-BO’LIM  INTERNET TARMOQLARINING RIVOJLANISH EVOLYUTSIYASI




Download 11,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/209
Sana25.12.2023
Hajmi11,41 Mb.
#128215
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   209
Bog'liq
Internet tarmoqlari va xizmatlari (1)
Oʻzbekistonning yengil sanoati tarmoqlari geografiyasi, portal.guldu.uz-СТРАТЕГИК МЕНЕЖМЕНТ, Shaxs togrisida malumot olish usullari L-malumot, Q-malumot, T-malumot., Маркшейдер Самос-Раб, 3 лаб, РЕҢЛИ МЕТАЛЛАР ИСЛЕП ШЫҒАРЫЎ, Additiv va multiplikativ ekonometrik modellarni tuzish, Korparativ Moliya fanidan Yakuniy nazorat savollari-3, 6-mavzu amaliy, AMALIY ISH 5 Jahongir Jo`raqulov, VB-SB-EBC-LanguageTeaching, 6 S, 5. Access dasturida ma’lumotlar bazasini yaratish. Ishning m-fayllar.org, issiqlik elektr stansiyasi
1-BO’LIM 
INTERNET TARMOQLARINING RIVOJLANISH EVOLYUTSIYASI. 
ASOSIY TUSHUNCHA VA ATAMALAR. INTERNET TARMOG’I VA 
UNING TUZILISHI. STANDARTLARI 
 
1-BOB. INTERNET TARMOG‘INING RIVOJLANISH TARIXI. 
ASOSIY TUSHUNCHALAR VA ATAMALAR 
 
1.1. Internet tarmog‘ining yuzaga kelish tarixi 
Internet tarmog‘i XX asrning 60-70 yillarida atom yordamida urush holatida 
ham ishlaydigan kommunikatsiya tarmog‘ini tashkil qilishga qaratilgan mudofaa 
loyihasidan kelib chiqqan. Ishlab chiqaruvchilar fikricha, tarmoqning eng muhim 
sifati – bu hujum ob’yekti bo‘lishi mumkin bo‘lgan yagona boshqaruv markaziga 
ega emasligidir. Dastavval iyerarxik tuzilmaga ega bo‘lgan tarmoq yaratilgan, unda 
bir hisoblash mashinasi ixtiyoriy boshqa hisoblash mashinasidan ustun emas va 
hech qaysi kompyuter tarmoqni ishlashi uchun o‘ta muhim ahamiyat kasb etmaydi. 
Keyinchalik Internet tadqiqot, tijorat, vaqtichog‘lik maqsadlarida qo’llaniluvchi 
vositalarning amaliy natijalarini o’zida aks ettirdi. 
1961 yili AQSH Mudofaa vazirligining istiqbolli tadqiqotlar loyihalari 
boshqarmasi 
(
Defence Advanced Research Agensy – DARPA) AQSH mudofaa 
vazirligi topshirig‘iga asosan paketlarni uzatish uchun mo‘ljallangan tajribaviy 
tarmoq yaratish loyihasiga qo‘l urdi. Bu tarmoq ARPANET (The Advanced 
Research Projects Agency Network) deb atalib, turli kompyuterlar orasida barqaror 
aloqani ta’minlash usullarini tadqiq etish uchun mo‘ljallangan edi. 1972 yilda 
ARPANET tarmog‘ini birinchi namoyishi bo‘lib o‘tdi, unda R.Tompson elektron 
pochtani kashf etdi. Shu vaqtda tarmoqda ma’lumot uzatish protokoli – TCP/IP 
yaratilgan edi. TCP/IP – bu turli kompyuterlar o’rtasida o‘zaro aloqani qanday 


19 
bog‘lanishini aniqlab beradigan ko‘p sonli kommunikatsiya protokollari 
yig‘indisidir. 
1973 yilda R. Kan va V. Serf Internet tarmog‘i tuzilmasi g‘oyasini ilgari 
surishadi va birinchi marta tarmoqqa AQSH tashqarisidan bog‘lanish amalga 
oshiriladi. ARPANET tajribasi shu qadar muvaffaqiyatli ediki, juda ko‘p 
tashkilotlar kundalik axborot almashinuvi maqsadida bu tarmoqqa ulanishni 
xohlashdi. 
1975 yili ARPANET tajribaviy tarmoqdan ishchi tarmoqqa aylandi. 
Tarmoqni boshqarish ma’suliyatini AQSH Mudofaa vazirligi Aloqa boshqarmasi 
(Defence Communication Agency – DCA, hozirda Defence Information Systems 
Agency – DISA) deb nomlanuvchi tashkilot oldi. Lekin ARPANET rivojlanishi 
shu bilan to‘xtab qolmadi: TCP/IP protokollari rivojlanishda davom etdi. 1977 
yilda birinchi 100 ta tadqiqotchilarga elektron pochta xizmati taqdim etildi. 
1
1983 yilda Harbiy standartlar (Military Standarts – MILSTD), ya’ni harbiy 
standartlar tarkibiga kirgan TCP/IP protokollari uchun birinchi standart ishlab 
chiqildi va shundan keyin hamma tarmoq foydalanuvchilari ushbu yangi 
protokollarga o‘tishga majbur bo‘lishdi. Ushbu yil Internet tarmog‘ining tug‘ilgan 
yili deb hisoblanadi. DARPA ushbu protokollarga o‘tishni yengillashtirish 
maqsadida Berkley Software Design firmasi rahbariyatiga TCP/IP protokollarini 
Berkeley (BSD) UNIX da tadbiq etish taklifi bilan murojaat qildi. Shundan so’ng 
UNIX va TCP/IP ittifoqi boshlandi. Bir qancha vaqtdan so‘ng TCP/IP hammaga 
tushunarli oddiy standartga moslashtirildi va Internet atamasi keng qo‘llana 
boshlandi. 
1983 yili ARPANET dan AQSH Mudofaa vazirligining mudofaa 
ma’lumotlar tarmog’i (Defence Data Network – DDN) ga taalluqli bo‘lgan 
MILNET ajralib chiqdi. Internet atamasi aynan MILNET va ARPANET ning 
birlashtirgan yagona tarmog’i uchun qo‘llanila boshlandi. 
1
Semenov Yu.A. Protokol Internet. M.: Goryachaya liniya-Telekom,2001.- 1100 s 


20 
1984 yilda Internetga 1000 ta hisoblash mashinasi, 1989 yilda – 100000 ta, 
1992 ilda esa 1000000 ta hisoblash mashinasi ulandi. 
1992 yilda Tim Bernes-Li WWW “Butun dunyo o‘rgimchak to‘ri” ni kashf 
qildi: Internet ISOS jamiyati shakllana boshlandi. Internet tarixida World Wide 
Web (WWW) yaratilishi muhim ahamiyat kasb etdi. Yevropa yadroviy tadqiqotlar 
tashkiloti (SERN, Jeneva) fizigi tomonidan hamma fiziklar va boshqa olimlar 
tomonidan Internet tarmog‘ida taqsimlangan axborotdan oson usulda foydalanish 
g‘oyasi ilgari surildi. O‘sha vaqtda mavjud bo‘lgan Internet vositalari 
foydalanuvchilardan tarmoq haqida katta bilimga ega bo‘lishni talab etardi, 
shuning uchun axborotni uzatish va taqdim etishning yangi usuli ishlab chiqildi. 
SERN tomonidan WWW xususiyatlari nashr etilgandan so‘ng foydalanuvchilar 
WWW mijozlari va serverlari uchun dasturiy ta’minot yozishni boshlashdi, bu esa 
o‘z navbatida “Butun dunyo o‘rgimchak to‘ri”ni hozirgi ko‘rinishiga olib keldi. 
Internet tarmog‘i tarixida uchinchi muhim voqea bu Milliy kompyuter 
ilovalari markazi (NCSA – National Center for Supercomputing Applications) 
dasturchilar guruhi tomonidan birinchi MOSAIC brauzer-dasturini ishlab chiqilishi 
bo‘ldi. Bu esa Internet tarmog‘idan barcha istaganlar foydalanishi imkonini berdi. 
MOSAIC brauzeri foydalanuvchilarga “sichqoncha” tugmasidan osongina 
foydalangan holda axborotlarni qabul qilish va taqdim etish imkonini berdi. 
Dasturlarni o‘zaro almashtirish va fayllarga o‘zgartirish haqida o‘ylash zaruriyati 
qolmadi. Brauzer dasturi hujjatlar, grafikalar, rasmlar va ovozlarni avtomatik 
tarzda qayta ishlab, WWW da oson ishlashni ta’minlaydi. Asosan qiyin topiladigan 
resursli matn ko‘rinishidagi tarmoqdan rang-barang va turli axborotni oson olish 
manbasiga aylandi – oddiy matndan videotasvirgacha o‘zgardi. 
1991 yili ARPANET o‘z faoliyatini tugatdi: Internet tarmog‘i dastlab u 
yaratilgan davrdagi hajmidan ancha oshdi, endi Internet butun dunyo tarmoqlarini 
birlashtirgan yagona axborot makoniga aylanib bordi. ARPANET tarmog‘i 
boshlang‘ich davrida atigi 4 ta katta EHM dan tashkil topgan bo’lsa, 1995 yilga 
kelib 4,5 million faol kompyuterlarni birlashtirdi. Foydalanuvchilarning asosiy 


21 
o‘sish sur’ati kommunikatsiya infratuzilmasi rivojlanayotgan va kompyuterlar 
imkoniyatlari kengayotgan paytga – XX asrning 90-yillariga to‘g‘ri keladi. 
ARPANET/Internet tarmog‘ining 25 yilligida tarmoq marketing, savdo-sotiq, bank 
operatsiyalari, radioeshittirish va “jonli” konsertlar uchun qo‘llanila boshlandi. 
1995 yili Compuserve, Progidy, America Online portallari Internet 
tarmog‘iga keng masshtabdagi ulanish imkoniyatini (kirish huquqini) taqdim 
etishni boshlashdi. Shu vaqtda Netscape Navigator brauzer dasturi yaratildi va 
keng miqyosda qo‘llanila boshlandi. 
1990 yillar o‘rtalarigacha Internet tarmog‘idan nisbatan tor doiradagi 
akademik uyushmalar foydalana olar edi. Hozirgi vaqtda esa Internetga ulangan 
o‘nlab million kompyuterlarda ulkan hajmdagi axborot saqlanadi (100 millionlab 
fayllar, hujjatlar va boshq.) va yuz millionlab odamlar global tarmoqning axborot 
xizmatlaridan foydalanmoqdalar. Internetning asosini tarmoqqa doimiy ulangan 
yuz milliondan ortiq serverlar tashkil etadi. Internet serverlariga lokal tarmoqlar 
yoki telefon liniyalari orqali yuz millionlab foydalanuvchilar ulana olishadi. Har 
bir lokal yoki korporativ tarmoqda odatda yuqori o‘tkazish qobilitiga ega liniyalar 
orqali Internet tarmog‘iga doimiy ulangan (Internet serveri) kamida bitta 
kompyuter mavjud bo‘ladi. 

Download 11,41 Mb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   209




Download 11,41 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-BO’LIM  INTERNET TARMOQLARINING RIVOJLANISH EVOLYUTSIYASI

Download 11,41 Mb.
Pdf ko'rish