• 3.3.1. Kabelli liniyalar
  • Tarmoqlarda axborotni uzatish muhitlari. Internet tarmog’ida




    Download 11,41 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet20/209
    Sana25.12.2023
    Hajmi11,41 Mb.
    #128215
    1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   209
    Bog'liq
    Internet tarmoqlari va xizmatlari (1)

    3.3. Tarmoqlarda axborotni uzatish muhitlari. Internet tarmog’ida 
    axborotlarni uzatish muhitlari 
     
    Aloqa liniyasi (AL) bu signallar uzatiladigan fizik muhit hisoblanadi. 
    Ma’lumotlarni fizik uzatish muhiti kabel, ya’ni o’tkazgichlar, izolyatsion va 
    himoya qobiqlari va ulash biriktirgichlari to’plami, shuningdek, elektromagnit 
    to’lqinlar tarqaladigan yer atmosferasi yoki kosmik fazo bo’lishi mumkin. Uzatish 
    muhitiga bog’liq ravishda AL quyidagilarga bo’linadi: 

    simli (havo) liniyalar; 

    kabellli (mis yoki optik tolali) liniyalar; 

    yer usti va yo’ldoshli aloqa simli, simsiz radiokanallari; 

    simsiz lazerli, shu jumladan infraqizil aloqa kanallari. 
    Simli (havo) liniyalar tayanchlarga osilgan qandaydir izolyatsiyalovchi yoki 
    ekranlovchi qobiqlarsiz simlar hisoblanadi. Bunday AL bo’yicha telefon yoki 
    telegraf signallarini uzatish uchun, lekin boshqa imkoniyatlar bo’lmaganida bu 
    liniyalar kompyuter ma’lumotlarini ham uzatish uchun ishlatiladi. Tezlik sifatlari 
    va halqitbardoshligi past. Bugungi kunda bunday AL o’rnini kabelli AL asta-sekin 
    surib chiqarmoqda. 
    3.3.1. Kabelli liniyalar 
    Kabelli liniyalar bir necha elektr, elektromagnit, mexanik izolyatsiya 
    qatlamlari bilan o’ralgan simlardan tashkil topgan. 
    O’rama juftlik bu aloqa kabeli turi plastik qobiq bilan qoplangan o’zaro 
    o’ralgan bir yoki bir necha juft izolyatsiyalangan o’tkazgichlar (3.1-rasmga 
    qarang) hisoblanadi. 


    36 
    3.1-rasm. O’rama juftlik kabeli 
    Hozirgi vaqtda o’zining arzonligi va o’rnatishda yengilligi tufayli o’rama 
    juftlik lokal tarmoqlarni qurish uchun eng ko’p tarqalgan yechim hisoblanadi. 
    O’rama juftlik mis simlar juftligi izolyatsion ekranga o’raladigan ekranlashtirilgan 
    va izolyatsion o’ram bo’lmagan ekranlashtirilmagan variantlarda bajarilishi 
    mumkin. Simlarni bir-birlariga o’ralishi kabel bo’yicha uzatiladigan foydali 
    signallarga tashqi halaqitlarning ta’sirini kamaytiradi. 
    Ekranlashtirilmagan o’rama juftlik asosidagi kabellar (Unshielded Twisted 
    Rair — UTP) turli xarakteristikalarli beshta toifalarga bo’linadi: 
    • 1 — analog signallarni uzatish uchun telefon kabeli; 
    • 2 — to’rtta o’rama juftliklardan iborat kabel, tezlik 4 Mbit/s; 
    • 3 — to’rtta o’rama juftliklardan iborat kabel, 10 Mbit/s tezlikli; 
    • 4 — to’rtta o’rama juftliklardan iborat kabel, 16 Mbit/s tezlikli; 
    • 5 — to’rtta o’rama juftliklardan iborat kabel, 100 Mbit/s tezlikli. 
    Barcha UTP kabellari ularning toifasiga bog’liq bo’lmagan holda to’rtta 
    juftlikdagi bajarilishda chiqariladi. Bu juftliklardan har biri o’rashning ma’lum 
    rangiga va qadamiga ega bo’ladi. Odatda ikkita juftlik ma’lumotlarni uzatish 
    uchun, boshqa ikkitasi esa tovushlarni uzatish uchun mo’ljallangan. 
    Ekranlashtirilgan o’rama juftlik asosidagi kabellar (Shielded Twisted Pair — 
    STP) uzatiladigan signallarni tashqi halaqitlarni yaxshi himoya qiladi, shuningdek 
    elektromagnit tebranishlarni kam nurlantiradi, bu o’z navbatida, tarmoqlar 
    foydalanuvchilarini salomatlik uchun zararli bo’lgan nurlanishlardan himoyalaydi. 
    Yerga ulash ekranining bo’lishi kabelni qimmatlashtiradi va uning yotqizilishini 


    37 
    qiyinlashtiradi. Ekranlashtirilgan kabel faqat ma’lumotlarni uzatish uchun 
    qo’llaniladi, tovush u bo’yicha uzatilmaydi. 
    Koaksial kabel bu ichki o’tkazgich radiohalaqitlarni kamaytirish uchun 
    ikkinchi ekranlaydigan o’tkazgich bilan o’ralgan kabel hisoblanadi. Nosimmetrik 
    konstruksiyaga ega va sim va simdan izolyatsiya qatlami bilan ajratilgan qobiqdan 
    iborat (3.2-rasmga qarang).
    4
    3.2-rasm. Koaksial kabelning tuzilishi. 
    1 – markaziy o’tkazgich; 
    2 – izolyator; 
    3 – o’tkazgich-ekran; 
    4 – tashqi izolyator 
    Koaksial kabelning asosiy vazifasi texnikaning turli sohalarida signallarni 
    uzatishdan iborat. 
    Ingichka koaksial kabel bu taxminan 0,5 sm diametrli egiluvchan kabel 
    hisoblanadi. U signalni 185 metr masofagacha uni so’nish keltirib chiqaradigan 
    sezilarli buzilishsiz uzata oladi. To’lqin qarshiligi 50 Omni tashkil etadi. Yo’g’on 
    koaksial kabel bu taxminan 1 sm diametrli nisbatan qattiq kabel hisoblanadi. Bu 
    kabelning mis simi ingichka kabelning mis simidan yo’g’on, demak, qarshiligi 
    kichik bo’ladi. Shuning uchun yo’g’on koaksial kabel ingichka kabelga qaraganda 
    signallarni 500 metrgacha uzoqroqqa uzatadi. 

    Download 11,41 Mb.
    1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   209




    Download 11,41 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tarmoqlarda axborotni uzatish muhitlari. Internet tarmog’ida

    Download 11,41 Mb.
    Pdf ko'rish