Kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti




Download 11,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet109/213
Sana16.05.2024
Hajmi11,41 Mb.
#238365
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   213
Bog'liq
Internet tarmoqlari va xizmatlari

uzatish uchun manzil
" (Care-of-address, COA) ni yaratishdir. Shunday 
qilib, bitta mobil uzel birdaniga ikkita manzil bilan bog’lanadi: 
doimiy manzil
(bizning misolimizdagi mobil yosh yigitning ota-onasi uyining manziliga 
o’xshash) va ba’zan "
begona tarmoqdagi manzil
" (bizning mobil yosh yigit 
vaqtincha yashayotgan uy manziliga o’xshash) deb ataluvchi uzatish uchun manzil. 
6.22-rasmdagi misolda mobil uzelning doimiy manzili 128.119.40.186. 
79.126.12/24 tarmog’iga tashrif vaqtida mobil uzelga 79.126.13.2 uzatish 
uchun manzil biriktiriladi. Begona tarmoq agentining ikkinchi vazifasi ushbu 
mobil uzel uning (begona tarmoq agentining) tarmog’ida joylashganligi va unga 
uzatish uchun manzil biriktirilganligi to’g’risida uy agentini xabardor qilishdir. Tez 
orada ko’ramizki, uzatish uchun manzil begona tarmoq agenti orqali mobil uzelga 
deytagrammalarni qayta yo’naltirish uchun qo’llaniladi. 
Mobil uzel va begona tarmoq agentining funksionalligini ajratganimizga 
qaramasdan, begona tarmoq agentining mas’uliyatini o’z zimmasiga olish, mobil 


247 
uzel uchun hech qanday qiyinchilik tug’dirmaydi. Masalan, begona tarmoqda 
ro’yxatdan o’tishda mobil uzel uzatish uchun manzilni mustaqil ravishda olishi 
mumkin (masalan, DHCP kabi protokol yordamida) va mustaqil ravishda olingan 
uzatish uchun manzil to’g’risida uy agentini xabardor qilishi mumkin. 
 
19.2-rasm
.Mobil tarmoq arxitekturasining birlamchi elementlari 
 
19.2. Mobil tugunda marshrutlash 
 
Hozirgi vaqtgacha biz mobil uzel tomonidan uzatish uchun manzil (SOA) 
olish mexanizmlarini, shuningdek, mobil uzel tomonidan olingan manzil haqida uy 
agentini xabardor qilish yo’llarini o’rgandik. Lekin, uzatish uchun manzil 
to’g’risida uy agentini xabardor qilish, muammoning faqatgina bir qismini yechib 


248 
beradi. Qanday qilib deytagrammalarni ushbu mobil uzeliga manzillashtirish va 
qayta jo’natishni amalga oshirish kerak? Faqat uy agenti (lekin tarmoqqa ulangan 
yo’naltiruvchilar emas) mobil uzelining joylashuvini bilganligi sababli, tarmoq 
darajasi infratuzilmasiga keyingi jo’natish bilan deytagrammani mobil uzelining 
doimiy manzili bo’yicha manzillashtirishning turib qolishi yetarli bo’lmaydi. Yana 
nimadir qilish lozim. Ushbu muammoni hal qilish uchun biz to’g’ridan-to’g’ri va 
to’g’ridan-to’g’ri bo’lmagan marshrutlash deb ataydigan ikkita yondashuvni 
alohida ko’rsatish mumkin. 
Keling avval deytagrammani mobil uzelga jo’natishni istayotgan 
korrespondent haqida gaplashamiz. To’g’ri bo’lmagan marshrutlashni qo’llaganda 
korrespondent bor-yo’g’i deytagrammani mobil uzelining doimiy manziliga 
jo’natadi, bunda u mobil uzel uy tarmog’idami yoki begona tarmoqqa tashrif 
buyuradimi, buni bilmaydi. Mobillik korrespondent uchun mutlaqo ko’rinmas 
(shaffof) bo’lib qolaveradi. Bu holatda deytagrammalar, odatda, oldin mobil 
uzelining uy tarmog’iga yo’naltiriladi (6.23-rasmdagi 1-qadamga qarang).
Keling endi diqqatimizni uy agentiga qaratamiz. Mobil uzellarning uzatish 
uchun manzillarini kuzatish imkonini beruvchi begona tarmoq agenti bilan o’zaro 
harakat uchun mas’uliyatdan tashqari, uy agentining yana bir muhim funksiyasi 
mavjud. Uning ikkinchi ishi shundaki, uy agenti "ziyrak" bo’lishi va joriy vaqt 
mobaynida boshqa tarmoqlarda joylashgan uy tarmog’i elementlari - mobil 
uzellarga yo’naltirilgan deytagrammalarni ushlab qolishi lozim. 
Uy agenti bu deytagrammalarni qabul qilib oladi, keyin esa ularni begona 
tarmoq agentiga ikkita bosqichda jo’natadi. Oldin deytagramma begona tarmoq 
agentiga mobil uzelni uzatish uchun manzili (SOA) yordamida yuboriladi (6.23-
rasmdagi 2-qadam), keyin esa begona tarmoq agenti tomonidan mobil uzelga qayta 
yo’naltiriladi (6.23-rasmdagi 3-qadam). 
Bunday qayta marshrutlashni yanada batafsilroq ko’rib chiqish foydadan 
xoli bo’lmaydi. Uy agenti mobil uzel tomonidan olingan uzatish uchun manzil 
yordamida deytagrammani jo’natishi kerak bo’ladi, shunday qilib, tarmoq 


249 
darajasidagi uskuna deytagrammani begona tarmoqqa qayta yo’naltiradi. Boshqa 
tomondan, yo’naltirilayotgan deytagramma o’zgarmasdan qolishi maqsadga 
muvofiq, sababi uning uy agenti tomonidan qayta yo’naltirilganligini oluvchi-
dastur bilishi shart emas. Ikkala maqsadga ham, korrespondent tomonidan 
jo’natilayotgan boshlang’ich deytagramma uy agenti tomonidan to’liq 

Download 11,41 Mb.
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   213




Download 11,41 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti

Download 11,41 Mb.
Pdf ko'rish