43
ajratilgan majmuasi bo’lib, abonentlar (foydalanuvchilar) o’rtasida axborot
almashuvi uchun mo’ljallangan aloqa tizimining bir qismidir.
Telekommunikatsiya (TK) tarmog’i – yagona boshqaruvli oxirgi qurilmalar,
kommutatsiya markazlari va ularni bog’lovchi aloqa
liniyalari va kanallarining
majmuasidir.
Komyuter, telefon, televizion, radio tarmoqlarining o’rtasida
saqlanib
qolayotgan farqlarga qaramay ularning tarkibiy tuzilishida ko’pgina
o’xshashliklarni topish mumkin. Umumiy holda telekommunikatsiya tarmog’i
quyidagilardan tarkib topadi:
- foydalanuvchilarning terminal qurilmalari (ular tarmoqqa birlashtirilgan
bo’lishi mumkin);
- kirish tarmog’i;
- magistral tarmoq;
-axborot markazlari yoki xizmat ko’rsatishni
boshqarish markazlari
(Services Control Point, SCP).
6
3.6-rasm. Telekommunikatsiya tarmog’ining tarkibiy tuzilishi.
6
Sadchikova S.A. IP-telefoniya. Uchebnoe posobie. Tashkent, TUIT, 2008 http: // www. teic.uz/ lib
44
3.4.1. Kirish tarmog’i
Kirish tarmog’i - TK tarmoq ierarxiyasining quyi sathi. Kirish tarmog’ining
asosiy vazifasi foydalanuvchilar qurilmalaridan ko’plab aloqa liniyalari bo’yicha
kelayotgan axborotlarni magistral tarmoq tugunlariga jamlashdir.
Terminal qurilmasi kompyuter tarmog’ida kompyuterlardan,
telefon
tarmog’ida telefon apparatlaridan, televizion tarmoqda
televizion signal qabul
qiluvchilaridan, radio tarmog’ida radio qabulqilgichlardan foydalanadigan
tarmoqqa bog’liq bo’ladi.
Foydalanuvchilarning terminal qurilmalari TK tarmoq
tarikibiga ulanmagan
tarmoqqa birlashtirilgan bo’lishi mumkin, chunki ular foydalanuvchilarga tegishli
va ularning hududida joylashgan. Foydalanuvchilarning kompyuterlari lokal
tarmoqqa birlashtiriladi (Local
Area Network, LAN), telefonlari esa muassasa,
korxona (ofis) telefoni kommutatoriga ulangan bo’lishi mumkin (Private
Branch
Exchange, RVX).
Kirish tarmog’i – katta tarmoqlanishga egaligi bilan ajralib turadigan
mintqaviy tarmoqdir.
Quyi sath tugunlariga o’rnatilgan kommutatorlar ko’pincha
abonentlik
oxirlari deb yuritiladigan ko’plab abonent kanallaridan
kelayotgan axborotni
jamlaydi (multiplekslaydi) va uni yuqori sath kommutatorlariga uzatadi. Yuqori
sath kommutatorlari axborotni magistral kommutatorlariga uzatadi. Kirish tarmog’i
sathlarining soni uning o’lchamiga bog’liq, uncha katta bo’lmagan kirish tarmog’i
1 ta sathga, katta kirish tarmog’i 2-3 ta sathna ega bo’ladi.