38
Optik tola bu ichida to’liq ichki qaytarish orqali yorug’likni uzatish uchun
ishlatiladigan shisha yoki plastik tola hisoblanadi. Optik tola uzoq
masofali aloqa
va kompyuter tarmoqlarini qurish uchun vosita sifatida ishlatilishi mumkin. Optik
tola yorug’lik signallari tarqaladigan ingichka (5...60 mkm) optik tolalardan
tashkil
topadi. Bu eng sifatli kabel turi hisoblanadi. U juda yuqori tezliklarda (do 10Gbit/s
i vыshe) ma’lumotlarni uzatilishini ta’minlaydi, boshqa uzatish muhitlariga
qaraganda ma’lumotlarni tashqi ta’sirlardan
eng yaxshi himoyalanishini
ta’minlaydi.
OTAL katta hajmlardagi ma’lumotlarni yuqori tezliklarda uzatilishi uchun
mo’ljallangan. Optik tolali kabel shisha yoki plastik qatlam bilan o’ralgan
markaziy shisha yoki plastik o’tkazgich va tashqi himoyalash qobig’idan tashkil
topgan (3.3-rasmga qarang). Ma’lumotlar kabel bo’ylab bir yo’nalishli yorug’lik
impul’slarini markaziy shisha tola orqali jo’natadigan lazerli (laser transmitter)
uzatkich yoki yorug’lik diodili uzatkich (LED — Light Emitting Diode
transmitter) yordamida uzatiladi. Shisha qobiq ichki o’tkazgichda yorug’likning
fokuslantirilishini saqlashga yordam beradi. Signal boshqa uchda yorug’lik
impulslarini elektr signalga o’zgartiradigan fotodiodli qabulqilgich (photodiode
receiver) orqali qabul qilinadi.
39
3.3-rasm. Optik tolali kabelning konstruksiyasi
1-o’zak;
2-qaytaruvchi qobiq;
3-himoya laki;
4-himoya qoplamasi.
Optik tolalarning konstruksiyalari juda ko’p, asosiylari ikkita ko’p modali va
bir modali hisoblanadi. Ko’p modali tolalarda o’zakning
diametri uzatiladigan
nurlanishning to’lqin uzunligidan o’nlab marta katta bo’ladi, bu tufayli tola
bo’ylab bir necha turlardagi (modalardagi) to’lqinlar tarqaladi. Ko’p modali tolalar
o’zaklarining standart diametrlari 50 va 62,5 mkm ni tashkil etadi.
Bir modali
tolalarda o’zakning diametri odatda 5 ... 10 mkmga teng bo’ladi.
Optik tolali tarmoqlar uchun ma’lumotlarni uzatish tezligi 100 Mbit/s dan 2
Gbit/s gacha diapazonda joylashgan, ma’lumotlar esa 2
kilometrgacha masofaga
takrorlagichsiz ishonchli uzatilishi mumkin. Optik tolali kabel ma’lumotlarni
uzatish kabi video va ovozli ma’lumotlarni uzatilishini ta’minlaydi.
40
Modomiki, yorug’lik impul’slari tashqi qobiq chegaralarida to’liq yopilgan
ekan, optik tolali tashuvchi tashqi interferensiya va
yashirin eshitishga aslan
ta’sirchan emas. Modomiki, yorug’lik impul’slari faqat bitta yo’nalishda
harakatlanishi mumkin ekan, optik tolali kabellar asosidagi tizimlar ma’lumotlarni
jo’natadigan va oladigan har bir bir segment
uchun kiruvchi va chiquvchi
kabellarga ega bo’lishi kerak.
Optik tolali kabel katta qattiqlikka ega va o’rnatishda murakkab, bu uni eng
qimmat yorug’lik tashuvchi turi sifatida namoyon etadi. Bu omillar joriy etishning
yuqori narxiga olib keladi. Xarajatlarni kamaytirish yo’llaridan biri – optik tolali
kabellardan faqat tarmoq magistrallarida yoki
elektromagnit nurlanishlar,
yonuvchanlik va boshqalar ahamiyatga ega bo’lgan liniyalarda foydalanish
hisoblanadi.