Tarmoq standartlarining xillari va Internetni standartlashtirish




Download 12,23 Mb.
bet9/46
Sana28.11.2023
Hajmi12,23 Mb.
#107165
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   46
Bog'liq
Kompyuter-tarmoqlari.Z.Z.MiryusupovJ.X.Djumanov.
1-мавзу, badiiy o\'xshatishlar, 1, Хат, Aloqa kabel turlari va foydalanish, DHCP, Madinaxonga, 3DS MAX dasturida animatsiya qurish imkoniyatlari, akt matn, Bititruv ishi, Документ Microsoft Word, Akt sohasida ilmiy maqola 2, akt soxasida yangilik 1, Akt sohasida slayd 3

Tarmoq standartlarining xillari va Internetni standartlashtirish


Kompyuter tarmoqlarini qurishda va ularda ma‟lumotlarni uzatish jarayonlarini amalga oshirishda ochiq tizim iborasidan foydalanilgan. Ochiq tizim deb – ochiq spetsifikatsiyalarga asosan qurilgan har qanday tizimni aytish mumkin. Masalan – kompyuter tarmog„i, kompyuter, operatsion tizim, dasturiy paketlar, boshqa-boshqa apparat va dasturiy mahsulotlar.


Kompyuter texnikasi yoki kompyuter injiniringi sohasida standart
yoki spetsifikatsiya deganda - apparat va dasturiy tashkil etuvchilarni
ma‟lum bir shaklga solingan, ularning o„zi qanday ishlash usullari asosida qurilganligi, boshqa-boshqa tashkil etuvchilar bilan birgalikda qanday ishlash usullari asosida qurilganligi, ularni ishlatishda hisobga olinishi kerak bo„lgan shartlar va alohida ko„rsatgichlarning tavsiflari tushuniladi.
Ochiq spetsifikatsiya deganda esa – nashr qilingan va hamma foydalanishi mumkin bo„lgan, standartlarga mos keladigan va barcha manfaatdor tomonlar birgalikda muhokama qilgandan so„ng o„zaro kelishuvlar natijasida qabul qilingan spetsifikatsiya tushuniladi.
Agar, ikki tarmoq ochiq tamoillarga rioya qilingan holda - ya‟ni ochiq tizim sifatida qurilgan bo„lsa, u holda quyidagi afzalliklarga ega bo„linadi:

      1. Turli ishlab chiqaruvchilar tomonidan, bitta standartga rioya qilib ishlab chiqarilgan apparat va dasturiy vositalardan tarmoq qura olish imkoniyati.

      2. Tarmoqni tashkil etuvchi qismlarini osonlik bilan, ularning takomillashtirilgan xillariga almashtira olish mumkinligi. Bu esa tarmoqni kam xarajatlar bilan yangilab borish imkonini beradi.

      3. Bir tarmoqni boshqa tarmoq bilan osongina ulash imkoniyatining hosil bo„lishi.

Kompyuter tarmoqlarini standartlashtirish ishlari - ko„p yillar davomida, ko„p sonli tashkilotlar tomonidan amalga oshirib kelinmoqda. Tashkilotlarning nufuzlariga qarab standartlarning quyidagi xillarini ko„rsatish mumkin:

  1. Alohida firmalarning standartlari.

  2. Maxsus komitet va birlashmalarning standartlari. 3.Milliy standartlar.

4.Xalqaro standartlar: ISO - standartlar bo„yicha xalqaro tashkilotning modeli va kommunikatsion protokollar steki standartlari, ITU – xalqaro elektroaloqa ittifoqining ko„pgina standartlari, paketlarni kommutatsiyalash asosida ishlovchi tarmoqlarning standartlari, modemlarning standartlari va xokazo.
Internet tarmog„i – ochiq tizimga yaqqol misol bo„la oladi. Negaki u ochiq tizimlarga qo„yiladigan talablarga to„liq mos kelgan holda rivojlangan. Uni ishlab chiqishda turli universitetlar, ilmiy tashkilotlar, hamda kompyuter texnikasi va vositalarini ishlab chiqaruvchi firmalarning har-xil davlatlarda ishlaydigan minglab mutaxasisslari va tarmoqlardan foydalanuvchilar qatnashganlar.
RFC (Request For Comments) – Internet tarmog„i ishini aniqlab beradigan standartning nomi – muhokama uchun mavzular deb ataladi. Bu nom ham qabul qilinadigan standartlarning ochiq xarakterga ega ekanligini ko„rsatadi.
Internet tarmog„ining rivojiga, xususan uning arxitekturasini va protokollarini standartlashtirilishiga javob beradigan bir nechta tashkilotlar mavjud. Ulardan asosiysi – ISOC (Internet Society) bo„lib, u tarkibiga 100000 ga yaqin kishilarni birlashtiruvchi ilmiy ma‟muriy jamiyat hisoblanadi. ISOC rahbarligi ostida – Internet arxitekturasi bo„yicha kengash IAB (Internet Architeture Board) faoliyat yuritadi. IAB tarkibida ikkita guruh mavjud:

  1. IRTF (Internet Research Task Force).

  2. IETF (Internet Engineering Task Force).

IRTF - TCP/IP protokollari bo„yicha ko„p yillarga mo„ljallangan tadqiqot loyihalarini yuritib keladi.
IETF - Internet tarmog„ida vujudga keladigan joriy muammolarni hal qiladigan guruh hisoblanadi. IETF keyinchalik Internet standartlariga aylanadigan spetsifikatsiyalarni aniqlaydi.

    1. Download 12,23 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   46




Download 12,23 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Tarmoq standartlarining xillari va Internetni standartlashtirish

Download 12,23 Mb.