Kommunikatsiyalarni rivojlantirish




Download 12,23 Mb.
bet8/46
Sana28.11.2023
Hajmi12,23 Mb.
#107165
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   46
Bog'liq
Kompyuter-tarmoqlari.Z.Z.MiryusupovJ.X.Djumanov.
1-мавзу, badiiy o\'xshatishlar, 1, Хат, Aloqa kabel turlari va foydalanish, DHCP, Madinaxonga, 3DS MAX dasturida animatsiya qurish imkoniyatlari, akt matn, Bititruv ishi, Документ Microsoft Word, Akt sohasida ilmiy maqola 2, akt soxasida yangilik 1, Akt sohasida slayd 3
POP (Point Of Presents) – ulanish nuqtalari. Bu mijozlardan keladigan ko„p sonli aloqa kanallarini, aloqa operatorlariga ulaydigan qurilmalar joylashgan xona yoki binodir. Bunday ulanish nuqtalari markaziy ofis (Central Office - CO) deb ham ataladi.
Mintaqaviy va milliy operatorlar ancha katta-katta xududlarga xizmat ko„rsata oladilar va shuncha mos transport infrastrukturasiga ega bo„ladilar, ya‟ni ularning tarkibida lokal operatorlar o„rtasida telefon trafiklarini tranzit yo„llar bilan uzatish uchun mo„ljallangan yuqori tezlikdagi aloqa kanallariga ega bo„lgan katta tranzit ATS-lar bo„ladi. Bunday operatorlar operatorlarning - operatorlari (Carrier of carriers) deb ataladi. Ularning mijozlari bo„lib lokal operatorlar, yoki mintaqadagi yoki mamlakatlardagi shaharlarda o„zining bo„lim va filiallariga ega bo„lgan katta korxonalar hisoblanadi. Odatda bunday operatorlar katta-katta hajmdagi axborotlarni hech qanday ishlovsiz, katta-katta masofalarga uzatib berish vazifasini bajaradi.
Mamlakatlararo operatorlar - bir nechta mamlakatlar xududlarida xizmat ko„rsatadilar. Mamlakatlararo operatorlar 2.6-rasmda keltirilmagan. Bunday operatorlarga - Cable Wireless, Global One va Infonet kabi operatorlarni misol qilib keltirish mumkin. Ular bir nechta mamlakatlarni va hatto kontinentlarni qamrab olgan o„zlarining xususiy magistral tarmoqlariga egadirlar. Bunday operatorlar ko„p xollarda milliy operatorlar bilan yaqin hamkorlikda ish olib boradilar, ular mijozlarga axborotlarni etkazib berish uchun milliy operatorlarning ulanish tarmoqlaridan ham foydalanadilar. Har-xil turdagi aloqa operatorlari o„rtasida, o„zaro aloqalar qanday amalga oshirilganligini 2.6-rasmda keltirilgan chizmada ham ko„rish mumkin.
4.Internet tarmog‘i. Internet bu yagona boshqaruv markaziga ega
bo„lmagan, ammo bir xil qoidalar asosida ishlaydigan, hamda o„zining barcha foydalanuvchilariga barcha xil xizmatlarni, bir xilda ko„rsata oladigan tarmoqdir. Internet tarmoqlardan iborat tarmoq bo„lib, uning tarkibiga kirgan har bir tarmoq mustaqil hisoblangan Internet xizmatlarini taklif etuvchi operatorlar – ISP (Internet Service Provider)-lar tomonidan boshqariladi. Internetning ishlashi avvaldan mavjud bo„lgan barcha aloqa operatorlari tomonidan amalga oshirilishi mumkin. Hozirga kelib bu aloqa operatorlari qatoriga, asosiy ishi Internet xizmatlarini taqdim qilishga yo„naltirilgan ko„p sonli yangi aloqa operatorlari ham qo„shildi. Shuning uchun Internetning tuzilishi avvalgi bo„limda ko„rib o„tilgan telekommunikatsion tarmoq tuzilishiga o„xshashdir. Internetning umumiy tuzilish chizmasi 2.7-rasmda keltirilgan.


2.7-rasm. Internetning tuzilish chizmasi.

Xizmatlarni taqdim qilishning magistral tarmoqlari, millatlararo aloqa operatorlariga o„xshash tarmoqlar hisoblanadi. Ular katta-katta xududlarni birlashtiruvchi o„zlarining xususiy transport magistrallariga egadirlar. Bu xududlarning kattaliklari – biron bir davlat, kontinent yoki butun er shari miqyosida ham bo„lishi mumkin. Magistral ISP-larga misol qilib – Sable &


Wireless, WorldCom va Global One magistral tarmoqlarini keltirish mumkin.
Xizmatlarni taklif qiluvchi mintaqaviy tarmoqlar esa, biron bir mintaqa

  • shtat, graflik, okrug yoki viloyat xududlari miqyosida ish yuritadilar. Shahar xududi miqyosida faoliyat yuritadigan aloqa operatorlari tarmoqlari esa, xizmatlarni taklif qiluvchi lokal operatorlar deb ataladi.

Mintaqaviy operatorlar o„zaro ulanishlarini osonroq tashkil qilishlari uchun, Internet tarmog„ida maxsus axborot almashinish markazlari ko„zda tutilgan. Ular ko„p sonli aloqa operatorlarini o„zaro bog„lashlarni amalga oshirib beradilar. Bunday axborot almashinish markazlari Internet eXchange

  1. yoki Network Access Point (NAP)-lar deb ataladi.

ISP-larni ko„rsata oladigan xizmatlarining xillariga qarab quyidagi sinflarga ajratilishi mumkin:

    • Internet-kontentni ta‟minlovchi provayderlar (Internet Content Provider - ICP);

    • Xosting xizmatlarini ta‟minlovchi provayderlar (Hosting Service Provider - HSP);

    • Kontent etkazib berishni ta‟minlash provaydarlari (Content Delivery Provider - CDP);

    • Ilovalarni qo„llab turishni ta‟minlash provayderlari (Application Service Provider - ASP);

    • Billing xizmatlarini ta‟minlash provayderlari (Billing Service Provider - BSP).

Foydalanuvchilar nuqtai nazaridan Internet deganda turli xil tarmoqlar – ya‟ni ISP tarmoqlar, korporativ tarmoqlar, uyda turib ishlaydigan foydalanuvchilarning tarmoqlari va kompyuterlaridagi axborot resurslaridan iborat tarmoq deb qaraladi.

    1. Download 12,23 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   46




Download 12,23 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kommunikatsiyalarni rivojlantirish

Download 12,23 Mb.