Kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti




Download 11,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/209
Sana25.12.2023
Hajmi11,41 Mb.
#128215
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   209
Bog'liq
Internet tarmoqlari va xizmatlari (1)

4.2. Tarmoq topologiyasi 
 
Tarmoq topologiyasi – bu kompyuterlar aloqa kanallari birlashuvining 
mantiqiy sxemasi. Lokal tarmoqlarida ko’pincha quyidagi uch asosiy 
topologiyaning biridan foydalaniladi: monokanalli, aylanma yoki yulduzsimon. 
Boshqa ko’pgina topologiyalar shu uchtasidan kelib chiqadi. Tarmoq uzellarining 
kanalga kirish ketma-ketligini aniqlash uchun kirish texnologiyalarining o’zi zarur. 
Kirish texnologiyalari - bu moddiy darajada uzellarni birlashtiruvchi 
ma’lumotlarni uzatish kanalidan foydalanishni belgilovchi qoidalar to’plamidir. 
Lokal tarmoqlarda eng keng tarqalgan kirish texnologiyalari Ethernet, Token Ring, 
ARCnet sanaladi. 
Tarmoq platalari texnik qurilma bo’lib, har bir kompyuter tarmog’iga 
o’rnatiladi va tarmoq kanallari buyicha axborot uzatish hamda qabul qilishni 
ta’minlaydi. 


52 
Lokal hisoblash tarmoqlari topologiyasi - bu tarmoq uzеllari birlashuvining 
o’rtacha gеomеtrik sxеmasi. Hisoblash tarmoqlari topologiyasi turlicha bo’lishi 
mumkin, lеkin lokal hisoblash tarmog’i uchun uchta tur umumiy hisoblanadi. 
Bular: aylanma, shinali va yulduzsimon turlardir. Ba’zan soddalashtirib aylana, 
shina, yulduz dеgan atamalar ishlatiladi. Biroq bu atamalar topologiya turi tom 
ma’noda aylana, to’g’ri chiziqli yoki aynan yulduz shaklida dеgan fikrni 
bildirmaydi. 
 
4.3. Aloqa operatorlari tarmog’i 
 
Aloqa operator tarmog’i – bu oshkora aloqa xizmatini ko’rsatuvchi va uning 
mijozlari hohlagan jismoniy shaxs yoki hohlagan tashkilotlar bo’lib, ular tijorat 
shartnomasi asosida telekommunikatsiya xizmat ko’rsatuvchilarga aytiladi. 
An’anaviy xizmat – telefon, tashkilotlarga aloqa kanali ijarasi va bu kanallar orqali 
o’zining shaxsiy tarmog’ini qurishi, internetga ulanishi, virtual shaxsiy xizmatlarni 
tashkil etishi, veb-xosting xizmati, elektron pochta, IP-telefon, audio/video 
signallarni tarqatish va boshqalarga aytiladi. Bunday tarmoqda foydalanuvchilar 
soni korporativ tarmoqqa nisbatan ko’proq bo’ladi. Operator to’g’ridan-to’g’ri 
tarmoqni to’liq ishlashiga javobgar hisoblanadi. 

Download 11,41 Mb.
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   209




Download 11,41 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti

Download 11,41 Mb.
Pdf ko'rish