Kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti




Download 11,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet112/213
Sana16.05.2024
Hajmi11,41 Mb.
#238365
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   213
Bog'liq
Internet tarmoqlari va xizmatlari

tashrif buyurgan tarmog’i
deb ataymiz – bu abonent hozirgi vaqt mobaynida mavjud bo’lgan tarmoqdir.
Mobil IR texnologiyasi holatidagi kabi, uy tarmog’i va tashrif buyurgan 
tarmoqning javobgarlik sohalari ancha darajada farqlanadi.

Uy tarmog’i 
o’z abonentlarining registri
deb ataladigan axborot bazasiga 
ega (Home location register, 
HLR
), uning tarkibida uyali telefonning 
doimiy raqami va abonentlarning har biri haqidagi axborotni o’z ichiga 
oladi. Registrda abonentlarning joylashuvi haqidagi axborotning mavjudligi 
ham juda muhimdir. Shunday qilib, agar abonentlarning birortasi boshqa 
operatorning tarmog’ida roumingda bo’lsa, registrning tarkibida tashrif 
buyurgan tarmoqning manzilini olish uchun axborotning yetarli miqdori 
bo’ladi (biz bu jarayonni ham keyinchalik ta’riflaymiz), ushbu manzilga 
mobil abonentga kiruvchi chaqiruvni marshrutlashtirish amalga oshirilishi 
lozim bo’ladi. Biz keyinchalik ko’ramizki, mobil abonentga chaqiruv 
bo’lganda korrespondent 
mobil aloqaning shlyuzli kommutatsiya markazi
(Gateway Mobile services Switching Center, 
GSMC
) deb ataladigan 
maxsus kommutator bilan bog’lanadi. Qisqartmalarni adashtirmaslik 


254 
maqsadida, biz yana GSMC ni soddaroq ta’rif bilan ataymiz: 
uy MAKM
markazi. 

Tashrif buyurgan tarmoqda 
roumingli abonentlarning registri
(visitor 
location register, 
VLR
) deb ataladigan axborot bazasi mavjud bo’ladi. Bu 
registrda hozirgi vaqt mobaynida VLR tomonidan xizmat ko’rsatiladigan 
tarmoqning uchastkalaridan birida mavjud bo’lgan har bir abonent haqidagi 
yozuvni o’z ichiga oladi. Shunday qilib, rouming abonentlar registrining 
yozuvlari bunday abonentlar tarmoqqa ulanishi va undan o’chirib chiqib 
ketishi sari paydo bo’ladi va yo’qoladi. Odatda rouming abonentlarining 
registri tashrif buyurgan tarmoq orqali kiruvchi va chiquvchi chaqiruvni 
o’rnatishni boshqaradigan mobil aloqaning kommutatsiya markazi (MAKM) 
bilan birga qo’llanadi.
Aslida, uyali aloqa operatorining tarmog’i ayni paytda xizmat ko’rsatish 
haqida shartnoma tuzilgan abonentlar uchun uy tarmog’i, va boshqa uyali aloqa 
operatorlarining abonentlari uchun tashrif buyurgan tarmoq deb hisoblanadi.

Download 11,41 Mb.
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   213




Download 11,41 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti

Download 11,41 Mb.
Pdf ko'rish