Simsiz lokal tarmoqlar - Wi-Fi va Bluetooth texnologiyalari




Download 12,23 Mb.
bet14/46
Sana28.11.2023
Hajmi12,23 Mb.
#107165
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   46
Bog'liq
Kompyuter-tarmoqlari.Z.Z.MiryusupovJ.X.Djumanov.
1-мавзу, badiiy o\'xshatishlar, 1, Хат, Aloqa kabel turlari va foydalanish, DHCP, Madinaxonga, 3DS MAX dasturida animatsiya qurish imkoniyatlari, akt matn, Bititruv ishi, Документ Microsoft Word, Akt sohasida ilmiy maqola 2, akt soxasida yangilik 1, Akt sohasida slayd 3

Simsiz lokal tarmoqlar - Wi-Fi va Bluetooth texnologiyalari




Wi-Fi texnologiyasi. Hozirgi paytga kelib simsiz lokal tarmoqlar, simli lokal tarmoqlarga qo‘shimcha lokal tarmoqlar sifatida qaralmoqda. Boshqacha qilib aytganda simsiz lokal tarmoqlar simli, ya‟ni kabelli lokal tarmoqlar bilan raqobatlashuvchi tarmoqlar emas.
Simsiz lokal tarmoqlarning ko„pgina afzal tomonlarini yaqqol ko„rish mumkin. Ularni o„rnatish va modifikatsiyalash, ya‟ni yangilab turish juda ham oson, bunda katta-katta hajmli kabellarga va ularni ulash uchun zarur bo„lgan qurilmalarga extiyoj bo„lmaydi. Simsiz tarmoqlarning yana bir afzalligi, unda foydalanuvchilarning ko„chib yurish imkoniyatining (rus tilida - мобильность) borligidir.
Ammo simsiz lokal tarmoqlarda qo„llaniladigan axborot uzatish muhiti, ya‟ni simsiz muhit holatining turg„un emasligi, va u ishlashi davomida o„zini qanday tutishi noma‟lum ekanligi kabi muommolarga ega.
Wi-Fi texnologiyasining - ya‟ni IEEE 802.11 standartining protokollari steki ham 802 komitet standartlarining umumiy tuzilishiga mos keladi, ya‟ni u ham – fizik sath, MAC sathi, hamda ulardan yuqorroqda joylashgan LLC sathlaridan iborat. IEEE 802.11 protokollari stekining tuzilishi 3.10-rasmda keltirilgan.
Fizik sathda spetsifikatsiyalarning bir necha variantlari mavjud. Ular - foydalanadigan chastotalar diapazoni, kodlash usullari, hamda ma‟lumotlarni uzatish tezliklari bilan bir-biridan farqlanadilar. Bu
standartning, ya‟ni WiFi ning - hozirda ko„p foydalanilayotgan quyidagi spetsifikatsiyalari mavjud:

    1. 802.11a spetsifikatsiyasi – unda chastotaning nisbatan yuqori diapazoni 5 GGs qo„llanilishi hisobiga ma‟lumotlar uzatish tezligi oshirilgan. Bu spetsifikatsiyada ma‟lumotlarni uzatishda - chastotali multiplekslashning ortogonal usuli, OFDM-dan (Orthogonal Frequency Division Multiplexing) foydalanilgan.

2.802.11b spetsifikatsiyasida esa, 2,4 GGs diapazonidan foydalanilgan. Ma‟lumotlarni uzatish tezligi 11 Mbit/s-ga etkazilgan. Bu komplementar kodlardan foydalangan holda kodlash texnikasi CCK-dan (Complementary Code Keying) foydalanuvchi DSSS (Direct Sequence Spread Spectrum) to‘g‘ri ketma-ketlik asosida spektrni kengaytirish usulini qo„llash hisobiga amalga oshirilgan.

3.10-rasm. IEEE 802.11 standarti protokollari steki.


3. 802.11g spetsifikatsiyasida 2,4 GGs diapazonda ishlovchi OFDM usulini qo„llanilishi hisobiga 54 Mbit/s tezlikka erishilgan.


MAC sathi simsiz lokal tarmoqlarda, simli lokal tarmoqlardagiga nisbatan ko„proq vazifalarni bajaradi. Bu vazifalar tarkibiga quyidagilar kiradi:

  1. Birgalikda foydalaniladigan muhitga ulanish.

  2. Bir nechta bazaviy (asosiy) stansiyalar mavjud bo„lganda, foydalanuvchilarni ko„chib yura olishini ta‟minlash.

  3. Simli lokal tarmoqlardagi kabi xavfsizlikni ta‟minlash.

802.11 standarti simsiz lokal tarmoqlarining ikki xil topologiyasi mavjud:

  1. BSS bazaviy yoki asosiy xizmatlar to‘plami ko‘rsatiladigan tarmoq (Basic Servis Set). Bu tarmoqda bazaviy stansiya, barcha foydalanuvchilar uchun mo„ljallangan stansiya (ulanish nuqtasi, antenna yoki kommutator) bo„lmaydi. Foydalanuvchilar, ya‟ni tarmoqdagi kompyuterlar - o„zlarida o„rnatilgan simsiz tarmoq adapterlari yordamida, o„zaro bevosita axborot almashinadilar (3.11-rasm). BSS tarmog„iga kirish uchun - tarmoqqa ulanish muolajasini bajarish kerak.

3.11-rasm. BSS topologiyali tarmoqlar.


STA1, STA2 – stansiyalar (kompyuterlar, ya‟ni foydalanuvchilar, serverlar, kommutatorlar yoki marshrutizatorlar).

  1. ESS kengaytirilgan (qo‘shimcha) xizmatlar to‘plami qo‘rsatadigan tarmoq (Extended Servis Set ESS). Bu tarmoq taqsimlangan muhit bilan birlashtirilgan bir nechta BSS tarmoqlardan iborat bo„ladi (3.12-rasm).

3.12-rasm. ESS topologiyali tarmoqlar.
AP (Access Point) – ulanish nuqtasi.
DS (Distribution System) – taqsimlangan tizim.
DSS (Distribution System Service) – taqsimlangan tizim xizmati.
Simsiz lokal tarmoqda kompyuterlar (tarmoq foydalanuvchilari) va stansiyalar (serverlar, kommutatorlar, marshrutizatorlar) ma’lumotlarni uzatishda birgalikda foydalaniladigan muhitdan quyidagicha foydalanishlari mumkin:
1.Bitta BSS tarmoq chegarasida o„zaro axborot almashinish bilan. 2.Bitta BSS tarmoq chegarasida ulanish nuqtasi – AP orqali
axborot almashinish bilan.

  1. Boshqa-boshqa BSS tarmoq o„rtasida ikkita ulanish nuqtalari AP1 va AP2 orqali, hamda taqsimlangan tizim DS orqali axborot almashinish bilan.

  2. BSS tarmoq bilan, simli lokal tarmoq o„rtasida ulanish nuqtasi AP orqali axborot almashinish bilan.


Download 12,23 Mb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   46




Download 12,23 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Simsiz lokal tarmoqlar - Wi-Fi va Bluetooth texnologiyalari

Download 12,23 Mb.