• 4-BOB. KOMPYUTER TARMOQLARI TASNIFI. AXBOROT MARKAZLARI. ALOQA OPERATORLARI TARMOG’I. KORPORATIV TARMOQLAR. INTERNET PROVAYDERLARI
  • Kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti




    Download 11,41 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet24/209
    Sana25.12.2023
    Hajmi11,41 Mb.
    #128215
    1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   209
    Bog'liq
    Internet tarmoqlari va xizmatlari (1)

    3.4.2. Magistral tarmoq 
     
    Magistral tarmoq ayrim kirish tarmoqlarini birlashtiradi va ular orasida 
    yuqori tezlikli kanallar bo’yicha trafik tranzitini ta’minlaydi. Axborot magistral 
    tarmoq yordamida kirish tarmog’i foydalanuvchilar tomon boradi, u yerda alohida 


    45 
    kanallarga ajratiladi (demultiplekslanadi) va foydalanuvchining kirish porti 
    qurilmasiga 
    faqat 
    unga 
    manzillashtirilgan 
    axborot 
    tushadigan 
    qilib 
    kommutatsiyalanadi. 
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     


    46 
    4-BOB. KOMPYUTER TARMOQLARI TASNIFI. AXBOROT 
    MARKAZLARI. ALOQA OPERATORLARI TARMOG’I. KORPORATIV 
    TARMOQLAR. INTERNET PROVAYDERLARI 
    4.1. Komyuter tarmoqlari to’g’risida umumiy tushunchalar. Kompyuter 
    tarmoqlari tasnifi 
    Komp’yuter tarmoqlarini ko’pgina belgilar, xususan hududiy ta’minlanishi 
    jihatidan tasniflash mumkin. Bunga ko’ra global, mintaqaviy va lokal (mahalliy) 
    tarmoqlar farqlanadi. Hozirda shunday dasturiy ta’minot tuzishning ikki xil asosiy 
    tamoyili joriy etilgan. Birinchi tamoyilda tarmoqning dasturlashtirilgan ta’minoti 
    ko’pgina foydalanuvchilarga hamma kirishi mumkin bo’lgan bosh komp’yuter 
    resurslarini taqdim etishga mo’ljallangan. U fayl-server deb yuritiladi. Bosh 
    komp’yuterning asosiy resursi fayllar bo’lgani uchun u shu nomni olgan. Bu 
    dasturli modullar yoki ma’lumotlarga ega fayllar bo’lishi mumkin. Fayl-server - bu 
    serverning eng umumiy turi. Shunisi qiziqki, fayl-serverini disk hajmi odatdagi 
    komp’yuterdagidan ko’p bo’lishi kerak, chunki undan ko’pgina komp’yuterlarda 
    foydalaniladi. Tarmoqda bir qancha fayl-serverlar bo’lishi mumkin. Tarmoqdan 
    foydalanuvchilarning birgalikda foydalanishiga taqdim etiladigan fayl-serverning 
    boshqa tur serverlarini sanab o’tish mumkin. Masalan: printer, modem, faksimil 
    aloqa uchun qurilma. Fayl-server resurslarini boshqaruvchi va ko’pgina tarmoq 
    foydalanuvchilari uchun ruxsat beruvchi dasturiy tarmoq ta’minoti tarmoqning 
    operatsion tizimi deb ataladi. Uning asosiy qismi fayl-serverda joylashadi; ishchi 
    stansiyada faqat resurs va fayl-server orasidan murojaat qilinadigan dasturlar 
    oralig’idagi interfeys rolini bajaruvchi uncha katta bo’lmagan qobiq joylashtiriladi. 
    Ikkinchi tamoyil “klient-server” arxitektura deb ataladi. Uning dasturiy ta’minoti 
    resurslardan jamoa bo’lib foydalanishgagina mo’ljallanib qolmay, ularni qayta 
    ishlash va foydalanuvchi talabiga ko’ra resurslarni joylashtirishga mo’ljallangan. 
    “Klient-server” arxitekturalar dasturi tizimi ikkita bo’linmadan iborat: Serverning 
    dasturli ta’minoti va foydalanuvchi-mijozning dasturiy ta’minoti. Bu tizimlar ishi 


    47 
    quyidagicha tashkil qilinadi: mijoz-dasturlar foydalanuvchining komp’yuterida 
    bajariladi va umumiy kirish komp’yuterida ishlaydigan dastur - serverga so’rov 
    jo’natiladi. Ma’lumotlarning asosiy qismini qayta ishlash kuchli server tomonidan 
    amalga oshiriladi, foydalanuvchi komp’yuteriga faqat bajarilgan so’rov natijalari 
    yuboriladi. Ma’lumotlar bazasi serverlari katta hajmdagi ma’lumotlar (bir necha 10 
    Gb va undan ko’p) bilan ishlashga mo’ljallangan va ko’p sonli foydalanuvchilar 
    yuqori unumli ishlab chiqarishni, ishonch va himoyalanganlikni ta’minlaydi. 
    Dunyoda ko’plab kompyuter tarmoqlari (KT) ishlab turibdi. Bulardan 
    ba’zilari bilan tanishamiz. 1957 yil ARPA (Advanced Research Projects Agency) 
    tashkiloti tuzildi. 1960-yillar oxirida DARPA (Defense Advanced Research 
    Projects Agency), 1969 yilda (AQSHning Mudofaa Vazirligi tomonidan tashkil 
    qilingan eng eski komp’yuter tarmoqlari hisoblanadi) ARPANet (Advanced 
    Research Projects Agency Network) tajriba tarmog’ini tashkil etish haqida qaror 
    qabul qildi. Ilk bor TARMOQ 1972 yilda namoyish etildi. U 40 ta kompyuterdan 
    iborat bo’lib, asosiy tuzilish prinsipi tarmoqdagi barcha kompyuterlarning teng 
    huquqli bo’lishi edi. 1975 yil ARPANet tajriba tarmog’i maqomini harakatdagi 
    (amaliy) tarmoq maqomiga o’zgartirdi (1989 yil – ARPANet mustaqil tarmoq 
    sifatida tugatildi). Uning afzalligi – tarkibida turli turdagi kompyuterlar bor tarmoq 
    bilan ishlash qobiliyatiga egaligidir. U keyinchalik boshqa kompyuter tarmoqlari
    bilan birlashtirilib, Internetning qismi sifatida ishlatila boshlandi. Hozirda u 
    MILNET – Military NET (harbiy tarmoq), CSNET – (Computer Science network), 
    NSFNET – (National Science Fondation Network) tarmoqlar sifatida Internetda 
    ishlatiladi. 
    Internet, intranet, elektron aloqa kabi tushunchalar nimani anglatishi, 
    ularning texnik, dasturiy, axborotli ta’minotini nimalar tashkil qilishi, ularning 
    yaratilishi va ishlashi, ahamiyatini anglash hamda bevosita ishlay olish 
    ko’nikmalariga ega bo’lish hozirgi jamiyatning har bir a’zosi uchun muhimdir. 
    Kompyuterdan turli masalalarni hal qilishda foydalanish mumkin. Axborot 
    almashish uchun magnit va kompakt disklardan foydalanish yoki boshqa 


    48 
    kompyuterlar bilan umumiy tarmoqqa ulanish kerak bo’ladi. Jamiyatning hozirgi 
    bosqichida axborot texnologiyalarining rivojlanishini kompyuter tarmoqlarisiz 
    tasavvur etib bo’lmaydi. Kompyuter (hisoblash) tarmog’i — bu, aloqa kanallari 
    orqali yagona tizimga bog’langan kompyuter va terminallar majmuasidir, ya’ni 
    kompyuterlarning o’zaro axborot almashish imkoniyatlarini beruvchi qurilmalar 
    majmuidir Tarmoqning asosiy imkoniyatlari tarmoqqa ulangan kompyuterlar va 
    axborot ashyolariga bog’liq. Tarmoqda axborotni ishlab chiqaruvchi va undan 
    foydalanuvchi ob’ektlar tarmoq ob’ektlari deyiladi. Tarmoq ob’ektlari alohida 
    kompyuter, kompyuterlar kompleksi, ishlab chiqarish robotlari va boshqalar 
    bo’lishi mumkin. 
    Kompyuterlarni tarmoqqa ulashning asosiy tarixiy maqsadi resurslarni 
    taqsimlash bo’lgan. Tarmoqqa ulangan kompyuter foydalanuvchilari yoki 
    kompyuterlarda bajariluvchi ilovalar tarmoqdagi qolgan kompyuterlarning turli-
    tuman resurslarga avtomatik kirish imkoniga ega bo’ladi. Unga quyidagilar kiradi: 

    Periferiya uskunalari: disklar, printerlar, plotterlar, skanerlar va boshqalar; 

    Operativ xotirada yoki tashqi xotira qurilmalarida saqlanuvchi ma’lumotlar; 

    Hisoblash quvvati («o’zgani» kompyuterlarida o’chirilgan «o’ziniki» 
    dasturlari hisobiga). 
    Tarmoq resurslaridan turli kompyuter foydalanuvchilari birgalikda 
    foydalanishini ta’minlash uchun kompyuterlar qo’shimcha tarmoq vositalari bilan 
    ta’minlanishi. 
    Ulardagi qurilmalarning aloqasi uchun, avvalo tashqi interfeyslar ko’zda 
    tutilgan bo’lishi kuerak. 
    Axborotlarni hududiy joylashuviga ko’ra kompyuter tarmoqlarini uchta 
    asosiy sinfga bo’lish mumkin: global tarmoqlar, regional (mintaqaviy) tarmoqlar, 
    lokal (mahalliy) tarmoqlar. 

    Download 11,41 Mb.
    1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   209




    Download 11,41 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti

    Download 11,41 Mb.
    Pdf ko'rish