41
Radioaloqada ma’lumotlarni qayta uzatish radiochastotalarda amalga
oshiriladi, uzoqlik bo’yicha
cheklashlarga ega emas, lokal tarmoqlarni katta
masofalarda ulanishi uchun ishlatiladi. Yuqori narxga ega,
davlat tomonidan
rostlanishida, elektron va atmosfera ta’sirlariga juda sezgir, ma’qul xavfsizlik
darajasini ta’minlash uchun uzatishda shifrlashni talab qiladi.
Yer usti va yo’ldoshli aloqa radiokanallari radioto’lqinlar uzatkichi va
qabulqilgichi yordamida tashkil etiladi. Ham ishlatiladigan
chastotalar dipazoni,
ham kanalning uzoq masofaliligi bo’yicha farqlanadigan ko’p sonli har xil
radiokanallar turlari mavjud. Amplitudaviy modulyatsiya (AM — Amplitude
Modulation) diapazonlari deyiladigan qisqa, o’rta va uzun to’lqinlar (QT, O’T va
UT) diapazonlari ularda ishlatiladigan signalni modulyatsiyalash turi bo’yicha
uzoq
masofali aloqani, lekin uncha katta bo’lmagan ma’lumotlarni uzatish
tezligida ta’minlaydi. Kattaroq tezlikli kanallar chastotaviy modulyatsiyali (FM —
Frequency Modulation) ultraqisqa to’lqinlar dipazonidagi va o’ta yuqori
chastotalar (O’YuCh yoki microwaves) dipazonidagi kanallar hisoblanadi.
O’YuCh dipazonida (4 GGs dan yuqori) signallar
Yerning ionosferasidan
qaytmaydi va barqaror aloqa uchun uzatkich va qabullagich orasida to’g’ri
ko’rinish talab qilinadi. Shuning uchun bu shartni bajarilishini ta’minlaydigan
yo’ldoshli kanallar yoki radioreleli kanallar bunday chastotalarni ishlatadi. Barcha
radioaloqa tizimlari ma’lumotlarni radiodiapazon elektromagnit to’lqinlari orqali
uzatadi.
Infraqizil diapazondagi aloqa keng chastotalar diapazoniga ega. Uzatish yon
nurlanishlar to’liq bo’lmaganida tor nur orqali amalga oshiriladi. Uzatkich sifatida
yarim o’tkazgichli nurlantiruvchi diod xizmat qiladi. Qabullagich sifatida yuqori
sezgir fotodiod ishlatiladi.
Infraqizil diapazonda ma’lumotlarni uzatish yuqori
chastotalarni ishlatadi
va ham qisqa masofalarda, ham global ko’lamlarda
qo’llaniladi. Asosiy cheklash uzatkich va qabullagich to’g’ri ko’rinish zonasida
bo’lishi kerakligi hisoblanadi. Odatda infraqizil diapazonda ma’lumotlarni uzatish
fizik tashuvchini ishlatish qiyin yoki mumkin bo’lmaydigan alohida binolarda
42
lokal tarmoqlarni bog’lash uchun, shuningdek to’g’ri ko’rinish
talablarini
bajarilishini ta’minlaydigan yo’ldoshlar va yer usti yo’ldoshli antennalari
yordamida global uzatishda qo’llaniladi (3.5-rasmga qarang). Aloqa tizimlarida
yo’ldoshlar geostatsionar (36 ming km balandlik) yoki pastki orbitalarda bo’lishi
mumkin. Geostatsionar orbitalarda signallarning o’tishini kechikishlari (u yoqqa va
teskari taxminan 520 ms) sezilarli bo’ladi. To’rtta yo’ldoshlar yordamida butun yer
sharini qoplash mumkin. Past orbitali tizimlarda aniq
bir foydalanuvchiga xizmat
ko’rsatish turli yo’ldoshlar orqali navbatma-navbat bo’lib o’tadi. Orbita qanchalik
past bo’lsa, qoplash maydoni shunchalik kichik bo’ladi. Yo’ldoshlar soni ham
sezilarli katta (odatda bir necha o’nlab) bo’ladi. Masalan, Rossiya segmentiga ega
bo’lgan Iridium global yo’ldoshli aloqa 66 ta past orbitali yo’ldoshlarni o’z ichiga
oladi. Chastotalar diapazoni 1610 ... 1626,5 MGs ni tashkil etadi.
5
3.5-rasm. Yo’ldoshli aloqaning sxemasi.