Lokal va global kompyuter tarmoqlarining yaqinlashuvi




Download 12,23 Mb.
bet4/46
Sana28.11.2023
Hajmi12,23 Mb.
#107165
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46
Bog'liq
Kompyuter-tarmoqlari.Z.Z.MiryusupovJ.X.Djumanov.
1-мавзу, badiiy o\'xshatishlar, 1, Хат, Aloqa kabel turlari va foydalanish, DHCP, Madinaxonga, 3DS MAX dasturida animatsiya qurish imkoniyatlari, akt matn, Bititruv ishi, Документ Microsoft Word, Akt sohasida ilmiy maqola 2, akt soxasida yangilik 1, Akt sohasida slayd 3

Lokal va global kompyuter tarmoqlarining yaqinlashuvi


80-yillarning oxirlarida lokal va global tarmoqlar o„rtasida farqli jihatlar yaqqol ko„rinib turar edi. Bunday farqli jihatlarga misol qilib quyidagilarni keltirish mumkin:



  1. Aloqa chiziqlarinig qanday masofalarga tortilganligi va ularning sifati. Lokal tarmoqlarning bog„lamlari orasidagi masofalar, global tarmoqlarga nisbatan ancha qisqa edi. Bunday holat lokal tarmoqlarda ancha sifatli aloqa chiziqlaridan foydalanish imkonini berar edi.

  2. Ma’lumotlarni uzatish usullarining murakkabligi. Global tarmoqlarda lokal tarmoqlarga nisbatan, ishonchliligi ancha past bo„lgan kanallarning qo„llanilishi bois, ularda ma‟lumotlarni uzatishning ancha murakkab usullari va shunga mos qurilmalar ishlatishga to„g„ri kelar edi. 3.Ma’lumotlarni almashinish tezligi. Lokal tarmoqlarda ma‟lumotlar almashinish tezligi (10, 16 va 100 Mbit/s) global tarmoqladagi

tezliklardan (2,4 Mbit/sek dan 2 Mbit/s gacha) ancha yuqori edi.

  1. Ko‘rsatilishi mumkin bo‘lgan xizmatlarning xilma-xilligi. Ma‟lumotlar almashinish tezligi ancha yuqori bo„lgan lokal tarmoqlarda ko„rsatiladigan xizmatlarning xillari ancha ko„p bo„lgan, bunday xizmatlar turlariga misol qilib - boshqa-boshqa kompyuterlarning qattiq disklarida joylashgan fayllardan foydalanish mexanizmlari, bosmaga chiqaruvchi qurilmalardan (printer, plotetter, ...), modemlar va fakslardan birgalikda foydalanish xizmatlari, yagona ma‟lumotlar bazasiga murojaat qila olish, elektron pochta xizmati va boshqalar. Global tarmoqlarda esa oddiy pochta va fayl almashinish xizmatlari bilan cheklangan.

Vaqt o„tishi bilan lokal va global tarmoqlar o„rtasidagi yuqorida sanab o„tilgan farqli jihatlar yo‘qola boshladi. Avvallari alohida-alohida ishlayotgan lokal tarmoqlarni o„zaro bog„lash amalga oshirila bordi. Bunda bog„lovchi muhit sifatida global tarmoqlardan foydalaniladigan bo„ldi. Lokal va global tarmoqlarning o„zaro yaqin integratsiyalashuvi, bu texnologiyalarni bir-biriga yaqinlashuviga olib keldi.
Ma‟lumotlarni uzatish usullaridagi yaqinlashuv, ma‟lumotlarni uzatishni optik tolali aloqa chiziqlari orqali amalga oshirilishi va bunda raqamli (modulyasiyalanmagan) asosga o„tkazilishi bilan sodir bo„lgan. 100 metrdan uzoq bo„lgan masofalarga ma‟lumot uzatish uchun bunday uzatish muhitdan deyarli barcha lokal tarmoqlarda foydalanilgan edi. SDH va DWDM kabi birlamchi tarmoqlarning zamonaviy magistrallari ham, ana shunday muhit asosida qurilgan. Ularning raqamli kanallari
yordamida global kompyuter tarmoqlarining qurilmalarini ham birlashtirish mumkin bo„ldi.
Raqamli kanallar sifatining yuqoriligi, global kompyuter tarmoqlari protokollariga qo„yiladigan talablarni o„zgartirib yubordi. Bunda ishonchlilikni ta‟minlash muolajalari o„rniga, foydalanuvchilarga axborotni etkazib berishning o„rtacha tezligini ta‟minlash muolajalari, hamda trafikni uzatishda kechikishlarga salbiy ta‟sir qilishi mumkin bo„lgan, masalan tovush trafigiga tegishli paketlarni alohida ishlash mexanizmlarini qo„llash masalalari muhim bo„lib qoldi. Sanab o„tilagan bu o„zgartirishlar global tarmoqlarining yangi texnologiyalari bo„lgan Framy Relay va ATM texnologiyalarida o„z aksini topdi.
Lokal va global tarmoqlarning yaqinlashuviga IP protokolining keng qo„llanila boshlanganligi ham katta ta‟sir ko„rsatdi. Hozirda bu protokol har qanday lokal va global tarmoq texnologiyalari (Ethernet, Fast Ethernet, Gigabit Ethernet, ATM, Frame Realy) asosida qurilgan tarmoqlarni o„zaro yagona tarmoqqa birlashtirib ishlash imkonini beradi. 90-yillardan boshlab tezkor raqamli kanallar asosida ishlaydigan global kompyuter tarmoqlar ham, ko„rsatilishi mumkin bo„lgan xizmatlar xillarini anchagina ko„paytirib bu borada lokal tarmoqlarga etib oldilar. Katta hajmlarga ega bo„lgan - tasvirlar, videofilmlar, tovush kabi ma‟lumotlarni, ya‟ni multimediyali axborotni real vaqt masshtabida uzatib berish mumkin bo„ldi. Internet tarmog„i orqali axborot etkazib berish xizmati hisoblangan, gipermatnli axborotlar xizmati - World Wide
Web (WWW) ham tezkor xizmatlarga yaqqol misol bo„la oladi.
Lokal tarmoqlarda esa, global tarmoqlardagi singari – axborotni himoyalash usullariga katta e‟tibor berishga to„g„ri kelyapti, negaki hozirgi lokal tarmoqlar avvalgilariga o„xshab alohida-alohida emas, balki “katta dunyo” bilan bog„langan holda ishlamoqda.
Bu davrga kelib bir vaqtning o„zida ham lokal, ham global tarmoqlar uchun mo„ljallangan texnologiyalar paydo bo„la boshladi. Yangi avlod texnologiyalaridan hisoblangan ATM texnologiyasi yordamida lokal va global tarmoqlarni birlashtirib, mavjud trafikni samarali uzatishni ta‟minlab beruvchi yagona trasport tarmog„i qurish mumkin bo„ldi. Boshqa bir misol sifatida, avvalda lokal tarmoq texnologiyasi xisoblangan Ethernet texnologiyasining 10G – 10 Gbit/s tezlikda ishlaydigan standarti yordamida esa, global va katta lokal tarmoqlarning magistrallarini hosil qilish uchun ishlayotganini keltirish mumkin.
Lokal va global tarmoqlarninig yaqinlashuvini ko„rsatuvchi belgilaridan yana biri, bu lokal va global tarmoqlar orasidan joy olishi mumkin bo„lgan, shahar tarmoqlari – MAN-larning paydo bo„lishidir. Bu tarmoqlarda ko„p xollarda 155 Mbit/s va undan yuqori tezlikka ega bo„lgan optik tolali raqamli aloqa chiziqlaridan foydalanildi. Bu aloqa chiziqlari shahar xududidagi lokal tarmoqlarni o„zaro ulashni, hamda global tarmoqlarga ulanishni nisbatan kam xarajatlar bilan ta‟minlab bera oladi.



    1. Download 12,23 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46




Download 12,23 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Lokal va global kompyuter tarmoqlarining yaqinlashuvi

Download 12,23 Mb.