Kompyuter tarmoqlarini texnologik jihatdan klassifikatsiyalash - sinflarga ajratish




Download 12,23 Mb.
bet3/46
Sana28.11.2023
Hajmi12,23 Mb.
#107165
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46
Bog'liq
Kompyuter-tarmoqlari.Z.Z.MiryusupovJ.X.Djumanov.
1-мавзу, badiiy o\'xshatishlar, 1, Хат, Aloqa kabel turlari va foydalanish, DHCP, Madinaxonga, 3DS MAX dasturida animatsiya qurish imkoniyatlari, akt matn, Bititruv ishi, Документ Microsoft Word, Akt sohasida ilmiy maqola 2, akt soxasida yangilik 1, Akt sohasida slayd 3

Kompyuter tarmoqlarini texnologik jihatdan klassifikatsiyalash - sinflarga ajratish.


Klassifikatsiya yoki sinflarga ajratish deganda – o„rganilayotgan ob‟ektlarni umumiy belgilari asosida guruhlarga, ya‟ni u yoki bu xillarga ajratish jarayoni tushuniladi. Ob‟ektlarni sinflarga ajratish – keyingi yozuvlarda esa klassifikatsiyalash, bu jarayonda foydalaniladigan mezonlarni (rus tilida - критерии) tanlash asosida amalga oshiriladi. Turli xil mezonlarni tanlash asosida turli xil klassifikatsiyalashni amalga oshirish mumkin. Ushbu qo„llanmada kompyuter tarmoqlarini klassifikatsiyalash - asosan texnologik jihatdan ularni tafsiflovchi mezonlar asosida amalga oshirilgan.


Kompyuter tarmoqlarini - qoplay oladigan xududining masshtabi, ma‟lumotlarni uzatish muhitlarining xillari, kommutatsiyalash usuli, paketlarni harakatlantirish usuli, topologiyasi va boshqa shularga o„xshash mezonlardan foydalangan holda guruhlarga ajratishni, texnologik jihatdan klassifikatsiyalash deb atash mumkin.

  1. Kompyuter tarmoqlarini - qoplay oladigan xududining masshtabi qarab ikki xil guruhga ajratish mumkin:

  • lokal kompyuter tarmoqlari (Local Area Network, LAN);

  • global kompyuter tarmoqlari (Wide Area Network, WAN).

Lokal kompyuter tarmoqlarida ma‟lumotlarni ancha katta tezliklarda uzata oladigan yuqori sifatli aloqa chiziqlaridan foydalaniladi. Ushbu xildagi tarmoqlarda ma‟lumotlarni modulyasiyalamay uzatish imkoniyati mavjud. Kompyuter tarmoqlarining qoplay oladigan xududining masshtabi qarab - shahar kompyuter tarmoqlari (Metropolitan Area Network, MAN) deb nomlangan xili ham mavjud. Shahar kompyuter tarmoqlari katta shahar xududiga xizmat ko„rsatish uchun mo„ljalangan bo„lib, ularda lokal va global tarmoqlarga xos belgilarni ko„rsatish mumkin.

  1. Kompyuter tarmoqlarini - ularda qo„llaniladigan ma‟lumotlarni uzatish muhitiga qarab ham, ikki xil guruhga ajratish mumkin:

  • simli tarmoqlar, ular hozirda mis yoki optik tolali kabellar asosida qurilmoqda;

  • simsiz tarmoqlar, ya‟ni simsiz aloqa chiziqlari, masalan - radio kanallar, o„ta yuqori chastotali, ya‟ni infraqizil yoki lazer nurlaridan foydalaniladigan kanallar asosida qurilgan tarmoqlar.

  1. Kompyuter tarmoqlarini – ularda qo„llaniladigan kommutatsiyalash usuli bo„yicha ham ikki xil guruhga ajratiladi:

Paketlarni kommutatsiyalash texnikasi, paketlarni harakatlantirishning qaysi usulidan foydalanilishiga qarab bir nechta xillarga bo„linishi mumkin:

  • deytagrammali tarmoqlar, masalan Ethernet texnologiyasiga mansub tarmoqlar;

  • mantiqiy bog„lanishlarga asoslangan tarmoqlar, masalan transport sathida TCP protokolidan foydalanib ishlaydigan IP-tarmoqlar;

  • virtual kanallarga asoslangan tarmoqlar, masalan MPLS-tarmoqlar. 4.Kompyuter tarmoqlari - ularning topologiyalari asosida ham

klassifikatsiyalanishi mumkin. Topologiyalarning quyidagi xillari mavjud - to„liq bog„lanishli topologiya, yacheykasimon topologiya, umumiy shinali topologiya, yulduz topologiyasi, ierarxik yulduz topologiyasi, halqa topologiyasi va aralash topologiyalar.

  1. Kompyuter tarmoqlari - tarmoqlardan iborat tarmoq, ya‟ni Internetning qaysi sathida ishlatilishiga qarab:

  • birlamchi tarmoqlarga va birlamchi tarmoqlardan foydalanib qurilgan tarmoqlarga bo„linadi.

Birlamchi tarmoqlar, bu telekkommunikatsion tarmoqlardir, ularga misol qilib - PDH, SDH va DWDM kabi tarmoq texnologiyalarini keltirish mumkin. Birlamchi tarmoqlardan foydalanib ishlaydigan tarmoqlarga esa, turli o„lchamlardagi kompyuter, telefon va televizion tarmoqlarini misol qilib keltirish mumkin.

  1. Kompyuter tarmoqlarida ko„rsatiladigan xizmatlar foydalanuvchilarning qaysi xiliga mo„ljallanganligiga qarab, tarmoqlarni ikki xil sinfga bo„lish mumkin:

  • aloqa operatorlari tarmoqlari - bunday tarmoqlarning mijozlari alohida olingan foydalanuvchilar yoki shartnoma asosida xizmatlardan foydalanuvchi tashkilotlar bo„lishi mumkin;

  • korporativ tarmoqlar - ushbu tarmoqqa egalik qiluvchi korxona xodimlarigagina xizmat ko„rsatuvchi tarmoq.

  1. Tarmoqlardan iborat tarmoqlar tarkibida ya‟ni, aloqa operatorlari tarmoqlarida, korporativ tarmoqlarda yoki Internet tarmog„ida bajaradigan vazifalariga qarab, kompyuter tarmoqlarni - uchta sinfga ajratish mumkin:

    • ulanish tarmoqlari;

    • magistral tarmoqlar;

    • trafikni agregatsiyalash tarmoqlari.

    1. Download 12,23 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46




Download 12,23 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kompyuter tarmoqlarini texnologik jihatdan klassifikatsiyalash - sinflarga ajratish

Download 12,23 Mb.