘nalishli yuqori ishonchlikli 
FDDI tarmog‘ini qurish hisoblanadi. 

Download 11,41 Mb.
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   209




Download 11,41 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti

Download 11,41 Mb.
Pdf ko'rish