36
3.1-rasm. O’rama juftlik kabeli
Hozirgi vaqtda o’zining arzonligi va o’rnatishda yengilligi tufayli o’rama
juftlik lokal tarmoqlarni qurish uchun eng ko’p tarqalgan yechim hisoblanadi.
O’rama juftlik mis simlar juftligi izolyatsion ekranga o’raladigan ekranlashtirilgan
va izolyatsion o’ram bo’lmagan ekranlashtirilmagan variantlarda bajarilishi
mumkin. Simlarni bir-birlariga o’ralishi kabel bo’yicha
uzatiladigan foydali
signallarga tashqi halaqitlarning ta’sirini kamaytiradi.
Ekranlashtirilmagan o’rama juftlik asosidagi kabellar (Unshielded Twisted
Rair — UTP) turli xarakteristikalarli beshta toifalarga bo’linadi:
•
1 — analog signallarni uzatish uchun telefon kabeli;
•
2 — to’rtta o’rama juftliklardan iborat kabel, tezlik 4 Mbit/s;
•
3 — to’rtta o’rama juftliklardan iborat kabel, 10 Mbit/s tezlikli;
•
4 — to’rtta o’rama juftliklardan iborat kabel, 16 Mbit/s tezlikli;
•
5 — to’rtta o’rama juftliklardan iborat kabel, 100 Mbit/s tezlikli.
Barcha UTP kabellari ularning toifasiga bog’liq bo’lmagan holda to’rtta
juftlikdagi bajarilishda chiqariladi. Bu juftliklardan har biri o’rashning ma’lum
rangiga va qadamiga ega bo’ladi. Odatda ikkita juftlik ma’lumotlarni uzatish
uchun, boshqa ikkitasi esa tovushlarni uzatish uchun mo’ljallangan.
Ekranlashtirilgan o’rama juftlik asosidagi kabellar (Shielded Twisted Pair —
STP) uzatiladigan signallarni tashqi halaqitlarni yaxshi himoya qiladi, shuningdek
elektromagnit tebranishlarni
kam nurlantiradi, bu o’z navbatida, tarmoqlar
foydalanuvchilarini salomatlik uchun zararli bo’lgan nurlanishlardan himoyalaydi.
Yerga ulash ekranining bo’lishi kabelni qimmatlashtiradi
va uning yotqizilishini
37
qiyinlashtiradi. Ekranlashtirilgan kabel faqat ma’lumotlarni uzatish uchun
qo’llaniladi, tovush u bo’yicha uzatilmaydi.
Koaksial kabel bu ichki o’tkazgich radiohalaqitlarni kamaytirish uchun
ikkinchi ekranlaydigan o’tkazgich bilan o’ralgan kabel hisoblanadi.
Nosimmetrik
konstruksiyaga ega va sim va simdan izolyatsiya qatlami bilan ajratilgan qobiqdan
iborat (3.2-rasmga qarang).
4
3.2-rasm. Koaksial kabelning tuzilishi.
1 – markaziy o’tkazgich;
2 – izolyator;
3 – o’tkazgich-ekran;
4 – tashqi izolyator
Koaksial kabelning asosiy vazifasi texnikaning turli sohalarida signallarni
uzatishdan iborat.
Ingichka koaksial kabel bu taxminan 0,5 sm diametrli egiluvchan kabel
hisoblanadi. U signalni 185 metr masofagacha uni so’nish
keltirib chiqaradigan
sezilarli buzilishsiz uzata oladi. To’lqin qarshiligi 50 Omni tashkil etadi. Yo’g’on
koaksial kabel bu taxminan 1 sm diametrli nisbatan qattiq kabel hisoblanadi. Bu
kabelning mis simi ingichka kabelning mis simidan yo’g’on, demak, qarshiligi
kichik bo’ladi. Shuning uchun yo’g’on koaksial kabel ingichka kabelga qaraganda
signallarni 500 metrgacha uzoqroqqa uzatadi.