Kommutatsiya va marshrutizatsiya




Download 2,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/26
Sana18.12.2023
Hajmi2,72 Mb.
#122954
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   26
Bog'liq
Kommutatsiya va marshrutizatsiya (1-qism)

Nazariy ma’lumotlar 
Tarmoqni samaradorligini oshirish va xavfsizligini ta‘minlashda lokal 
tarmoqlarda VLAN lar tashkil etiladi. VLAN tarmog‗i lokal tarmoqda qurilmalarni 
guruhlaydi. VLAN tarmog‗i doirasidagi qurilmalar guruhi xuddi qurilmalar bitta 
o‗tkazgich yordamida ulangandek bo‗ladi. VLAN tarmog‗i fizik emas, mantiqiy 
bog‗lanishga asoslangan. 
VLAN tarmog‗i administratorga foydalanuvchilarni yoki qurilmalarni 
qaerda joylashganligiga bog‗liq bo‗lmagan holda qo‗llanilish sohasi yoki 
loyihalash guruhi funksiyasi bo‗yicha segmentatsiyani amalga oshirishga yordam 
beradi. VLAN dagi qurilma xuddi o‗zining shaxsiy tarmog‗iga ega bo‗lgandek 
bo‗ladi. Kommutatorning ixtiyoriy porti VLAN ga tegishli bo‗lishi mumkin. Bir 
adresli (unicast), ko‗p adresli (multicast) va keng eshittirishli (broadcast) paketlarni 
uzatish va qabul qilish faqat o‗sha VLAN doirasida bo‗ladi. Har bir VLAN alohida 
mantiqiy tarmoq hisoblanadi. VLAN ga tegishli bo‗lmagan stansiyalar paketlarni 
jo‗natish uchun marshrutizatorlar orqali uzatiladi. 
VLAN tarmog‗i LAN ning bir nechta segmentlarini qamrab oluvchi 
mantiqiy keng eshittirishli domenni yaratadi. Katta keng eshittirishli domenni 


32 
kichik tarmoqlarga bo‗lish mmumkin. VLAN tarmoqning samaradorligini oshiradi. 
bitta VLAN tarmog‗idagi qurilma Ethernet keng eshittirishli kadr uzatsa, bu kadrni 
ushbu VLAN doirasidagi qurilmalarning barchasi qabul qiladi. Boshqa VLAN 
dagi qurilmalar bu kadrni qabul qilmaydi. Har xil foydalanuvchi guruhlarning 
qiziqishlarini hisobga olgan holda VLAN tarmog‗i kirish va xavfsizlikni 
ta‘minlash siyosatini amalga oshiradi: 
Xavfsizlik: muhim ma‘lumotlarga ega bo‗lgan guruhlarni tarmoqning boshqa 
qismlaridan ajratiladi. Uning yordamida axborotni maxfiyligini buzilish 
extimolligini kamaytiradi; 
Xarajatlarni kamaytirish: o‗tkazish qobiliyatidan samarali foydalanish va 
qimmat tarmoq inrastrukturalari yangilanishini arzonligi; 
Samaradorlikni oshirish: tarmoqni ikkinchi pog‗onada bir nechta mantiqiy 
guruhlarga bo‗lish (keng eshittirishli domen) ortiqcha tarmoq trafigini sonini 
kamaytiradi va samaradorlikni oshiradi; 
Keng eshittirishli domenlarni kamaytiradi: tarmoqni VLANlarga ajratish 
keng eshittirishli domendagi qurilmalar sonini kamaytiradi. 
Axborot texnologiyalari bo‘limining samaradorligini oshirish: VLAN 
tarmog‗i 
tarmoqni 
boshqarishni 
soddalashtiradi. 
Yangi 
kommutatorni 
ekspluatatsiyaga kiritishda ko‗rsatilgan portlarda kerakli qoida va jarayonlarni 
amalga oshiradi. Axborot texnologiyalari mutaxassislari VLAN ga tegishli nom 
bilan tarmoqni funksiyasini tezda aniqlashadi.
Ilova va loyihalarni boshqarishni soddaligi: VLAN tarmog‗i 
foydalanuvchilar va tarmoq qurilmalarining tarmoqni geografik talabi yoki ishlashi 
bo‗yicha moslashtirishi uchun birlashtiradi. Amaliy pog‗onada ishlashni va 
loyihalashni boshqarish funksiyalarni aeratilganligi hisobiga sodda tuzilgan. 
Masalan bunday amaliy topshiriqqa – o‗qituvchilarni elektron ta‘lim olish uchun 
ilovalarni ishlab chiqish platformasi kiradi. 


33 

Download 2,72 Mb.
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   26




Download 2,72 Mb.
Pdf ko'rish