Ko‘rildi: O‘IBDO‘
3-dars
Mavzu: Tovush va harflar. 5-6 - mashqlar
|
Mavzuga oid tayanch tushunchalar:Tovush, harf.
Soatlar soni: 1 soat
|
Mavzuning qisqacha ta’rifi: Og‘zaki nutqni yozma nutqda ifodalay olish.
|
O‘quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi:
Metod:suhbat, tushuntirish,”Savol-javob” metodi,”Rasmli boshqotirma”, “Eng vijdonlio‘quvchi” o‘yinlari.
Shakl:jamoa,guruhda ishlash,hamma o‘zi uchun.
Jihoz:darslik,rangli ko‘rgazmalar,harakatli ko‘rgazmalar,tarqatma testlar,plakatlar.
Nazorat:O‘quvchilarning darsda faolligi kuzatilib,hisobga olib boriladi.
Baholash:O‘quvchilar bilimi reyting mezonlari asosida baholanib,dars oxirida e’lon qilinadi.
|
Darsning maqsadi
|
Maqsadlar:
a)ta’limiy maqsad: o‘quvchilarning bog‘lanishli nutqini o‘stirish, og‘zaki nutqni yozma nutqda ifodalay olishlarini tekshirish;
b)tarbiyaviy maqsad: o‘quvchilar qalbida mehr-muhabbat tuyg’ularini shakllantirish;
d) rivojlantiruvchi maqsad:o‘quvchilarning chiroyli va savodli yozishlarini nazorat qilish. .
Tayanch kompetensiyalar:
Axborot bilan ishlash kompetensiya elementi:mavzu doirasida ko‘rsatilgan multimedia ilovalariga ongli munosabat bildirish.
Fanga oid kompetensiyalar:Adabiy – nutqiy kompetensiya elementlari(tinglab tushunish, fikrni og‘zaki bayon qilish,o‘qish, fikrni yozma bayon qilish.) hikmatli gap, hikoya, she’r va ixcham audio matnlarni tinglab tushuna oladi; ularni ongli, ifodali to‘g‘rio‘qiy oladi, o‘zbek tilida nutq tovushlarini to‘g‘ri qo‘llay oladi, bo‘g'in ko‘chirish qoidasiga rioya qila oladi, mavzuga oid so‘zlarni og‘zaki nutqda qo‘llay oladi.
|
Darsning texnologik xaritasi
T|r
|
Dars bosqichlari
|
Bajariladigan ish mazmuni
|
Bajariladigan ish shakli
|
Ajratilgan vaqt
|
1
|
Tashkiliy qism
|
O‘quvchilarni darsga tayyorlash. Navbatchi axboroti.
|
Suhbat.
|
3 daqiqa
|
2
|
O‘tilgan mavzuni takrorlash
|
O‘tilgan mavzuni takrorlash. Savol va topshiriqlar berib, xulosalash.
|
Savol- javob.
|
10 daqiqa
|
3
|
Yangi mavzu ustida ishlash
|
Tovushlar va harflar 5-6 mashqlar
|
Ko‘rgazmalilik.
|
20 daqiqa
|
4
|
Yangi mavzuni mustahkamlash
|
Ona tili daftari bilan ishlash
|
Husnixat
|
10 daqiqa
|
5
|
Darsni yakunlash vao‘quvchilarni rag’batlantirish
|
Uyga vazifani tushuntirish
|
Baholash.
|
2 daqiqa
|
I. Tashkilliy qism:
-salomlashish;
– davomatni aniqlash;
- navbatchi axborotini tinglash;
–sinf tozaligini,o‘quvchilarning darsga tayyorgarligini nazorat qilish.
II.O‘tilgan mavzuni mustahkamlash.
Uy vazifasi 4-mashq shartiga ko‘ra tekshirladi.
–So‘zlarning ma’nosini farqlashga xizmat qilayotgan tovushni ayting.
III. Yangi mavzu ustida ishlash.
qovun – sovun ikki – ukki mart – mard so‘qmoq – to‘qmoq savlat – davlat
Mashq bajarilgach quyidagi savollar beriladi:
–Qaysi tovushlar so‘zlarning ma’nosini o‘zgartiryapti?
q – s, i – u, t – d, s – t, s – d tovushlari.
Bu so‘zlarni talaffuz qilganimizda ular bir-biridan nimasi bilan farqlanadi?
Tovush bilan.
–Shu so‘zlarni yozganimizda ular bir-biridan nimasi bilan farqlanadi? – Harf bilan.
mashqdagi so‘zlar ma’nosi ustida ishlash maqsadida ma’nodosh so‘z toptiriladi.
Lug‘at ishi: mard – jasur, qo‘rqmas, botir
davlat – boylik yoki ma’noga qarab mamlakat
savlat – insonning butun gavda ko‘rinishi uning savlati deyiladi
so‘qmoq – bir kishi yuradigan yolg‘izioyoq yo‘l
to‘qmoq – uchi to‘mtoq tayoq
–So‘z ma’nosini o‘zgartirayotgan harfning tagiga chizing.
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.
«Kim ko‘p so‘z tanlaydi» ta’limiy o‘yini O‘tkaziladi. bunda toy, don so‘zlaridagi bitta tovushni o‘zgartirib, yangi so‘zlar hosil qilish lozimligi tushuntiriladi.
Toy – soy, joy, moy, loy, boy.
Don – non, kon, jon, xon, son, yon, shon.
Bitta undosh harf o‘zgarishi so‘zimizni butunlay boshqa ma’noga o‘zgartirib yuborishi mumkinligi aytiladi.
V. Darsni yakunlash va uyga vazifa berish .
O‘quvchilar darsdagi ishtirokiga ko‘ra rag‘batlant irilib, baholanadi hamda daftarlar tekshirish uchun yig‘ib olinadi.
Ko‘rildi: O‘IBDO‘
|