Kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti




Download 11,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet108/213
Sana16.05.2024
Hajmi11,41 Mb.
#238365
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   213
Bog'liq
Internet tarmoqlari va xizmatlari

uy tarmog’i 
deb ataladi, uy tarmog’i tarkibiga kiruvchi va mobillikni 
boshqarish bo’yicha vazifalarni bajaruvchi, mobil qurilma 
uy agenti
deb ataladi. 
Mobil uzel xozirgi vaqt momentida joylashgan tarmoq, 
begona
(yoki 
qatnashuvchi

tarmoq
nomi bilan ataladi, mobillikni boshqarish masalalari 
bo’yicha mobil uzelga yordam beruvchi, begona tarmoq qurilma-elementi, 
begona 
tarmoq agenti
deb ataladi. Mobil mutaxassislar uchun uy tarmog’i ular 
ishlaydigan kompaniya tarmog’i bo’lishi mumkin, u xolda hamkasb ish joyidagi 
tarmoq – qatnashuvchi tarmoq bo’lishi mumkin.
 Korrespondent -
mobil uzel bilan 
aloqa o’rnatishni xoxlovchi qurilmadir. Yuqorida sanab o’tilgan konsepsiyalar, 
quyida muxokama qilinadigan manzilllash tushunchalari bilan birga 6.22-rasmda 
aks ettirilgan. E’tibor qiling, 6.22-rasmda agentlar marshrutizatorlar (chunki 
jarayonlar marshrutizatorlarda qayta ishlanadi) bilan birga tasvirlangan, lekin 
alternativa sifatida, jarayonlar shuningdek tarmoqda mavjud boshqa xostlar yoki 
serverlarda bajarilishi mumkin. 
 
19.1. Manzillash 


245 
 
Yuqorida aytilganidan ma’lumki, tarmoq ilovalari uchun mobillik oydin 
bo’lishi uchun, mobil uzel joyini bir tarmoqdan boshqasiga o’zgartirganida o’z 
manzilini saqlab qolish ma’quldir. Mobil uzel begona tarmoqqa joylashganida, 
uzelning doimiy manziliga yuborilayotgan barcha ma’lumotlar oqimi unga 
marshutlanishi lozim. Bu qanday amalga oshiriladi? Birinchi variant – bunda 
begona tarmoq qolgan barcha boshqa tarmoqlarga, unga mazkur uzel ulanganligi 
xaqida xabar berishi lozim. Buni ichki domen va domenlararo marshrutli axborotni 
oddiy yo’l bilan almashtirish orqali amalga oshirish mumkin, bu marshrutlashning 
mavjud infratuzilmasida katta o’zgarishlarni talab qilmaydi. Begona tarmoq 
qo’shni tarmoqlarni unda mobil uzelning doimiy manziliga yuqori spesifik 
marshrut mavjudligi xaqida shunchaki xabar beradi (bu mohiyati bo’yicha, boshqa 
tarmoqlarni mobil uzelining doimiy manziliga deytagrammalarni marshrutlash 
uchun korrekt yo’l mavjudligi xaqida xabar berishdir). Bundan keyin qo’shni 
tarmoqlar bu marshrut axborotini qayta manzillash va marshrut axborotini 
yangilash odatiy protseduralarining qismi sifatida tarqatadi. Mobil uzel bitta 
begona tarmoqni tark etsa va boshqasiga ulansa, bu yangi begona tarmoq mobil 
uzelga yangi yuqori spesifik marshrutni tarqatadi, eski begona tarmoq esa mazkur 
uzelga tegishli marshrut axborotini chiqarib tashlaydi. 
Bunday yondashuv birdaniga ikkita muammoni yechish imkonini beradi
bunda tarmoq darajasidagi infratuzilmaga sezilarli o’zgartirishlar kiritish bo’yicha 
qanday bo’lmasin zaruriyat yo’q. Boshqa tarmoqlar mobil uzelning joylashgan 
joyini biladi va, qayta yo’naltirish jadvallari deytagrammalarni begona tarmoqqa 
yuborishi hisobiga deytagrammalarning mobil uzelga yo’naltirilishi sezilarli 
darajada osonlashadi. Lekin bunday yondashuvning sezilarli darajadagi kamchiligi 
bo’lib, cheklangan masshtablashtirish hisoblanadi. Agarda mobillikni boshqarish 
tarmoq mashrutizatorlari zimmasida bo’lganida edi, ularga millionlab mobil uzellar 
to’g’risidagi yozuvlarni o’z ichiga olgan qayta yo’naltirish jadvallariga ishlov 
berishga va uzellar ko’chganida ushbu yozuvlarni yangilashga to’g’ri kelardi. 


246 
Mazkur yondashuvning boshqa bir nechta kamchiliklari kitobdagi ushbu bobga 
mo’ljallangan misollar orasidagi masalalarda o’rganiladi. 
Muqobil (amaliyotda qo’llaniladigan yondashuv) tarmoq yadrosidan 
mobillik ishlovini periferiyaga chiqarishda bo’lib, bu Internet arxitekturasini 
o’rganishimizdagi uzviy mavzudir. Buni mobil uzelning uy tarmog’i orqali amalga 
oshirish to’laligicha tabiiy bo’lardi. Ota-onalar o’zining yigirma yoshli bolasining 
manzilini kuzatgani kabi, mobil uzelning uy tarmog’idagi uy agenti, mobil uzel 
qanday begona tarmoqqa ulanayotganligini kuzatish bilan shug’ullanishi mumkin. 
Mobil uzelning manzilini yangilash uchun mobil uzel (yoki mobil uzelning 
manfaatlarini ko’zlovchi begona tarmoq agenti) va uy agentining o’ziga xos o’zaro 
harakat protokoli kerak bo’ladi. 
Kelinglar hozir begona tarmoq agentini yanada batafsilroq muhokama 
qilamiz. 6.22-rasmda tasvirlangan konseptual jihatdan eng sodda yondashuv 
begona tarmoqning chegarachi yo’naltiruvchilarida tarmoq agentlarini 
joylashtirishdir. Begona tarmoq agentining vazifalaridan bittasi bo’lib, mobil uzel 
uchun "

Download 11,41 Mb.
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   213




Download 11,41 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti

Download 11,41 Mb.
Pdf ko'rish