Tarmoqlarning xillari – lokal kompyuter tarmoqlari, korporativ tarmoqlar, aloqa operatorlari tarmoqlari va Internet tarmog‘i




Download 12,23 Mb.
bet6/46
Sana28.11.2023
Hajmi12,23 Mb.
#107165
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46
Bog'liq
Kompyuter-tarmoqlari.Z.Z.MiryusupovJ.X.Djumanov.
1-мавзу, badiiy o\'xshatishlar, 1, Хат, Aloqa kabel turlari va foydalanish, DHCP, Madinaxonga, 3DS MAX dasturida animatsiya qurish imkoniyatlari, akt matn, Bititruv ishi, Документ Microsoft Word, Akt sohasida ilmiy maqola 2, akt soxasida yangilik 1, Akt sohasida slayd 3

Tarmoqlarning xillari – lokal kompyuter tarmoqlari, korporativ tarmoqlar, aloqa operatorlari tarmoqlari va Internet tarmog‘i





      1. Lokal kompyuter tarmog‘i (LKT). Lokal kompyuter tarmog„i deganda, ishchi stansiyalari (Workstation) - kompyuterlar, serverlar, tarmoq printerlari, kommutatorlar (Switch), marshrutizatorlar (Router), ulanish nuqtasi (Access Point) kabi qurilmalar, hamda ularni birlashtiruvchi kabellar to„plamidan iborat, odatda uncha katta bo„lmagan xududni qamrab olgan tarmoq tushuniladi. 2.2-rasmda oddiy lokal kompyuter tarmog„ining tuzilishi keltirilgan.


2.2-rasm. Oddiy lokal kompyuter tarmog„ining tuzilishi.





      1. Korporativ tarmoq. Korporativ tarmoq – bu shunday tarmoqki, uning asosiy vazifasi bo„lib tarmoqqa egalik qiluvchi korxona ishini qo„llab quvvatlab turish hisoblanadi. Ushbu korxona xodimlarigina korporativ tarmoq foydalanuvchilari bo„lishlari mumkin. Korporativ tarmoqning tuzilishi, biz yuqorida ko„rib o„tgan telekommunikatsion tarmoq tuzilishiga deyarli o„xshash bo„ladi. Korporativ tarmoqlarda foydalanuvchilarni birlashtiruvchi lokal tarmoqlar, korporativ tarmoq tarkibiga kiritilgan bo„ladi. Bundan tashqari korporativ tarmoq tarkibiga kirgan uni tashkil etuvchi bo„linmalar birgalikda, nafaqat tarmoq egallagan xududni, balki korxonaning tuzilishi qanday ekanligini ham ko„rsatib turadi. Korporativ tarmoqni tashkil etuvchi bo„linmalar quyidagicha nomlanadi:

  • bo‘limlar va ishchi guruhlar tarmoqlari;

  • binolar va kampuslar tarmoqlari;

  • magistral tarmoqlar.

Bo‘limlar tarmoqlari. Bitta bo„limda ishlaydigan, unchalik katta bo„lmagan xodimlar guruhi foydalanadigan tarmoq – bo„lim tarmog„i yoki ishchi guruhi tarmog„i deb ataladi. Bu xodimlar biron-bir umumiy masalalarni echish bilan shug„ullanadilar, masalan buxgalteriya hisobi yoki marketing. Bo„lim tarmog„i – o„sha bo„limga tegishli hamma xonalarni o„z ichiga olgan lokal kompyuter tarmog„idir. Bo„lim, bir nechta xonalarni yoki binoning biron-bir qavatini egallagan bo„lishi mumkin.
Bo„lim tarmog„ining asosiy maqsadi – ilovalar, ma‟lumotlar, printerlar va modemlar kabi lokal resurslardan birgalikda foydalanishni ta‟minlab berish hisoblanadi. Bo„limlar tarmoqlari tarkibida bitta yoki ikkita fayl server va 30-ga yaqin foydalanuvchilarga ega bo„lib, odatda ular tarmoq osti tarmoqlariga bo„linmaydilar. Bunday tarmoqlarda korxona trafigining kattagina qismi aylanib yuradi. Odatda bo„lim tarmoqlari Fast Ethernet texnologiyasi oilasiga mansub bir necha xil spetsifikatsiyalar, ba‟zi xollarda esa Gigabit Ethernet texnologiyasi asosida quriladi. Bunday tarmoqlarda asosan bitta yoki ko„pi bilan ikki xil operatsion tizmlardan foydalaniladi (2.3-rasm).
2.3- rasm. Bo„lim masshtabidagi tarmoqqa misol.

Bo„lim tarmog„ida administratsiyalash masalalari ancha oson hisoblanadi - unda yangi foydalanuvchilarni qo„shish yoki hisobga olish, oddiy buzilishlarni bartaraf etish, yangi bog„lamalarni va dasturiy ta‟minotning yangi versiyalarini o„rnatish kerak bo„ladi. O„z ish vaqtining bir qismidagina administrator vazifasini bajaruvchi biron-bir xodim, bunday tarmoqni boshqarishi mumkin bo„ladi. Ya‟ni bunday tarmoq administratori vazifasini ko„p xollarda maxsus tayyorgarlikka ega bo„lmagan xodim ham bajarishi mumkin bo„ladi.


Biron – bir bo„limning tarmog„i, bino yoki kampus tarmog„i tarkibiga kirgan tarmoq ham bo„lishi mumkin, yoki korxonaning uzoqda joylashgan ofisi tarmog„i ham bo„lishi mumkin. Birinchi holda bo„lim
tarmog„i bino yoki kampus tarmog„iga biron–bir lokal tarmoq texnologiyasi yordamida ulanadi. Ikkinchi holda esa uzoqdagi ofis tarmog„ini korxona korporativ tarmog„i magistraliga ulash uchun biron- bir global tarmoq texnologiyasidan yoki global ulanishlarning biridan foydalanishga to„g„ri keladi.

Download 12,23 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46




Download 12,23 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Tarmoqlarning xillari – lokal kompyuter tarmoqlari, korporativ tarmoqlar, aloqa operatorlari tarmoqlari va Internet tarmog‘i

Download 12,23 Mb.