253
Mobil IP ning standartidagi kabi, GSM texnologiyasida bilvosita
marshrutizatsiya orqali yondashuv qo’llanadi (6.5.2-bo’limga qarang), bunda
korrespondentni chaqirish avvaliga mobil abonentning uy tarmog’iga, keyin esa u
yerdan – tashrif buyurgan tarmoqqa yuboriladi. GSM texnologiyasining
terminologik apparatida mobil foydalanuvchining uy tarmog’ini
umumiy
foydalanish uy mobil tarmog’i
deb atash qabul qilingan (boshqacha aytganda,
PLMN uy tarmog’i
). «PLMN» qisqartmasini talaffuz qilish ancha qiyin bo’lgani
uchun, va biz turli qisqartmalar va akronimlarning aralashmasiga yo’l qo’ymaslik
vazifamizni unutmagan holda, biz ushbu matnda PLMN uy tarmog’ini oddiygina
uy tarmog’i
deb ataymiz. Uy tarmog’i – bu abonentning xizmat ko’rsatish
shartnomasi tuzilgan uyali aloqa operatoridir (ya’ni, abonentga har oyda uyali
aloqa xizmatlari uchun haq to’lash yuzasidan hisob taqdim etadigan operatordir).
Tashrif buyurgan PLMN tarmog’i, biz uni oddiygina