• TELEFON LINIYASI ORQALI INTERNETGA ULANISH.
  • Mobil aloqa vositalari yordamida internetga ulanish.
  • Компьютер тармоқлари




    Download 288 Kb.
    bet4/7
    Sana10.04.2023
    Hajmi288 Kb.
    #49948
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    Internet deganda nimani tushunasiz
    PQ-5199 28.07.2021, img954, Maktabgacha ta\'limda aqliy tarbiya, Test 1 pedagolgika soʻzi qaysi qaysi tildan olingan, Иззатуллаев Шерзод Мухиддин ўғли, img636, БИЛДИРГИ, begzod2, 903a5240-3991-4b43-b3fb-f51d1d336b5d, document, Majburiy audit to’g’risida, lokal-tarmoq-aloqa-vositalari-reja-lokal-kompyuter-tarmoqlari, 14350927, 2
    Internetga bog‘lanish. Internet tarmog‘iga ulanish ajratilgan aloqa kanali (optik tola, sun’iy yo‘ldosh aloqasi, radiokanal, ajratilgan kommutatsiyalanmaydigan telefon liniyasi) bo‘yicha doimiy ulanish, shuningdek kommutatsiyalanadigan, ya’ni uzib-ulanadigan ulanish (Dial-ur access, Dial-ur) ko‘rinishida amalga oshiriladi.
    TELEFON LINIYASI ORQALI INTERNETGA ULANISH.
    Internet tarmog‘iga oddiy telefon tarmoqlari orqali standart modem qurilmalari yordamida ulanish mumkin. Telefon liniyasi orqali Internetga ulanishda modem qurilmasidan tashqari maxsus dasturdan (protokol) ham foydalaniladi. Bunda ushbu dastur yordamida Internetga ulanganda telefon liniyasi band qilinadi, seans tugatgandan so‘ng telefon tarmog‘i bo‘shatiladi va unda boshqa foydalanuvchi foydalaniishi mumkin. Internetga ulanishni amalga oshiruvchi dasturning yutug‘i shundaki, ular Internetga to‘g‘ridan to‘g‘ri ulanishga imkon beradi.
    Telefon liniyasi orqali «CHaqiruv» bo‘yicha Internetga bog‘lanish Internet xizmatlarini taqdim etuvchi provayder bilan mijoz o‘rtasida amalga oshiriladi. Bunda foydalanuvchi mantiqiy nom (login) va maxfiy belgi (parol) yordamida Internetga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanadi.





    Mobil aloqa vositalari yordamida internetga ulanish. Internet tarmog‘iga nafaqat kabel yoki telefon liniyasi orqali simli ulanish mumkin, balki mobil aloqa vositalari yordamida simsiz ulanish ham mumkin. Internet tarmog‘iga simsiz ulanish kompyuter orqali yoki mobil telefonning o‘zida amalga oshiriladi. Agar kompyuter orqali Internetga simsiz ulanish kerak bo‘lsa, u holda kompyuterdan tashqari Internet xizmatlarini taqdim etuvchi operator yoki provayderning simsiz ishlovchi modemi yoki xuddi shu vazifani bajaruvchi mobil telefon apparati zarur.
    Agar mobil telefonning o‘zida turib Internetga bog‘lanish yoki undan foydalanish kerak bo‘lsa, u holda Internet xizmatlarini ko‘rsatuvchi mobil operatorning mijozi bo‘lishingiz va unda GPRS xizmati yoqilgan bo‘lishi talab qilinadi. Mobil aloqa vositalari yordamida Internetdan foydalanilganda WAP texnologiyasi internetdan simsiz foydalanish imkonini beradi. Mobil aloqa tarmoqlarida so‘rovlarni va ma’lumotlarni uzatish uchun GPRS transport xizmatidan foydalaniladi.



    Modem tushunchasi va uning vazifasi.
    Modem modulyator-demodulyator so‘zlarining qisqartmasi hisoblanadi. Ushbu qurilmaning asosiy vazifasi kompyuterdan olingan raqamli signalni uzatish uchun analog shakliga aylantirish va qabul qilingan signalni analog shakldan raqamli shaklga qaytarish hamda aloqa kanallari bo‘ylab uzatishdan iborat. Modem signalni (axborot) telekommunikatsiya kanallar bo‘ylab uzatishni ta’minlaydi. Modem yordamida internetda oddiy analog telefon tarmog‘i orqali bog‘lanish mumkin. Bunday modemlarning nazariy jixatdan eng yuqori foydalanish tezligi 56 Kb/sek. ni tashkil etadi.
    Modem ichki va tashqi turlarga bo‘linadi va har ikkalasi ham internetga yoki telekommunikatsiya tarmoqlariga ulanish uchun xizmat qiladi.









    Tashqi faks/modem

    Simsiz modem

    Ichki modem




    Download 288 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 288 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Компьютер тармоқлари

    Download 288 Kb.