• 4.1.2. Mahalliy kompyuter tarmoqlari
  • Kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti




    Download 11,41 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet25/209
    Sana25.12.2023
    Hajmi11,41 Mb.
    #128215
    1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   209
    Bog'liq
    Internet tarmoqlari va xizmatlari (1)

     
    4.1.1. Lokal kompyuter tarmoqlari 
     


    49 
    Lokal kompyuter tarmoqlari kichik bir hududda joylashgan abonentlarni 
    birlashtiradi, ya’ni lokal tarmoqlar bir binoda yoki bir-biriga yaqin binolarda 
    joylashgan kompyuterlarda o’zaro axborot almashish imkonini beruvchi tarmoq 
    hisoblanadi. Bunday tarmoq odatda aniq bir joyga bog’langan bo’ladi. Masalan, 
    biror korxona yoki tashkilotga. 
    LAN quyidagi xarakteristikalarga ega: 

    umumiy masofasi 1-2km; 

    ma’lumotlarni uzatish tezligi 1 Mbit/s dan bir necha Gbit/s gacha; 

    yangi kompyuterlarni ulashning soddaligi va eskilarini tarmoq ishini 
    buzmasdan o’chirish; 

    barcha ishchi stansiyalarni kollektiv ulanish ukunalari (server, printer) ga 
    ulanishining tengligi. 
    Lokal hisoblash tarmoqlarida ishlashning asosiy afzalligi quyidagicha: ko’p 
    marta foydalaniladigan rejimda dasturli modem, printerlar tarmog’idagi 
    disketlarning umumiy resurslaridan va hamma kirishi mumkin bo’lgan diskda 
    saqlanuvchi ma’lumotlardan foydalanish, shuningdek, bir kompyuterdan 
    boshqasiga axborot uzatish imkoniyati, rеsurslardan birgalikda foydalanish, 
    axborotlarni bir kompyutеrdan boshqasiga uzatish yoki boshqa kompyutеrga ham 
    kirish, global tarmoqqa chiqish va lokal tarmoqda kompyutеrlar orasidagi masofa 
    yaqin bo’lganligi sabab yuqori tezliklarda qisqa vaqtda ma’lumotlar almashinish 
    mavjudligi. 
    4.1.2. Mahalliy kompyuter tarmoqlari 
     
    Axborot tеxnologiyalarini qo’llashning eng muhim sohalaridan biri – 
    tеlеkommunikatsiya va aloqa tarmog’i hisoblanadi. Bu yеrda axborot tizimlari 
    axborot oqimlarini boshqarib va trafikni tartibga solib aloqa tarmog’ining uzluksiz 
    ishlashini ta’minlaydigan zarur vosita hisoblanadi. Hisoblash tеxnikasi 
    vositalarining rivojlanishi, ayniqsa shaxsiy kompyutеrlarning paydo bo’lishi 


    50 
    mahalliy kompyuter tarmog’i dеb nomlanadigan yangi tipdagi axborot-hisoblash 
    tizimlarining yaratilishiga olib kеldi. 
    Mahalliy kompyuter tarmoqlari bir-biridan ancha uzoqda joylashgan biror 
    mintaqaga tegishli abonentlarni birlashtiradi. Masalan, biror shahar ichidagi yoki 
    iqtisodiy regionda yoki alohida bir mamlakatda joylashgan abonentlarni 
    birlashtiruvchi tarmoq. Mahalliy tarmoqning uzunligini 2-3 km bilan cheklash 
    mumkin. Bunday tarmoqlarda axborot almashinish aloqa kabellari (ba’zan, telefon 
    tizimi yoki radiokanal) orqali amalga oshiriladi. Bunda foydalanuvchilar tarmoqqa 
    ulangan kompyuterlardagi ma’lumotlarni o’zaro almashishi, dastur, chop etish 
    qurilmasi, modem va boshqa qurilmalardan birgalikda foydalanish imkoniyatiga 
    ega bo’lishadi. 

    Download 11,41 Mb.
    1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   209




    Download 11,41 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti

    Download 11,41 Mb.
    Pdf ko'rish