Kommunikatsiyalarni rivojlantirish




Download 12,23 Mb.
bet7/46
Sana28.11.2023
Hajmi12,23 Mb.
#107165
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   46
Bog'liq
Kompyuter-tarmoqlari.Z.Z.MiryusupovJ.X.Djumanov.
1-мавзу, badiiy o\'xshatishlar, 1, Хат, Aloqa kabel turlari va foydalanish, DHCP, Madinaxonga, 3DS MAX dasturida animatsiya qurish imkoniyatlari, akt matn, Bititruv ishi, Документ Microsoft Word, Akt sohasida ilmiy maqola 2, akt soxasida yangilik 1, Akt sohasida slayd 3
Binolar va kampuslar tarmoqlari. Bino tarmog„i – bitta korxonaning har-xil bo„limlarini bitta bino chegarasida birlashtiradi. Kampus tarmog„i esa, bir-necha kvadrat kilometrli xududni egallagan bir nechta binolardagi tarmoqlarni birlashtiradi. Odatda bino (yoki kampus) tarmog„i Gigabit Ethernet asosida qurilgan o„z magistraliga ega bo„lgan, ierarxik tuzilishdagi tarmoq ko„rinishida bo„ladi. Magistral orqali bir-biriga ulanadigan bo„limlar tarmoqlarini qurishda esa Fast Ethernet texnologiyasidan foydalaniladi (2.4-rasm). Gigabit Ethernet magistrali deyarli har doim uzib-ulanadigan axborot uzatish muhitiga ega bo„ladi, bu texnologiyaning axborot uzatish muhitidan birgalikda foydalaniladigan varianti ham mavjud.
Bunday tarmoqlarda asosan - bo„limlar tarmoqlarini birgalikda ishlashini ta‟minlash, korxonaning umumiy ma‟lumotlar bazasiga ulanishni ta‟minlash, umumiy faks-serverlarga, yuqori tezlikda ishlay oladigan modemlarga va printerlarga ulanish kabi xizmatlar amalga oshiriladi. Kampus tarmoqlari tomonidan ko„rsatiladigan hizmatlarning eng muhimi bo„lib, korxonaning ma‟lumotlar bazasi qaysi kompyuterda joylashganligidan qat‟iy nazar, ularga ulana olish xizmati hisoblanadi. Aynan kampus tarmoqlari sathida har-xil turdagi apparat va dasturiy ta‟minotini birgalikda ishlashini ta‟minlash muammolari paydo bo„ladi.
Bo„limlarda ishlatiladigan kompyuterlar, tarmoq operatsion tizimlari va tarmoq apparat ta‟minoti bir-biridan farq qilishi mumkin. Shu sababli kampus tarmog„ini boshqarish anchagina murakkab jarayonga aylanadi. Kampus tarkibiga kirgan bo„limlar tarmoqlari bir- biridan mustaqil holda ish yuritganligi va har-xil texnologiyalar asosida qurilganligi sababli, ularni birlashtirish uchun odatda IP-texnologiyadan foydalanishga to„g„ri keladi.
Korporativ tarmoqlar haqida gap ketganda - korxona masshtabidagi korporativ tarmoq degan iboradan ham foydalaniladi. Korxona masshtabidagi korporativ tarmoqlarda, birinchi o„ringa axborot xizmatlari qo„yilganligi bilan, ular boshqa xil tarmoqlardan farqlanadilar. Korporativ tarmoqlar faqatgina transport xizmatlarini ko„rsatish bilangina cheklana olmaydilar.

2.4- rasm. Kampus tarmog„iga misol.


Korxona masshtabidagi korporativ tarmoqning, xususiyatlaridan yana biri, bu uning anchagina katta-katta xududlarni qamrab olishning mumkinligidir. Bo„lim yoki bino masshtabidagi korporativ tarmoqni kamdan-kam hollarda korporativ tarmoq deb ataladi. Odatda “korporativ” degan nom, tarkibida, boshqa-boshqa shaharlarda joylashgan va global ulanish chiziqlari orqali ulangan, ko„pgina binolar va bo„limlar masshtablaridagi tarmoqlari bo„lgan tarmoqqa nisbatan qo„llaniladi (2.5-rasm).


Korxona masshtabidagi korporativ tarmoqda - foydalanuvchilar va kompyuterlar soni - bir, ikki, uch mingtaga, serverlar soni esa - bir, ikki, uch yuztaga ham etishi mumkin bo„ladi, alohida xududlarning
tarmoqlari orasidagi masofalar esa, ancha katta bo„lib, ular o„rtasida axborot uzatishda global aloqalardan foydalanish zarur bo„lib qoladi.

2.5- rasm. Korxona masshtabidagi korporativ tarmoqqa misol.





      1. Aloqa operatorlari tarmoqlari. Aloqa operatorlari tarmoqlari o„z faoliyatlarini, uning xizmatlaridan foydalanuvchilar bilan shartnoma tuzib, tijorat asosida amalga oshiradilar. Aloqa operatorlari bir-birlaridan quyidagi belgilari bilan farq qiladilar:

1.Ularda ko„rsatilishi mumkin bo„lgan xizmatlarning xillari bilan; 2.Xizmatlar ko„rsatiladigan xudud chegaralarining qanday ekanligi
bilan;

  1. Xizmatlarning qanday mijozlarga mo„ljallanganligi bilan;

  2. Operatorga tegishli bo„lgan infrastruktura bilan, ya‟ni unda bor bo„lgan aloqa chiziqlari, kommutatsion qurilmalar, axborot servislari va shunga o„xshash vositalarning xillari bilan;

  3. Ma‟lum bir xududga qay darajada xizmat ko„rsatishga ega ekanligiga qarab.

Zamonaviy aloqa operatorlari, bir necha xildagi xizmatlarni ko„rsatish imkoniyatlariga egadirlar, masalan: telefon xizmatlari va Internetga ulanish xizmatlari. Unda ko„rsatilishi mumkin bo„lgan xizmatlarni bir nechta sathlarga va guruhlarga ajratish mumkin:
Bir vaqtning o„zida bir necha xizmatlarni ko„rsatish:

    • IP telefoniya;

    • Xabarlar tarqatishning universal xizmati;

- ...
Telefon xizmatlari:

  • So„rovlarga javob berish xizmatlari;

  • Ovozlarni etkazish pochtasi;

  • Chaqiruvlarni ko„rsatilgan adreslarga yo„naltirish;

  • Ikki abonentni bir-biriga ulash.

Kompyuter tarmoqlari xizmatlari:

  • Axborot portallari;

  • Elektron pochta;

  • Internetga ulanish;

  • Lokal kompyuter tarmoqlarni birlashtirish.

Aloqa kanallarini arendaga berish.
Telefon xizmatlari va aloqa kanallarini arendaga berish kabi xizmatlar, aloqa operatorlari tomonidan ancha avvaldan ko„rsatib kelinayotgan xizmatlar sirasiga kiradi. Kompyuter tarmoqlari xizmatlari esa, aloqa operatorlari tomonidan ancha keyin yo„lga qo„yilgan bo„lib, ulardan keladigan foyda hozirda, telefon xizmatlaridan keladigan foydadan ancha kam bo„lmoqda. Hozirgi paytda kompyuter va telefon tarmoqlari birgalikda ko„rsatadigan aralash xizmatlaridan ancha katta foyda kelmoqda.
Aloqa tarmoqlarida ko„rsatiladigan xizmatlarni, yana transport va axborot xizmatlariga ham ajratish mumkin. Telefon orqali gaplashish - transport xizmatiga, telefon tarmoqlaridagi so„rovlarga javob berish xizmatlari yoki veb-saytlar esa axborot xizmatlariga misol bo„la oladi.
Axborot-telekommunikatsiya vositalari xizmatlaridan foydalanuv- chi mijozlarni ikkita katta guruhga ajratish mumkin: ko„p sonli alohida- alohida ishlovchi mijozlar va korporativ mijozlar.
Alohida-alohida ishlovchi mijozlar uchun ulanish va xizmatlarning arzon bo„lishi, uylarda mavjud telefon simlari va televizon koaksial kabellardan foydalanish mumkinligi muhim hisoblanadi. Hozirda bunday mijozlar uchun optik tolali kabellardan ham foydalanish mumkin bo„lmoqda.
Korporativ mijozlar deganda esa har-xil katalikka ega bo„lgan korxona va tashkilotlar tushuniladi. Bunda katta xududlarga yoyilgan bo„lim va filiallarga ega bo„lgan katta korxonalarga nisbatan qo„proq xildagi xizmatlar kerak bo„ladi. Bunday xizmatlardan biri bo„lib virtual xususiy tarmoq (VPN Virtual Private Network) hizmati hisoblanadi.
Aloqa operatorlari xizmat ko„rsatish xududlarining katta- kichikligiga qarab - lokal, mintaqaviy, milliy va mamlakatlararo operatorlarga bo„linadilar (2.6-rasm).


2.6-rasm. Har-xil aloqa operatorlari o„rtasidagi o„zaro bog„lanishlar.


Lokal operatorlar shahar yoki ma‟lum bir kattalikda qishloq xududlarida ishlaydilar. Ko„pchilikka tanish bo„lgan ana‟naviy lokal


operator – bu shahar telefon tarmog„i operatori hisoblanadi, ya‟ni shahar avtomatik telefon stansiyasi (ATS). AQSH terminologiyasi bo„yicha bunday operatorlarni ILEC (Incumbent Local Exchange Carriers)lar deb ataladi. Bu xildagi operatorlar shahar xududida joylashgan transport infrastrukturasiga ega bo„ladi: ya‟ni ular - abonentlarga (kvartiralardagi, uylardagi va ofislardagi) va aloqa bog„lanmalari o„rtasidagi fizik kanallarga, ATSlar va ular orasidagi aloqa kanallariga ega bo„ladilar. Hozirgi paytga kelib avvalgi ananaviy lokal operatorlar qatoriga, birinchi navbatda internet xizmatlarini ko„rsatadigan alternativ lokal operatorlar qo„shildi, bular CLEC (Competitive Local Exchange Carriers) lar deb ataladi. CLEC-lar telefon xizmatlarini ham ko„rsata oladilar.

Download 12,23 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   46




Download 12,23 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kommunikatsiyalarni rivojlantirish

Download 12,23 Mb.