• 2.3. Internet sohasidagi standartlar
  • Internet tarmog’ini tashkil etuvchi komponentlar




    Download 11,41 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet17/209
    Sana25.12.2023
    Hajmi11,41 Mb.
    #128215
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   209
    Bog'liq
    Internet tarmoqlari va xizmatlari (1)

    2.2. Internet tarmog’ini tashkil etuvchi komponentlar 
     
    Internet tarmog‘ining tuzilishi. Internet o‘z-o‘zini shakllantiruvchi va 
    boshqaruvchi murakkab tizim bo‘lib, asosan uchta tarkibiy qismdan tashkil topgan: 

    texnik; 


    29 

    dasturiy; 

    axborot. 
    Internet tarmog‘ining texnik ta’minoti har xil turdagi kompyuterlar, aloqa 
    kanallari (telefon, sun’iy yo‘ldosh, shisha tolali va boshqa turdagi tarmoq 
    kanallari) hamda tarmoqning texnik vositalari majmuidan tashkil topgan. 
    Internet tarmog‘ining dasturiy ta’minoti (tarkibiy qismi) tarmoqqa ulangan 
    xilma-xil kompyuterlar va tarmoq vositalarini yagona standart asosida (yagona 
    tilda) ishlashini ta’minlovchi dasturlar majmuasidir. 
    Internet tarmog‘ining axborot ta’minoti Internet tarmog‘ida mavjud bo‘lgan 
    turli elektron hujjatlar, grafik, rasm, audio, yozuv, video tasvir, veb-sayt va hokazo 
    ko‘rinishdagi axborotlar majmuasidan tashkil topgan umumiy resurslardir. 
    Internetning ikkita asosiy vazifasi bo‘lib, birinchisi axborot makoni bo‘lsa, 
    ikkinchisi kommunikatsiya vositasidir. 
    2.3. Internet sohasidagi standartlar 
    Amaliyotda istalgan ob’yekt resurslarni yoki ularga kira olishni taklif qilishi 
    uchun Internetga ulanishi mumkin. Internetda axborotning istalgan turi hech 
    qanday cheklanishsiz bemalol aylanib yurishi mumkin. Internet tarmog‘i ishlashini 
    tartibga soluvchi markaziy organ mavjud emas, lekin ma’lum bir fundamental 
    prinsiplarni o‘rnatuvchi va tarmoq ishlashini boshqaruvchi tashkilotlar mavjud. 
    O‘z falsafasi bo‘yicha Internet tarmog‘i avtonomdir. 
    Bir qator tashkilotlar mavjudki, ular Internetni ma’muriylashtirish va 
    qo‘llab-quvvatlashda bo‘yicha turli funksional vazifalarni bajaradilar. Bunday 
    tashkilotlar qatorida quyidagilarni aytib o‘tish lozim: CERT, IAV, IETF, IESG, 
    IRTF, ICANN va The Internet Society (ISOC sifatida ma’lum bo‘lgan, Internet 
    jamiyati). 
    Kompyuter himoyasi buzilishiga e’tibor beradigan guruh (Computer 
    Emergency Response Team, CERT) - Karnegi-Mellona Universitetining ekspertlar 


    30 
    guruhi, ular Internet tarmog‘ida kompyuter himoyasi buzilishi bilan bog‘liq 
    masalalarga javob berishadi. CERT 1998 yilning noyabrida ARPA tomonida o‘z-
    o‘zidan ko‘payuvchi virusli dasturlarni paydo bo‘lishi bilan bog‘liq bir qator 
    insidentlarga reaksiya sifatida tashkil etildi. 
    Internet arxitekturasi bo‘yicha Kengash (Internet Architecture Board, IAB), 
    dastlab Internet tarmog‘ining koordinatsion Kengashi tarkibi 12 ekspertdan 
    iborat ko‘ngilli organ, ular Internet ehtiyojlariga yordam berish uchun o‘zlarining 
    kompaniyalari-homiylari resurslaridan foydalanishadi. IAB ikkita muammoli 
    (ishchi) guruhlar: IETF va IRTF faoliyatini nazoratlaydi va koordinatsiyalaydi. 
    Natijada bu tashkilotlar texnik siyosat va ishchi yo‘nalishni ishlab chiqaradi. 
    Internetning injenerlik muammolari guruhi (Internet Engineering Task 
    Force, IETF) ustuvorliklarni aniqlaydi, o‘rnatadi va qisqa muddatli masalalar va 
    muammolar, jumladan, protokollar, arxitektura va ekspluatatsiya bo‘yicha 
    yechimlar ishlab chiqadi. Taklif etilgan standartlar Internetda so‘rovlar, 
    kommentariyalar va takliflar (RFC) ko‘rinishida e’lon qilinadi. Standartning oxirgi 
    versiyasi ishlab chiqilgandan so‘ng u tasdiqlash uchun Internet injenerlarini 
    boshqarish guruhi (Internet Engineering Steering Group, IESG) ga kelib tushadi. 
    Internetning ilmiy-tadqiqot muammoviy guruhi (Internet Research Task 
    Force, IRTF) uzoq muddatli masalalar, jumladan adreslash sxemalari va 
    texnologiyalari bilan shug‘ullanadi. 
    Ismlar va nomerlarni berish bo‘yicha Internet korporatsiyasi (
    The Internet 
    Corporation for Assigned Names and Numbers, 
    ICANN) 1999 yilda tashkil etilgan 
    notijorat tashkilot. ICANN portlarning umumiy ma’lum bo‘lgan nomerlarini 
    taqsimlash, IP-adreslarni boshqarish va domen ismlarini berish bo‘yicha IANA 
    federal organining vakolatlarini o‘ziga olish uchun tashkil etildi. Portlar nomerlari 
    0 dan 65536 gacha diapazondagi 16-bitli kattaliklarni tashkil etadi. Umumiy 
    ma’lum bo‘lgan portlar 0 dan 1023 gacha diapazon ichidagi raqamlar bilan 
    nomerlanadi va tizimli jarayonlar yoki amaliy dasturlarda foydalaniladi. Umumiy 
    ma’lum bo‘lgan portlarga quyidagi misollarni ko‘rsatish mumkin: 


    31 
    – SMTP (Pochtani uzatish oddiy protokoli), protokol uchun 25 port; 
    – HTTP (Gipermatnlarni uzatish transport protokoli) protokol uchun 80 port; 
    – Telnet (Masofadan boshqarish xizmati) protokoli uchun 107 port. 
    TCP/IP protokoli bazasidagi Internet mijoz/server muhitida, server amaliy 
    daraja protokolini hisobga olib, portlarni belgilaydi, u mijoz darajasida bajariladi. 
    Shuningdek 
    ICANN 
    kompyuterlarni 
    Internetga 
    joylashtirishni 
    hohlagan 
    tashkilotlarga IP-adresni belgilaydi. 
    Internet jamiyati (Internet Society, ISOC) – ko‘ngilli tashkilotdir, u 
    Internetni ma’muriyatlashtirish uchun qandaydir formal strukturani bildiradi. 
    Internet jamiyati standartlar bo‘yicha qarorlar qabul qilish vakolatini rasmiy holda 
    IESG ga bergan. 

    Download 11,41 Mb.
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   209




    Download 11,41 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Internet tarmog’ini tashkil etuvchi komponentlar

    Download 11,41 Mb.
    Pdf ko'rish