KIRISH
15
Iqtisodiyotimiz
va
jamiyatimiz
hayotida
axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarining o‘rni muhimligini hisobga olib, 2013-2020 yillarda
O‘zbekiston
Respublikasining
Milliy
axborot-kommunikatsiya
tizimini
rivojlantirish kompleks dasturi qabul qilindi. Ushbu chora-tadbirlarning amaliyotga
izchil joriy etilishi jamiyatni axborot-kommunikatsiya mahsulotlari va xizmatlari
bilan to‘la ta’minlash, uning imkoniyatlaridan har bir xonadon, fuqaro
foydalanishiga zamin yaratishda ayni muddao bo‘ldi. O‘z navbatida, sohani
mamlakat iqtisodiy taraqqiyotini belgilovchi bosh mezonlardan biriga aylantirish
yo‘lida salmoqli modernizatsiyalash ishlari ro‘yobga chiqarildi. Shu tufayli
mamlakatimiz aholisining har bir xonadoniga internet xizmatlari yetib bormoqda.
Mamlakatimizda internetdan foydalanuvchilar soni yil sayin ko‘payib
bormoqda. Ya’ni yurtimiz aholisining uchdan bir qismi global tarmoq
imkoniyatlaridan bahramand. Internet foydalanuvchilarga keng imkoniyatlar
yaratish maqsadida, Respublikamizda internetning o‘tkazuvchanlik darajasi
kundan kunga oshib bormoqda. Aholi, jumladan, mamlakatimizning olis
hududlarida yashayotgan aholining axborot-kommunikatsiya texnologiyalari
xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini kengaytirish masalasiga alohida e’tibor
qaratilmoqda.
Internet - bu yagona standart asosida faoliyat ko‘rsatuvchi jahon global
kompyuter tarmog‘idir. Uning nomi ikki xil talqin qilinadi, ya’ni “International
Network” – xalqaro tarmoq va “Interconnected networks” «tarmoqlararo» degan
ma’noni anglatadi. U mahalliy (lokal) kompyuter tarmoqlarni birlashtiruvchi
axborot tizimi bo‘lib, o‘zining alohida axborot maydoniga ega bo‘lgan virtual
to‘plamdan tashkil topadi.
Internet tarmog‘i, unga ulangan barcha kompyuterlarning o‘zaro
ma’lumotlar almashish imkoniyatini yaratib beradi. Internet tarmog‘ining har bir
mijozi o‘zining shaxsiy kompyuteri orqali boshqa shahar yoki mamlakatga
axborot uzatishi mumkin. Masalan, Vashingtondagi Kongress kutubxonasi
katalogini ko‘rib chiqish, Nyu-Yorkdagi Metropoliten muzeyining oxirgi
16
ko‘rgazmasiga qo‘yilgan suratlar bilan tanishish, xalqaro anjumanlarda ishtirok
etish, bank muomalalarini amalga oshirishi va hatto boshqa mamlakatlarda
istiqomat qiluvchi Internet tarmog‘i mijozlari bilan shaxmat o‘ynash mumkin.
Internet tarmog‘ining asosiy yacheykalari (qismlari) bu shaxsiy
kompyuterlar va ularni o‘zaro bog‘lovchi lokal tarmoqlardir. Internet tarmog‘i – bu
global tarmoq vakili hisoblanadi.
Internet alohida kompyuterlar o‘rtasida aloqa o‘rnatibgina qolmay, balki
kompyuterlar guruhini o‘zaro birlashtirish imkonini ham beradi. Agar biror bir
mahalliy tarmoq bevosita internetga ulangan bo‘lsa, u holda mazkur tarmoqning
har bir ishchi stansiyasi (kompyuteri) Internet xizmatlaridan foydalanishi mumkin.
Shuningdek, Internet tarmog‘iga mustaqil ravishda ulangan kompyuterlar ham
mavjud bo‘lib, ularni xost kompyuterlar (host – asosiy hisoblash mashinasi) deb
atashadi. Tarmoqqa ulangan har bir kompyuter o‘z manziliga ega va u yordamida
dunyoning istalgan nuqtasidagi istalgan foydalanuvchi bilan muloqot qila olishi
mumkin.
Internet o‘z - o‘zini shakllantiruvchi va boshqaruvchi murakkab tizim bo‘lib,
asosan uchta tarkibiy qismdan tashkil topgan: texnik, dasturiy, axborot.
Internet tarmog‘ining texnik ta’minoti har xil turdagi kompyuterlar, aloqa
kanallari (telefon, sun’iy yo‘ldosh, shisha tolali va boshqa turdagi tarmoq
kanallari) hamda tarmoqning texnik vositalari majmuasidan tashkil topgan.
Internet tarmog‘ining texnik ta’minotlaridan biri modem hisoblanadi.
Modem modulyator-demodulyator so‘zlarining qisqartmasi hisoblanadi.
Ushbu qurilmaning asosiy vazifasi kompyuterdan olingan raqamli signalni
uzatish uchun analog shakliga aylantirish va qabul qilingan signalni analog
shakldan raqamli shaklga qaytarish hamda aloqa kanallari bo‘ylab uzatishdan
iborat. Modem signalni (axborot) telekommunikatsiya kanallari bo‘ylab
uzatishni ta’minlaydi. Modem yordamida internetda oddiy analog telefon
tarmog‘i orqali bog‘lanish mumkin. Bunday modemlarning nazariy jihatdan
eng yuqori foydalanish tezligi 56 Kb/sek. ni tashkil etadi.
17
Modem ichki va tashqi turlarga bo‘linadi va har ikkalasi ham internetga
yoki telekommunikatsiya tarmoqlariga ulanish uchun xizmat qiladi.
Internet tarmog‘ining dasturiy ta’minoti (tarkibiy qismi) tarmoqka ulangan
xilma-xil kompyuterlar va tarmoq vositalarini yagona standart asosida (yagona
tilda) ishlashini ta’minlovchi dasturlar.
Internet tarmog‘ining axborot ta’minoti Internet tarmog‘ida mavjud
bo‘lgan turli elektron hujjatlar, grafik rasm, audio yozuv, video tasvir, veb-sayt
va hokazo ko‘rinishdagi axborotlar majmuasidan tashkil topgan.
Internetning ikkita asosiy vazifasi bo‘lib, buning birinchisi axborot makoni
bo‘lsa, ikkinchisi esa kommunikatsion vositasidir.
Internet tarog‘ining vazifasi internet tarmog‘i abonetlariga veb-hujjatlarni
o‘qish, elektron pochta, fayl uzatish va qabul qilish, muloqotda bo‘lish, tarmoqda
hujjatlarni saqlash hamda ular bilan ishlash xizmatini ko‘rsatish. Internet
tarmog‘idan axborotlarni almashish, masofaviy ta’lim olish, konferensiyalar
o‘tkazish, veb-saytlarni tashkil etish, elektron pochtani joriy qilish, muloqot
o‘rnatish va shu kabi maqsadlarida foydalaniladi.
Ushbu darslikda internet tarmog‘ining tuzilishi, komponentlari,
foydalanuvchilarning internet tarmog‘iga ulanish usullari, ularning texnik
tavsiflari, internet tarmog‘i texnologiyalari, internet tarmog‘ida ma’lumotlarni
uzatish tamoyillari, internet tarmog‘ida OSI modeli, tarmoq protokollari va
internet xizmatlarining tashkil etilishi atroflicha yoritilgan.
|