• 2.KOMPYUTER TARMOQLARINING XILLARI VA STANDARTLARI
  • bob bo‘yicha nazorat savollari




    Download 12,23 Mb.
    bet5/46
    Sana28.11.2023
    Hajmi12,23 Mb.
    #107165
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46
    Bog'liq
    Kompyuter-tarmoqlari.Z.Z.MiryusupovJ.X.Djumanov.
    1-мавзу, badiiy o\'xshatishlar, 1, Хат, Aloqa kabel turlari va foydalanish, DHCP, Madinaxonga, 3DS MAX dasturida animatsiya qurish imkoniyatlari, akt matn, Bititruv ishi, Документ Microsoft Word, Akt sohasida ilmiy maqola 2, akt soxasida yangilik 1, Akt sohasida slayd 3

    bob bo‘yicha nazorat savollari.


    1. Kompyuterning tashqi qurilma bilan aloqasi qanday amalga oshiri- ladi.

    2. Kompyuter tarmoqlarida ma‟lumotlarni uzatish jarayonini tushunti- rib bering.

    3. Ikki kompyuterni o„zaro ma‟lumotlarni almashinish jarayoni qanday amalga oshiriladi.

    4. Tarmoqlarning asosiy tipik topologiyalari va ularning xususiyatla- rini aytib bering.

    5. Kompyuter tarmoqlarini texnologik jihatdan ularni tafsiflovchi mezonlar asosida sinflarga ajratish deganda nima tushuniladi?

    6. Kompyuter tarmoqlarini - qoplay oladigan xududining masshtabi qarab qanday guruhlarga ajratish mumkin?

    7. Kompyuter tarmoqlarini, ularda qo„llaniladigan ma‟lumotlarni uzatish muhitiga qarab qanday guruhlarga ajratish mumkin?

    8. Kompyuter tarmoqlarini, ularda qo„llaniladigan kommutatsiyalash usuli bo„yicha qanday guruhlarga ajratish mumkin?

    9. Kompyuter tarmoqlarini, ularning topologiyalari asosida klassifikatsiyalash bilan qanday guruhlarga ajratish mumkin?

    10. Kompyuter tarmoqlarini, tarmoqlardan iborat tarmoq, ya‟ni Internetning qaysi sathida ishlatilishiga qarab qanday guruhlarga ajratish mumkin?

    11. Kompyuter tarmoqlarida ko„rsatiladigan xizmatlar, foydalanuvchilarning qaysi xiliga mo„ljallanganligiga qarab, tarmoqlarni qanday guruhlarga ajratish mumkin?

    12. Tarmoqlardan iborat tarmoqlar tarkibida, ya‟ni korporativ tarmoqlarda yoki Internet tarmog„ida bajaradigan vazifalariga qarab, kompyuter tarmoqlarni qanday guruhlarga ajratish mumkin?

    13.80-yillarning oxirlarida lokal va global tarmoqlar o„rtasida yaqqol ko„rinib turgan farqli jihatlar qaysilar edi?

    2.KOMPYUTER TARMOQLARINING XILLARI VA STANDARTLARI




      1. Zamonaviy kompyuter tarmog‘ining umumlashgan strukturasi va uning xususiyatlari


    Zamonaviy tarmoqlarga misollar qilib quyidagi tarmoqlarni keltirish mumkin – lokal va global kompyuter tarmoqlari, korporativ tarmoqlar, telekommunikatsion tarmoqlar, aloqa operatorlari tarmoqlari va ushbu tarmoqlardan iborat bo„lgan tarmoq, ya‟ni Internet tarmog‘i. Bu tarmoqlar boshqa-boshqa xil tarmoqlar bo„lishiga qaramasdan, ularning ko„pgina o„xshash tomonlarining borligini ham ko„rsatib o„tish mumkin. Shulardan biri va muhimi, ularning tuzilishi, ya‟ni arxitekturalarining o„xshashligidir. Zamonaviy kompyuter tarmog„i yoki zamonaviy tarmoqning tuzilishini 2.1-rasmda keltirilgan telekommunikatsion tarmoqning umumlashtirilgan chizmasi asosida ko„rib chiqamiz.


    Bunday tarmoq quyidagi qismlardan iborat bo„ladi: 1.Foydalanuvchilarning terminal uskunalari, bunda ular lokal
    tarmoqqa birlashtirilgan holda ham ulangan bo„lishlari mumkin.

    1. Ulanish tarmoqlari.

    2. Telekommunikatsion tarmoqning magistrali–magistral tarmoq. 4.Axborot markazlari yoki xizmatlarni boshqarish markazlari

    (Services Control Paint - SCP).
    Kompyuter tarmoqlarida foydalanuvchilarning terminal uskunalari sifatida – kompyuterlar, telefon tarmoqlarida – telefonlar, televizion yoki radiotarmoqlarda - televizorlar yoki radiopriyomniklar ulangan bo„ladi. Foydalanuvchilarning terminal uskunalari, telekommunikatsion tarmoq tarkibidan tashqarida joylashgan tarmoqlarga ham birlashtirilgan bo„lishi mumkin. Kompyuterlar - lokal kompyuter tarmoqlariga, telefonlar esa - ofisdagi telefon kommutatoriga (PBX – Private Branch Exchange) ulangan bo„lishi mumkin.
    Ulanish tarmoqlari ham, magistral tarmoqlar ham - kommutatorlar yoki marshrutizatorlar asosida quriladi. Har bir kommutator boshqa kommutatorlar bilan aloqa kanallari orqali ulanish uchun mo„ljallangan bir nechta portlarga ega bo„ladi.
    Ulanish tarmog‘i. Ulanish tarmog„i telekommunikatsion tarmoq ierarxiyasining pastki sathini tashkil qiladi. Ulanish tarmog„ining asosiy vazifasi ko„p sonli aloqa kanallari orqali mijozlarning qurilmalaridan
    kelayotgan axborot oqimlarini, magistral tarmoqning nisbatan kam sonli bog„lanmalarida to„plashdan iboratdir.

    2.1-rasm. Telekommunikatsion tarmoqning umumlashtirilgan chizmasi.


    Ulanish tarmog„i deganda ancha katta xududga yoyilgan xududiy (regional) tarmoq tushuniladi. Telekommunikatsion tarmoq ham, ulanish tarmog„i ham bir nechta sathlardan iborat bo„lishi mumkin. Pastki sathlarda o„rnatilgan kommutatorlar, ko„p sonli abonentlarning kanallaridan keladigan axborot oqimlarini multipleksatsiyalab, ya‟ni to„plab – bir yoki bir nechta kanallar orqali uzatishga tayyorlab, o„zidan yuqoriroq sathda joylashgan kommutatorlarga, ular esa o„z navbatida magistral tarmoq kommutatorlariga uzatib beradilar.


    Magistral tarmoq. Magistral tarmoq yordamida yuqori tezlikka ega kanallar orqali trafikni tranzit yo„llar bo„ylab uzatishni ta‟minlash maqsadida, ulanish tarmoqlarini o„zaro birlashtirish amalga oshiriladi. Magistral tarmoq kommutatorlari, alohida-alohida foydalanuvchilarni o„zaro bog„lanishlarini tashkil qilish bilan birga, asosan ko„p sonli
    foydalanuvchilarining bog„lamlaridan keladigan agregatlangan – yo„naltirilgan, axborot oqimlari demultipleksiyalab, ya‟ni adreslar bo„yicha taqsimlab, axborotlarni qabul qiluvchi foydalanuvchilarning ulanish tarmoqlariga shunday uzatib beradiki, foydalanuvchi qurilmasining kirish portiga faqat unga yuborilgan axborot kelib tushadi. Axborot markazlari. Axborot markazlari yoki xizmatlarni boshqarish markazlari – axborot xizmatlarini amalga oshiradilar.
    Bunday markazlarda ikki xil ko„rinishdagi axborotlar saqlanadi:

    1. Foydalanuvchilar uchun mo„ljallangan, ularni qiziqtirishi mumkin bo„lgan axborot.

    2. Xizmat ko„rsatish uchun mo„ljallangan yordamchi axborot, ya‟ni foydalanuvchiga xizmat ko„rsatishni osonlashtiradigan axborot.

    Birinchi turdagi axborot resurslariga misol qilib, har-xil sohalarga oid ma‟lumotlar va yangiliklar, elektron magazinlar haqida ma‟lumotlar va h.k., shularga o„xshash ma‟lumotlarga ega bo„lgan veb-portallarni keltirish mumkin. Telefon tarmoqlarida bunday markazlar yordamida tezkor chaqiruv xizmatlari va har-xil tashkilotlar hamda korxonalardan ma‟lumotlarni olish xizmatlari amalga oshiriladi.
    Ikkinchi turdagi axborotlarni saqlovchi markazlarga misol qilib, foydalanuvchilarni autentifikatsiyalash va avtorizatsiya qilishning har- xil tizimlarini keltirish mumkin. Ular yordamida tarmoq egasi bo„lgan korxona foydalanuvchilariga, u yoki bu xizmatlarni ko„rsatishi mumkin yoki mumkin emasligini aniqlanadi, ko„rsatilgan xizmatlarga haq to„lashni hisoblash tizimi, ya‟ni billing tizimi tekshirib boriladi. Foydalanuvchilarning ma‟lumotlar bazalarida saqlanayogan nomlari va parollari, hamda foydalanuvchiga ko„rsatilgan xizmatlarning xillari hisobga olib boriladi.

      1. Download 12,23 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46




    Download 12,23 Mb.