KOMPYUTER TARMOQLARINI QURISHDA UCHRAGAN ASOSIY MUAMMOLAR VA KOMPYUTER TARMOQLARINING KLASSIFIKATSIYASI




Download 12,23 Mb.
bet2/46
Sana28.11.2023
Hajmi12,23 Mb.
#107165
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46
Bog'liq
Kompyuter-tarmoqlari.Z.Z.MiryusupovJ.X.Djumanov.
1-мавзу, badiiy o\'xshatishlar, 1, Хат, Aloqa kabel turlari va foydalanish, DHCP, Madinaxonga, 3DS MAX dasturida animatsiya qurish imkoniyatlari, akt matn, Bititruv ishi, Документ Microsoft Word, Akt sohasida ilmiy maqola 2, akt soxasida yangilik 1, Akt sohasida slayd 3

KOMPYUTER TARMOQLARINI QURISHDA UCHRAGAN ASOSIY MUAMMOLAR VA KOMPYUTER TARMOQLARINING KLASSIFIKATSIYASI




    1. Kompyuter tarmoqlari, ularni qurishda uchragan asosiy muammolar va tarmoq topologiyalari


Kompyuter tarmog„i – bu apparat va dasturiy tashkil etuvchilardan iborat bo„lgan, hamda birgalikda kelishilgan holda ishlaydigan murakkab kompleksdir. Kompyuter tarmog„ini tashkil etuvchilari quyidagi to„rt qatlamdan biriga tegishli bo„lishi mumkin:


1.Kompyuterlar; 2.Kommunikatsion qurilmalar; 3.Operatsion tizimlar; 4.Tarmoq ilovalari.
Hozirgi paytda birinchi qatlam vositalari sifatida imkoniyatlari o„rtacha bo„lgan shaxsiy kompyuterlardan tortib, to maynfremlar va superkompyuterlargacha bo„lgan kompyuterlar qo„llanib kelmoqda.
Ikkinchi qatlam - bu kommunikatsion qurilmalar qatlamidir. Ushbu o„quv qo„llanmada e‟tibor, aynan kommunikatsion qurilmalarga va ular asosida qurilayotgan zamonaviy kompyuter tarmoqlarining tuzilishlarini o„rganishga qaratilgandir.
Kompyuterlar tarmoqda ma‟lumotlarni ishlashni amalga oshiruvchi asosiy vosita hisoblanadi, ammo 15-20 yillar davomida kommunikatsion qurilmalar ham tarmoq tarkibida katta ahamiyatga ega bo„lgan vositalarga aylanib ulgurdi. Kommunikatsion qurilmalar hisoblangan – ko‘priklar, kommutatorlar va marshrutizatorlar kabi qurilmalar tarmoqning yordamchi vositalaridan, kompyuterlar va operatsion tizimlar kabi asosiy vositalarga aylandi. Bunda kommu- nikatsion qurilmalarni, tarmoqning ko„rsatgichlariga ham va uning narxiga ham ta‟siri nazarda tutilmoqda. Bugungi kunda kommunikatsion qurilma - murakkab maxsuslashtirilgan ko„pprotsessorli kompyuter, ya‟ni kompyuter ichidagi kompyuter sifatida qaralishi mumkin. Ularni ham konfiguratsiyalash, optimizatsiyalash va administratsiyalash amalga oshiriladi. 1.1-rasmda, Internet tarmog„i va unga ulangan turli xil kompyuter tarmoqlarining soddalashtirilgan ko„rinishlari keltirilgan.

1.1-rasm. Internet tarmog„i va unga ulangan turli xil kompyuter tarmoqlarining soddalashtirilgan ko„rinishlari.


Kompyuter tarmoqlarini qurishda uchragan asosiy muammolardan birinchisi, bu tarmoq tarkibiga kirgan qurilmalar - kompyuterlar, printerlar, modemlar, konsentratorlar, kommutatorlar, marshrutizatorlar o„rtasida ma’lumotlarni uzatishni amalga oshirish muammosi hisoblangan. Kompyuter tarmoqlarida ma‟lumotlarni uzatish yoki almashinish jarayoni ketma-ket tarzda joylashtirilgan bitlar, ya‟ni 0 va 1- lar ko„rinishida amalga oshiriladi (1.2-rasm).


1.2-rasm. Kompyuter tarmog„ida ma‟lumotlarni uzatish.


Ma‟lumotlarni almashinish jarayonida qaysi qurilmalar ishtirok etayotganiga qarab, bunda uch xil holatni keltirish mumkin:

  1. Kompyuter va tashqi qurilma o„rtasida ma‟lumot almashinish (1.3- rasm);

  2. Yonma-yon joylashgan ikki kompyuter o„rtasida ma‟lumot almashinish;

  3. Bir-biridan uzoq masofalarda joylashgan kompyuterlarning aloqa kanallari orqali ma‟lumot almashinishi.

1.3-rasm. Kompyuter tarmog„ida, kompyuter-kompyuter va kompyuter-printer o„rtasida ma‟lumot almashinish.

Kompyuter bilan tashqi qurilma o„zaro axborot almashinishi uchun, kompyuterning tashqi interfeysi qo„llaniladi. Bu erda interfeys deganda - kompyuter bilan tashqi qurilmani bog„lovchi o„tkazgichlar va ular orqali axborot almashinish qoidalari to„plamini tushunish kerak bo„ladi. Kompyuter tarafidan interfeys – tashqi qurilma kontrolleri deb ataladigan maxsus apparat va dasturiy vositasi, hamda mos tashqi qurilmaning drayveri deb ataladigan kontrollerni boshqaruvchi dastur yordamida amalga oshiriladi. 1.3-rasmning o„ng tomonida kompyuter bilan printer o„rtasida bog„lanishni amalga oshirishda qo„llanilgan vositalar ko„rsatilgan.


Tarmoqqa ulangan kompyuterlar o„rtasida ma‟lumot almashinish jarayoni esa ancha murakkab bo„lib, u yillar davomida takomillashtirilib kelinmoqda. Hozirda tarmoq orqali matnli ma‟lumotlar bilan bir qatorda, tovush, grafika va video ma‟lumotlarni katta-katta hajmlarda va katta tezliklarda uzatishlar amalga oshirilmoqda.
Ko„p sonli kompyuterlarni tarmoqqa birlashtirish jarayonida qator yangi muammolar paydo bo„la boshlagan. Bunday muommolar sirasiga fizik bog„lanishlarning shaklini, ya‟ni topologiyasini tanlash muammosini ham qiritish mumkin.
Kompyuterlarni tarmoqqa birlashtirish nazariyasida, graflar nazariyasida qo„llaniladigan iboralar, tushunchalar va undagi qoidalardan foydalanilgan. Shunga ko„ra kompyuter tarmog„ining topologiyasi deyilganda - shunday grafning konfiguratsiyasi tushuniladiki, bunda grafning cho‘qqilariga tarmoqdagi kompyuterlar, konsentratorlar, kommutatorlar, marshrutizatorlar kabi qurilmalar, uning qirralariga esa fizik bog„lanishlar mos keladi. Tarmoqdagi kompyuterlar ko„pincha - stansiyalar yoki tarmoq tugunlari ham deb ataladi.
Tarmoqning fizik bog„lanishlari konfiguratsiyasi, kompyuterlar orasidagi elektr bog„lanishlar orqali aniqlanadi va bu shakl, tarmoqning mantiqiy bog„lanishlari konfiguratsiyasidan farq qilishi ham mumkin bo„ladi.
Tarmoqning mantiqiy bog„lanishlari konfiguratsiyasi deganda, undagi ma’lumotlarni uzatish yo‘llarining shakli tushuniladi. Bunday yo„llar tarmoqdagi kommunikatsion qurilmalarni sozlash paytida hosil qilinadi.
Tanlangan elektr bog„lanishlar topologiyasi tarmoqning ko„pgina ko„rsatgichlariga ta‟sir qilishi mumkin. Masalan, zahira bog„lanishlarning mavjudligi, tarmoqning ishonchliligini oshiradi va axborot uzatish kanallarini bir maromda yuklash imkonini beradi. Qo„shimcha stansiyalarning ulash mumkinligi esa, tarmoqni osonlikcha kengaytirish imkonini beradi. Tarmoqni qurish arzonroq tushadigan bo„lishini hisobga olib ham, topologiyalarni tanlash amalga oshiriladi.
Kompyuter tarmoqlarini qurishda ishlatiladigan asosiy topologiyalarni ko„rib chiqamiz (1.4-rasm).
To‘liq bog‘lanishli topologiya – bunda har bir kompyuter tarmoqdagi boshqa kompyuterlar bilan bog„langan bo„lishi kerak. Har bir kompyuter uchun ko„p sonli kommunikatsion portlar va juda ko„p alohida aloqa chiziqlari mavjud bo„lishi kerak bo„ladi. To„liq bog„lanishli topologiyadan tarkibida kompyuterlarining soni ko„p bo„lgan tarmoqlarda foydalanilmaydi. Ushbu topologiya asosida kompyuterlarining soni uncha ko„p bo„lmagan ko„p mashinali komplekslarda va kompyuter tarmoqlarida uning serverlarini o„zaro ulash uchun foydalanish mumkin.

1.4-rasm. Tarmoqlarni qurishda ishlatiladigan asosiy topologiyalar.


Yacheykasimon topologiya – to„liq bog„lanishli topologiyadagi ba‟zi bir bog„lanishlarni olib tashlash bilan hosil qilinadi. Bunda o„zaro ko„proq axborot almashinadigan kompyuterlar orasidagi bog„lanishlar qoldiriladi, boshqa kompyuterlar esa tranzit yo„llar orqali bog„lanib axborot almashinishi mumkin bo„ladi.
Umumiy shinali topologiya – Ethernet texnologiyasining avval ishlab chiqarilgan standartlari hisoblangan, 10Base-5 va 10Base-2 standartlari, ana shu topologiya asosida qurilgan edi. Bunda kompyuterlar bitta koaksial kabelga ulangan bo„lib, ma‟lumot uzatilayotgan paytda u kabel bo„ylab ikki tomonga tarqaladi. Umumiy shinali tarmoqlar nisbatan arzon hisoblanadi, ularda kabelni tortish va qo„shimcha kompyuterlarni ulash osonlik bilan bajariladi. Ammo bu xildagi tarmoqning eng jiddiy kamchiligi, uning ishonchliligining pastligidir, ya‟ni kabeldagi har qanday uzilish yoki kompyuterlar ulangan uzgich-ulagichlardan birining uzilishi butun tarmoqni ishini izdan chiqaradi.
Yulduzsimon topologiya – bunda har bir kompyuter alohida kabel yordamida tarmoq markazida joylashgan qurilmaga, ya‟ni konsentratorga yoki kommutatorga ulangan bo„ladi. Ethernet texnologiyasining 10Base-T va 10Base-F standartlari ana shu topologiya asosida qurilgan edi. Bu topologiyaning umumiy shinaga nisbatan asosiy afzalligi, uning ishonchliligining ancha yuqoriligidir. Biron bir kabeldagi nosozlik faqatgina shu kabelga ulangan kompyuternigina
tarmoqdan uzilib qolishiga sabab bo„lishi mumkin. Konsentrator yoki kommutator ishdan chiqsagina tarmoq ishlamay qolishi mumkin.
Ierarxik yulduz topologiyasi - bir nechta konsentratorlarni yoki kommutatorlarni ierarxik tarzda - qavatma-qavat, yulduzsimon ko„rinishda ulab tarmoqni kengaytirish, ya‟ni kompyuterlar sonini oshirish mumkin. Hozirda ierarxik yulduz topologiyasi – lokal va global tarmoqlarda ham keng tarqalgan topologiya hisoblanadi. Fast Ethernet texnologiyasining 100Base-TX, 100Base-T4 va 100Base-FX spetsifikatsiyalari va Gigabit Ethernet texnologiyasining barcha spetsifikatsiyalari ana shu topologiya asosida qurilgan.
Halqasimon topologiya – bu topologiya asosida qurilgan tarmoqlarda, ma‟lumotlar halqa bo„ylab odatda bir tomonga yo„nalgan holda uzatiladi. Agar kompyuter ma‟lumotlarni unga yo„naltirilgan ekanligini aniqlasa, ularni o„z xotirasiga ko„chirib oladi. Token Ring va FDDI kabi lokal kompyuter tarmoqlari texnologiyalari halqasimon topologiya asosida qurilgan edi.
Aralash topologiya. Odatda uncha katta bo„lmagan tarmoqlar topologiyasi – umumiy shina, halqa yoki yulduzli kabi tipik topologiyalardan biri ko„rinishida bo„ladi. Katta tarmoqlardagi kompyu- terlarni birlashtirishda ixtiyoriy ko„rinishdagi bog„lanishlar yuzaga ke- lishi mumkin. Ammo bunda ham tarmoqlarning shunday qismlarini ko„rsatish mumkin bo„ladiki, ya‟ni tarmoq osti tarmoqlari, yuqorida ko„rib o„tilgan topologiyalardan biriga o„xshash bo„ladi. Shuning uchun bunday tarmoqlar aralash topologiyali tarmoqlar deb ataladi (1.5-rasm).


1.5-rasm. Aralash topologiya.



    1. Download 12,23 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46




Download 12,23 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



KOMPYUTER TARMOQLARINI QURISHDA UCHRAGAN ASOSIY MUAMMOLAR VA KOMPYUTER TARMOQLARINING KLASSIFIKATSIYASI

Download 12,23 Mb.